Ochil g‘or makoni. Sazog‘on 2 makoni ustida makondan chamasi 600-700 metr yuqorida joylashgan. Samarqand davlat universiteti arxeologik guruhi xodimlari tomonidan 2003 yilda amalga oshirilgan arxeologik qidiruv shurfi paytida xaritaga olinib, 2004 yiliqisman, 2005 yildan to 2017 yilgacha statsionar tarzda arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Tadqiqotlar jarayonida g‘orning ichki va uning old qismi maydon sathlarida 2,2 metrqalinlikda bo‘lgan tuproq qatlamida madaniyqatlamo‘rganilgan. Qazilma jarayonida makondan ikkita madaniy qatlam aniqlangan, ya’ni pastki madaniy qatlam-mezolit, yuqori madaniy qatlam neolit davri jamoalariga tegishli bo‘lib chiqdi. YOdgorlik tosh industriyasi uchirindili-payraqali, payraqa qismida mikropayraqalar salmog‘i yuqori, qisman qayroqtoshli element mavjud bo‘lgan industriya hisoblanadi. Tosh qurollarining tipologik tahliliga ko‘ra ular 2 takompleksga ajratildi. 1- kompleksga – qalamsimon, prizmasimon, mikrotosho‘zaklari, elka vaastorqismining biryokiikki yonqirrasi bo‘yichaishlovberilgan paraqaqurollari, mikroparaqaqurollari, yonqirralarida ishlovberilgan chuqurchalargaegabo‘lgan paraqaqurollari, geometrik shakldagi qurollar, ikkiyontomoni bo‘yicha ishlovberilgan o‘qyoy uchlari; otщepdanyasalgan qirg‘ichlar, teshgich, keskichqurollari; plitkasimonqirg‘ichlar, qayroqtoshqurollari, silliqlangan ishmaydoniga egabo‘lganboltaqurollarinikiritishimizmumkin. Ta’kidlashjoizki 1-kompleksqurollaritopilgan gorizontlarbilan neolit sopol buyumlariparchalariningtopilishibog‘liq (0,7- 1,4 metrgorizontlar). 2- komplekstoshqurollari – paraqa va mikroparaqa qurollari, yonqirrasi to‘mtoqlanibo‘tmaslanganholatda ishlov berilgan paraqalar, ustki kesimqismi bo‘yicha qiyshiqva to‘g‘ri holatda ishlov berilgan paraqa qurollari, paraqa qirg‘ichlar (ustkikesim qismida yoysimonishmaydonibor). Qovurg‘asimon paraqalar, arxaik ko‘rinishga egabo‘lgan enli paraqalar, teshgich qurollar, ponasimonqurollar, randasimonqurollar, mikrochopper, yirik hajmli ushatgichqurollari, disksimon qirg‘ichlar, tik ishmaydoniga ega bo‘lganqirg‘ichlar, yontomoniga ishlovberilgan otщepqurollari, yiriko‘lchamli ushatgichqurollar, disksimon, konussimon, prizmasimontosho‘zaklaridaniborat. Bu qurollar topilgan gorizontlardan sopol buyum parchalari topilmagan (1,4-2,0 metr gorizontlar). Mazkur komplekslar tosh qurollari industriyasida bir tomondan O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi, ikkinchi tomondan pasttekislik mintaqasi mezolit-neolit jamoalari moddiy madaniyatiga xos elementlar mujassamlashgan. N.Xolmatovning ko‘rsatishicha, 2- kompleks tosh qurollari o‘z industriyasi bo‘yicha nisbatan qadimiyroq bo‘lib, ular O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi mezolit va hatto so‘nggi paleolit jamoalariga tegishli yodgorliklar tosh qurollariga o‘xshash. Ochil g‘or makoni madaniy qatlamlari davrini aniqlashda ba’zi tosh qurollarning O‘rta Osiyo miqyosida yaxshi o‘rganilgan mezolit, neolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan yodgorliklarda uchratilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘llanilgan. Bu faktni tik ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ich qurollar (vыsokie skrebki), ponasimon qurollar borasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar bilan asoslashga tadqiqotchilar harakat qilishgan. Faktlarga murojaat etadigan bo‘lsak, A.P. Okladnikov Turkmaniston hududi Krasnovodsk yaqinidagi yuqori paleolit chaqmoqtosh ustaxonasi, Jabal g‘or makoni 5a,7,8- madaniy qatlamlarida bu turdagi qirg‘ich qurollarning borligini e’tirof etib, ularni «yon qismi bo‘rtib chiqqan tik ish maydoniga ega bo‘lgan otщepdan yasalgan qirg‘ich qurollari» deb atagan. G.E.Markov ham o‘z tadqiqotlarida Dam-Dam-CHashma 1 makoni 3-5 madaniy qatlamlari, Dam-Dam-CHashma 2 makoni 4(yuqori) madaniy qatlamida ushbu qurollar uchrashi to‘g‘risida ma’lumot keltiradi. Joyitun, kaltaminor neolit jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida «tik ish maydoniga ega bo‘lgan otщepdan yasalgan qirg‘ich qurollari» uchratilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Faqatgina A.V.Vinogradov Qavat 7 makoni qurollari orasida bu turdagi qirg‘ichlar garchi oz sonli bo‘lsa-da borligi to‘g‘risida faktlarni keltirgan, xolos. Quyi Zarafshon vohasi CHorbaqti mezolit makonlari moddiy madaniyatida bu turdagi qirg‘ichlar mavjud. Samarqand yuqori paleolit makoni tadqiqotchilari D.N.Lev, M.Jo‘raqulovlar ham o‘z izlanishlarida makon tosh qurollari orasida ushbu turdagi qirg‘ichlar borligi to‘g‘risida ma’lumot berishadi U.Islomov Obishir madaniyati o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganar ekan, otщepdan yasalgan tik ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ichlarni alohida tip sifatida ajratadi va bunda ish maydoni tikligini 60 gradusdan kam bo‘lmagan qirg‘ichlarni inobatga oladi SHuningdek, tadqiqotchi Machay, Qo‘shilish kabi mezolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan makonlar moddiy madaniyatida ham ushbu qirg‘ich qurollari borligini alohida qayd etadi U.Islomov, V.I.Timofeevlar Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari madaniyati tadqiqotida bu madaniyat uchun mazkur qirg‘ichlar xos emasligi, lekin Farg‘ona pasttekislik hududidagi mezolit davri jamoalariga tegishli makonlar (Itakkala 1,2, Achchiko‘l, 7, YAngiqadam 21, Taypoq 5, 13 kabi) tosh qurollari orasida uchrashi to‘g‘risida qiziqarli ilmiy faktlarni keltiradi. V.A.Ranov o‘z tadqiqotida Tojikiston hududi tosh davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli bo‘lgan Oshxona, SHugnov makoni 1-madaniy gorizonti, Tutqovul makoni 3-madaniy gorizontida mazkur tipdagi qirg‘ichlar mavjudligi borasida ma’lumot beradi. A.P.Okladnikov ham CHil-CHor-CHashma makoni tosh qurollari orasida shunday qirg‘ich qurollari borligini qayd etgan. Demak, yuqorida keltirilgan faktlardan kelib chiqib, N.Xolmatov quyidagi xulosalarga kelgan: 1. Otщepdan yasalgan tik ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ich qurollari O‘rta Osiyoning neolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga qaraganda mezolit, yuqori paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli qurol ekan; 2. Bu turdagi qurollar O‘rta Osiyoning pasttekislik mintaqasi tosh asri jamoalari moddiy madaniyatiga nisbatan, tog‘ va tog‘ yon bag‘ri so‘nggi paleolit, mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga xos qurol ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ponasimon qurollar ham O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi so‘nggi paleolit, mezolit davri yodgorliklaridan topilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Xususan, Samarqand makoni, SHugnov yodgorligi tadqiqoti jarayonida bu turdagi qurollar topilgan/ SHuningdek, Obishir 1-V, Machay, Beshkent 1-4, Oshxona, Tutqovul (2-gorizonti) kabi yodgorliklar tadqiqotida ham mazkur turdagi qurollar uchratilganligi faktlari qayd etiladi YUqorida zikr etilgan ikki xil tosh quroli ma’lumotlariga hamda shu kompleks boshqa tosh qurollari tipologik tahliliga tayangan holda N.U.Xolmatov Ochilg‘or makoni tosh qurollarining 2- kompleksi tosh asri mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli degan xulosani bildirgan.
Neolit( yangi tosh asri) davri esa tosh asrining so`nggi, yakunlovchi bosqichi hisoblanib, mil. avv. 6-4 ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Neolit atamasi fanga ingliz arxeologi D.E. Lebbok tomonidan 1865 yilda kiritilgan. Neolit davri jamoalarining ijtimoiy tuzumi masalasiga e’tibor qaratadigan bo`lsak, hali ibtidoiy urug`chilik davri bo`lib, jamoaviy ishlab chiqarish, mehnat qilishning umumiyligi, barcha sohalarda urug` mulkchiligining hukumronligi bu davrning asosiy xususiyatlari bo`lgan. Shuning uchun ham neolit davri fanda matriarxal urug`chilik tartiblarining gullagan davri hisoblanadi. Neolit davrida kemasozlik, tuqimachilik, tikuvchilik, kulolchilik paydo bo‘ladi. Shu boisdan bo`lsa kerak, ayrim arxeologlar hatto neolit davrini «sopol davri» deb atashni taklif qilib chiqqan edilar. Tosh qurollarni yasash va ularga ishlov berish ishlari o‘z rivojining chuqqisiga chiqadi. Mehnat vositalarni takomillashtirish, xususan tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berish an’anaviy uslublari yuksak cho‘qqiga erishadi. Ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan. Mikrolit qurollari esa yanada takomillashgan. Eng muhimi maxsulot ishlab chiqarish xo‘jalik asoslari, jumladan dehkonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Bu voqelik shubhasiz, ibtidoiy odamzod ijtimoiy tuzumi, kunlik turmush tarzi, xullas ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarda keskin, tub progressiv burilishlariga olib kelgan. SHuning uchun bu davrni ingliz arxeologi G.Chayld «neolit inqilobi» atamasi bilan fanga kiritgan bo‘lib mutaxassislar tomonidan adabiyotlardan keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Keyingi yillardaO‘zbekiston neolit davri jamolari moddiy madaniyati tadqiqotidamuhim kashfiyotlar, yutuqlar qo`lga kiritilmoqda. Jumladan, qator mazkur davrga oid yangi yodgorliklar ochildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |