Qorin tifi va paratif qo‘zg‘atuvchilari Salmonella jinsiga tegishli bo‘lib bakterial xujayralar kuchli ta’sir qiluvchi termostabil endotoksin xosil qiladi. Bu mikroorganizmlar oziq-ovqat maxsulotlarida, suvda va to‘proqda uzoq vaqt davomida saqlanadi. Kasallik ingichka ichakni kasallanishi bilan tavfsiflanadi. Kasallik profilaktikasida shaxsiy va ishlab chiqarish gigiyenasiga rioya qilish muxim axamiyat kasb qiladi.
Virusli gepatit eng keng tarqalgan oziqaviy infektsiyalar xisoblanadi. Uning qo‘zg‘atuvchisi mayda, RNK – tutuvchi virus xisoblanib uni uch turi farqlanadi: Botkin kasalligini chaqiruvchi gepatit A; zardob gepatiti V; gepatit S. Virus 80 gacha 2 sek davomida qaynatishga chidamlidir. Zaxarlanish manbai odam (kasal odam yoki bakteriya tashuvchi) xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |