MAVZU: AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOSHLARDA MA’NAVIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH
Reja:
Axborot texnologiyasining kundalik hayotimizdagi o‘rni.
Yoshlarning ma’naviyatini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Bugungi hayotimizning barcha jabhalariga axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalarining kirib kelgani hada jadal rivojlanish yo‘liga o‘tgani jamiyatimizga ham katta o‘zgarishlar olib kirdi. Zero, bu o‘zgarishlarning asosini axborotlashtirish, telekommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari tashkil etadi. XXI asr - axborotlashgan jamiyat asridir. Shu bois ham hozirgi vaqtda axborotning tez va sifatli uzatilishini ta’minlash mamlakat taraqqiyoti va ravnaqining bosh mezoniga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining
4-moddasida axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resruslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashgan jamiyatda bilimlarning tizimga solinishi innovatsiya omili hisoblanadi, bunday bilimlar “Jamoaviy boylik”ka aylanadi, chunki barcha insonlar uchun ochiq bo‘ladi. Haqiqatan ham, axborotlashgan jamiyatda bir insonning aql-idroki quvvatiga umuminsoniy aql—zakovat qudrati qo‘shiladi.
Axborotlashgan jamiyatda ham muayyan muammolar, qiyinchiliklar, ziddiyatlar mavjud bo‘ladi, xavotirli tendensiyalar ham yo‘q emas. Jumladan, axborotlashgan jamiyatda: ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta’siri yanada ortadi; axborot texnologiyalari insonlar va tashkilotlarning shaxsiy, xususiy hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘ladi. Masalan, mamlakatning istagan fuqarosi haqida axborot to‘plash va uning erkinligini bo‘g‘ish yo‘lida bu ma’lumotlardan foydalanish mumkin bo‘ladi; axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanish imkoniyati ortadi. Sifatli va haqqoniy axborotni tanlab olish muammosi yuzaga keladi. Ko‘pchilik kishilar uchun axborotlashgan jamiyat muhitiga moslashish murakkablik tug‘diradi, axborot texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan kishilar bilan iste’molchilar o‘rtasida uzilish yuzaga kelish xavfi tug‘iladi. Jamiyatning texnologik imkoniyatlari bilan sotsial sohaning va madaniyatning rivojlantirish bilan bog‘liq imkoniyatlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Yangilikka, turli axborotlarga hamisha qiziqish bilan qaraydigan yoshlar ongiga internet qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani haqida aytilatgan har bir fikr zamirida ulkan ma’no mujassam. Yoshlarning internetga bo‘lgan qiziqishlarini yaxshi bilgan ayrim buzg‘unchilar bundan juda ustalik bilan foydalanib “axborot huruji”ni avj oldirmoqdalar. Hozirgi davrda jaxon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida butun insoniyat Yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar taraqqiyoti uchun ayniqsa, hayotga kirib kelayotgan yosh avlod uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib bergan.
M.Quronovning fikricha, - axborot hurujlari bu mafkuraviy obyekt xususiyatlarini hisobga olib ta’sir ko‘rsatish: dushman o‘zining o‘rta yoshli va ma’lumotli o‘zbek do‘sti bilan gaplashayotgandek tutadi. XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib dunyoda global informatsion maydonining yaratilishiga sabab bo‘ladi. Inqilob sodir bo‘ldi. Natija informatsion kommunikativ kompleks dunyo xo‘jaligi yalpi mahsulotining 20% ta’minlovchi asosiy tarkibiy qismiga aylanadi. Internet tarmog‘i imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda o‘quvchi yoshlarimizda ma’naviy madaniyatini shakllantirishda ko‘makchi kompyuterli tizim imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Ko‘makchi kompyuterli tizim o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishda quyidagi imkoniyatlarga ega.
1. Ijodiy ta’limiy muhit yaratiladi.
2. O‘quvchi sifatli va ishonchli axborot materiallari bilan ta’minalanadi.
3.Tarbiyaviy ishlar jarayonida ham axborot texnologiyalarida keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.
4. O‘quvchilarning mustaqil o‘qib-o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoit yaratiladi.
O‘quvchi yoshlarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga doir ko‘makchi kompyuterli tizim uchun ba’zalari yaratilishi maqsadga muvofiq.
1) ma’naviy madaniyatga tajribani o‘zlashtirish;
2) ma’naviy ongni shakllantirish;
3) ma’naviy faoliyatga doir;
4) yuksak ma’naviy jasorat namunalari;
5) ma’naviy qadriyatlarni interiorizatsiyalashga oid.
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar ba’zasi orqali axborotli boshqaruv bloki tuziladi va uning tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
1. Axboriy ta’minot( axborotlar banki,ma’lumotlar ba’zasi);
2. Multemediyali materiallar (videoroliklar,sayd-shoular). Ko‘makchi kompyuterli tizimning eng asosiy xususiyatlaridan bari o‘quvchi yoshlarga ma’naviy madaniyat bilan bog‘liq ma’lumotlarni uzatishdan tortib, ular tomonidan mazkur axborotlarning qanchalik o‘zlashtirilishini aniqlashga imkon beradi.
Umuman olganda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, shaxs rivojining motivatsion,kognitiv,faoliyatli va qadriyatli sohalarini uzviy ravishda o‘z ichiga qamrab olishi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |