Mavzu:Moliya va risklar
Reja:
1. Risklarning mazmun-mohiyati.
2.Moliyaviy risk turlari
3. Moliyaviy risklarning tasniflanishi
4. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar
1. Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi.
19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o`zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi
kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi.
“Risk” atamasi yevropaning ko`p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so`zi mavjud bo`lib, u qoya, cho`qqi ma`nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so`zi xatar, tahdid ma`nosini, “risicare” so`zi qoyadan mohirona o`tish ma`nosini bildiradi. Frantsuzlardagi “risdoe” so`zi tahdid, qoyani aylanib o`tmoq ma`nosini beradi. Iqtisodiy lug`atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo`qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish
ma`nosida kelishi ko`rsatilgan.
“Risk” so`zi ispancha-portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi. Taniqli lug`atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma`no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug`atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta`rifni bergan bo`lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk
- bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir”degan ta`rifni keltiradi.
Risk nazariyasini o`rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo`shishgan. A.Smit risk va foyda o`rtasidagi o`zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta`kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo`lgan maydonda qonun bo`yicha daromad kichik bo`ladi, bu esa
o`z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko`paytirish uchun usullar salmog`i yanada ortib boradi”. Taniqli lug`atshunos S.Ojegovning rus tili lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma`nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli”
deb ifodalangan.
Risk to`g`risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov quyidagicha ta`rif berib o`tadi:
Risk bu moliyaviy yo`qotish darajasini belgilab:
a) qo`yilgan maqsadga yetib bormaslik;
b) noaniqliq holatda natijani belgilash;
c) sub`ektiv holatda belgtlangan natijani baholash.
Investitsiya faoliyati ma`lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma`lum daromad, foyda olishni ko`zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma`lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e`tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o`tgan va kelasi davr ma`lumotlari yetishmasligi yoki to`liq emasligi sababli sub`ektiv aniqlangan vaqtda
e`tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma`lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo`lishi mumkin. Chunki o`tgan davr ma`lumotlari asosida faqat noma`lum kelajakda yuz berishi mumkin bo`lib o`tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo`qotish va zararlarga bog`liq bo`lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo`lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo`lgan oqibatlarga ega bo`lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |