Axborot ta’minoti – hujjat aylanmasi va hujjatlar shaklini ratsional holga aylantirishni o‘z ichiga olgan axborotni joylashtirish hamda tashkil qilish bo‘yicha uslub va vositalar yig‘indisidir.
Lingvistik ta’minot – inson va tizim orasidagi muloqotni ishlab chiqish hamda ta’minlash uchun axborotlarga ishlov berishda va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig‘indisi.
Tashkiliy ta’minot – AT dan foydalanish, unga samarali axborot xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar va boshqarish hujjatlari majmuasidir (Usmonov A.N.).
Do'stlaringiz bilan baham: |