Axborotli modul – bu ta’lim maqsadini belgilash va rejalashtirilgan natijalar bilan chegaralangan, fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlikni hisobga olib tuzilgan va yakuniy nazoratlarning darajali tizimini qamrab oluvchi, o‘quv fani mazmunini muntazam va tugallangan qismi.
Axborot resursi – axborot tizimi tarkibida mavjud bo‘lgan elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasidir.
Axborot resurs markazi (ARM) – bu ta’lim muassasasida markazlashtirilgan, to‘langan bosma va audiovizual materiallar majmuasidir. ARM kompyuter va aloqa vositalari yordamida qo‘shimcha aloqa manbalari va materiallariga kirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |