Axborotlar banki (AB) – kishilik faoliyati sohasining yoki ilmiy bilishning ma’lum yo‘nalishi bo‘yicha axborotlarni aniq maqsad yo‘lida yig‘ish, saqlash, tizimlarga ajratish va ommaviy foydalanishga mo‘ljallangan texnik, dasturiy, algoritmik tillar va ularni tashkiliy vositalari majmuasi .AB ta’limni boshqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonini ma’lumotlar bilan ta’minlashda hamda jarayonlarning kechishini nazorat qilishga boshqaruv algoritmini tuzish imkoniyatini beradi.AB ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning axborotli ta’minotini va shular asosidagi kasbiy kompyuterli tizimlar yaratishda foydalaniladi.Axborotlashtirilgan jamiyatning har bir bo‘g‘inida AB ga murojaat qilinadi, shu asosda zamonaviy ta’lim texnologiyalari yaratiladi va ta’lim-tarbiya jarayonlarini optimal boshqarishga imkoniyat yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |