Axborot izlash – axborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so‘rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash, agar ular mavjud bo‘lsa, bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) – bu talabalarning muayyan yo‘nalishdagi bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda yangi texnik universal didaktik vosita bo‘lib, u ularning amaliy tafakkurini kengaytirib hamda chuqurlashtirib, ulardagi o‘sha yo‘nalish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini yuqori darajaga ko‘taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |