Axborot tarmog‘i (AT) – aloqa tizimlarida kompyuterlar yordamida axborotlashishga xizmat qiluvchi qurilmalarning bir-biri bilan bog‘langan holati.
Axborot tizimi (AT) – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir.
Axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash va unga ishlov berish hamda uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami usullar va jarayonlardir.
Dasturiy ta’minot – AT ishini amalga oshirishda zarur bo‘lgan kompyuter dasturlari to‘plamidir.
Texnik ta’minot – AT ning o‘z funksiyasini amalga oshirish jarayonida ishlatiladigan barcha texnik vositalar majmuidir.
Matematik ta’minot – AT dan foydalanishda amaliy masalalarni echishda qo‘llaniladigan matematik modellar, usullar va ma’lumotlar bazasini boshqarish algoritmlari to‘plamidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |