PSIXOLOGIYA FANINI YANADA RIVOJLANTIRISHDAGI SABABLAR
Iskandarova Azizaxon
TerDu PI Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 302- guruh talabasi
Annotatsiya. Ma’lumki jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga mo’ljallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ma’ sulyatli va nufuzli ortayotganligidan dalolat beradi.
Kalit so’z. psixologiya, korreksiya, deviant, xulq-atvor, psixologik xizmat, psixolog.
Ko’p hollarda guvohi bo’lamiz: “ Nima uchun psixologga borishim kerak? ” yoki “Nima uchun farzandimni psixologga olib borishim kerak ? ” axir “psix emasmanku.... ” deyishadi. Biz kundalik hayotimizda “ asablarim charchadi, jinni bo’lib qolaman psixologga murojaat qilishim kerak ” deb ko’p aytamiz yoki eshitamiz vaholanki, natijada bizda psixolog ruhiyatida, psixikasida muammosi borlar bilan shug’ullanadi degan noto’g’ri tushuncha paydo bo’ladi. Aslidachi, xo’sh psixolog kim, uning vazifasi nimalardan iborat ?
Psixolog- oliy maʼlumotli, mutahassis bo’lib, u ruhiy sog’lom odamlarning ruhiyatini o’rganadigan va ularga psixologik yordam ko’rsatadigan mutahassisdir. Psixolog bu vrach emas, psixologni psixoterapevt va psixiatirdan farqi u bemorlarning kasalliklarini aniqlab dori yozishga, kasalliklarni davolashga haqqi yo’q. Aksincha psixolog insonlar qiyin vaziyatlarga tushganda to’g’ri yo’l topishga yordam berish, qiyin vaziyatlardan chiqishga, oldiga aniq maqsadlar qo’yishga va bu maqsadlarni amalga oshirishda insonning ichki irodasini, butun kuch va imkoniyatlarini uyg’otishga yordam beradi.
Psixiatr- oliy maʼlumotli tibbiyot mutahassis bo’lib, ruhiy kasalliklarga tashxis qo’yish va davolashga yordam beradi. U yoki bu ruhiy buzilishlari mavjud bo’lgan odamlarga psixiatrik yordam ko’rsatadi.
Psixoterapevt – “ psixologga borishga kech bo’ldi, psixiatrga borishga erta” deyilgan paytda aynan psixoterapevtga borish kerak bo’ladi.
Hayotimiz kun, soat, soniya sayin shiddat bilan rivojlanib, o’zgarib borayotgan zamonda psixologlarga bo’lgan talab va ehtiyojimiz ham ortib bormoqda. Yetuk malakali psixolog kadrlarni tayyorlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xo’sh bunga sabab nima ?
Bunga bir qancha sabablar mavjud. Masalan, birinchi prezidentimiz tomonidan aytilgan “ Kelajagimiz yoshlar qo’lidadir " deb o’zining ” Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch" asarida takidlab o’tgan edi. Qayerdadir bo’shliq paydo bo’ldimi, hech shubhasiz uni albatta kimdir yoki nimadir to’ldirishga harakat qiladi.
Hozirgi kunda o’sib kelayotgan, hali dunyoqarashi to’liq shakllanmagan yosh avlodning maʼnaviy olamidagi bo’shliqlarning nima bilan to’layotgani barchamizga sir emas. Telefon, kompyuter, azart o’yinlar, har xil internet tarmoqlariga yoshlarimizning o’zlari bilib - bilmay ipsiz bog’lanib tobe bo’lib qolayotgani ayanchli holatdir. Bu esa ularning xulqida, tarbiyasida ham maʼnaviy, ham moddiy deviant xulq-atvorning turli ko’rinishlarining paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Amaliyot davrida maktablardagi o’quvchilarni kuzatib, o’rganib tahlil qilar ekanmiz natijalar odamni hursand qiladigan darajada emasligining guvohi bo’lyapmiz. Ayniqsa o’smir va o’spirinlik davridagi o’quvchilarda bu yaqqol namoyon bo’lmoqda. O’qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o’smirlik davri psixologiyasini bilish, psixologik nuqtai nazaridan ham muhimdir. Bu davrni yana “o’tish davri” , “krizis davri” deb ham atash mumkin. O’smirlik davri asosan 11 - 15 yoshdagi bolalarni o’z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5 - 8 sinflar o’quvchilarini o’smir o’quvchilarni taʼlim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishidagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ko’p hollarda yetarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o’quvchilariga qaraganda o’smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko’p qiyinchiliklar bo’ladi. Chunki kichik bolaning katta odamga aylanish jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o’smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo’lgan munosabati formalarining jiddiy ravishda o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’smirlik davrida agar bolaga yetarlicha eʼtibor berilmasa, ulardagi bu o’zgarishlar salbiy tomonga o’zgarishi mumkin. Bu esa keyinchalik o’spirinlik davriga o’tgach bu o’zgarishlar anchagina ildiz otib, ularni korreksiya qilish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. O’quvchilarda o’quv fanlariga kitoblarga bo’lgan e’ tibor, qiziqishning yo’qligi, kim o’zarga moda qilib kiyinishi, o’zlarining qimmat so’ngi rusumdagi telefonlarini maqtanib ko’z- ko’z qilishi, eng achinarlisi o’qituvchilarga bo’lgan hurmatning yo’qligi dillarni hira qiladi. Hamma o’quvchilarni ham shunday deb ayta olmaymiz.
Ammo, bir stakan toza, tiniq suvning loyqalanishiga bir tomchi yod kifoyadir, vaziyat shu tarzda davom etar ekan bu hammamizni tashvishga soladi. Ertangi kunimizning qanday bo’lishi haqida o’ylashga majbur qiladi.
Xo’sh, bog’cha, maktab va boshqa taʼlim muassasalarida psixolog shtatlaring sonini ko’paytirish, dars jadvallariga psixologik soatlarni qo’shishning vaqti kelmadi. Psixologlarning o’quvchilar bilan ko’proq shug’ullanishi uchun bir haftada bir marta qo’shimcha psixologik soat dars jadvaliga kiritilsa, psixologlarga e’tibor va imkoniyatlar ko’proq berilsa, balki natijalar ijobiy tomonga o’zgarishi mumkin bo’lar.
Ijobiy natijalarga erishish uchun ota- onalarning ham ahamiyati kattadir. Ko’pchilik hollarda ota- onalar farzandlaridagi o’zgarishlarga e’tiborsiz bo’ladilar. Farzandlarining psixolog xizmatiga ehtiyoji borligini to’g’ri qabul qilmaydilar. O’zbekchiligimizga tortib psixologga olib borishni o’zlariga uyat deb hisoblaydilar. Bu esa hali xalqimizning ongiga psixologiya, psixologlar haqida yetarli tushunchalarga ega emasligidan dalolat beradi.
Shaxsiy xulosam uchun shuni aytamanki, xalqimiz yangicha, zamon bilan hamnafas yangi jamiyat poydevorini qurayotgan bugungi murakkab zamonda psixologlarning vazifasi va ahamiyati kattadir.
Xalqimiz keng jamoatchilik orasida psixologiyaga oid targ’ibot va tashviqot ishlarini ko’proq amalga oshirish, ularning ongiga psixologik xizmatni to’g’ri va ijobiy go’yalarni singdirish, har bir tumanlarda psixologik xizmat markazlarini ochish maqsadga muvofiqdir balkim.
“O’TGAN KUNLAR” ROMANI MILLIY XUSUSIYATNING ASOSI
Do'stlaringiz bilan baham: |