4-шўъба. Олий таълим тизимида психолог фаолиятини такомиллаштириш дарс таҳлилининг илмий – методик асослари


АNIQ FANLAR YO‘NALISHI TALABALARIDA KASBIY MASʼULIYAT SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Download 391,92 Kb.
bet66/74
Sana31.05.2022
Hajmi391,92 Kb.
#623179
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Bog'liq
4-SHO`BA. TO`PLAM.

АNIQ FANLAR YO‘NALISHI TALABALARIDA KASBIY MASʼULIYAT SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Turaxonov Аbdukarim Eshkuziyevich
O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.


Аnnotatsiya: Mazkur maqola aniq fanlar yo‘nalishi talabalarida kasbiy masʼuliyat shakllanishining psixologik xususiyatlari mavzusiga bagʼishlangan. Shuningdek, maqola matnida aniq fanlar yoʼnalishi bitiruvchi talabalarida kasbiy masʼuliyatlilikni belgilovchi psixologik xususiyatlar hamda unga aloqador boʼlgan xususiyatlar: ijtimoiy faollik, mehnatsevarlik, oʼz-oʼziga ishonch, oʼzini tuta bilish, rasmiy vazifalarni bajara olish qobiliyati, topshiriqlarga sodiqlik, kasbiy refleksiya, oʼz-oʼzini tanqid qila olish qobiliyati, faoliyatdagi taʼsirchanlik, talabchanlik, yuqori darajada rivojlangan altruizm, chidamlilik, kasbiy munosiblik kabi masalalar ham keng yoritilgan.
Kalit soʼzlar: aniq fanlar yo‘nalishi bitiruvchi talabalari, mutaxassis, kasbiy faoliyat, kasbiy yoʼnalganlik, masʼuliyat, kasbiy masʼuliyat, ijtimoiy faollik, talabchanlik, oʼzini oʼzi rivojlantirish, mustaqillik, fidoiylik, mehnatsevarlik, munosiblik, chidamlilik.

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida taʼlim sifati avvalambor, kadrlarning intellektual salohiyati, kasbiy tashabbuskorlik hamda kasbiy masʼuliyatlilik xususiyatlarining shakllanganlik darajasi bilan belgilanadi. Jumladan, Yaponiya, Germaniya, Аngliya, Xitoy, Rossiya, Finlandiya, Daniya, Norvegiya kabi mamlakatlarda talabalarning kasbiy masʼuliyatlilik xususiyatlarini shakllantirishga doir qator psixologik va amaliy – tatbiqiy izlanishlar amaliyoti keng joriy etilgan. Shuningdek, taʼlim jarayonini baynalmilallashtirish asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyatlararo munosabatlarda raqobatbardosh, kreativ, ijtimoiy faol, fidoiy kadrlar tayyorlashga ustuvorlik berilgan. Dunyo boʼyicha har yili 7% shaxslar turli hayotiy qiyinchiliklar tufayli oʼz kasblarini boshqa kasblarga oʼzgartiradilar. Bundan tashqari, xalqaro huquqiy maqomga ega boʼlgan “Pew research center” agentligining 2021 yilgi bergan maʼlumotiga koʼra, sohalararo kasbiy masʼuliyatlilik sifatlari bank-moliya xodimlarida 84%, axborot texnologiyalari xodimlarida 84%, pedagog xodimlarda 59%, texnika xodimlarida 59%, harbiy xizmatchilarda 46%, tibbiyot xodimlarida 33%, sanʼat xodimlarida 23%, qishloq xoʼjaligi xodimlarida esa 22% koʼrsatkichga ega ekanligi aniqlangan[6]. Shuning uchun ham, ushbu xususiyatni ertaroq, oliy maʼlumot olish davridan boshlab oʼrganish, shaxsda kasbiy masʼuliyatlilik shakllanishining psixologik jihatlarini ilmiy – amaliy jihatdan asoslash kabi masalalar dunyo mutaxassislari tomonidan dolzarb muammo sifatida oʼrganilmoqda.


Xalqaro miqyosda kasbiy tashabbuskorlik va masʼuliyatlilik shakllanishining psixologik sabablarini aniqlash va uni baholash oʼta ilmiy ahamiyat kasb etib, u mazmunan psixologik bilimlar tizimini modernizatsiyalash, uni ijtimoiy muhit talablariga integratsiyalash, shuningdek, kasbiy masʼuliyatlilik shakllanishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etishga qaratilgan, yangi psixodiagnostik metodikalarni joriy etish, sohalar taraqqiyotida talaba yoshlar faolligini oshirish shuningdek, ularning kasbiy kompetentsiyalarini oshirishga xizmat qiluvchi ilgʼor gʼoyalarni yaratishni taqozo etmoqda.
Maʼlumki, zamonaviy bilim va koʼnikmalarga ega boʼlgan soha kadrlarini tayyorlash va ularning kasbiy kamoloti masalalari hozirga qadar jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Yaʼni bugungi kun talaba yoshlari nafaqat jismonan barkamol balki, aqlan yetuk, ruhan sogʼlom, zamonaviy axborot texnologiyalari sirlarini puxta oʼzlashtirgan, oʼz sohasiga oid ilgʼor bilimlardan xabardor, kasbiy yoʼnalgan, oʼz mutaxassisligi uchun shart sanalgan kompetentsiyalarga ega, yuqori darajada kasbiy bilim va koʼnikmalarni oʼzlashtirgan, kasbiy masʼuliyat hissini anglay oladigan, har - qanday sharoitda oʼz vazifalarini oqilona bajara oladigan, ijtimoiy faol hamda fidoiylik kabi sifatlarga ega boʼlmogʼi lozim sanaladi. Shu jihatdan qaralganda, aniq fanlar yoʼnalishi bitiruvchi talabalarida kasbiy masʼuliyat shakllanishining psixologik xususiyatlarini aniqlash oʼta muhim ish hisoblanadi.
“Kasbiy masʼuliyat” - bu mehnat subʼektining oʼz natijalariga, boshqa subʼektlarga hamda oʼziga nisbatan mehnat jarayonidagi munosabatini aks ettiruvchi xususiyatdir. Mazkur munosabatlarning mohiyati esa, kasbiy talablarning aniq va toʼliq bajarilishi holati shuningdek, mutaxassisning olingan vazifalar boʼyicha javob berishga tayyorligi bilan tushuntiriladi.
V.А.Bodrovning fikricha, kasbiy masʼuliyat tushunchasi mazmunida quyidagi jihatlar mavjud [1,119]:
Mehnatga boʼlgan munosabat;
Oʼz - oʼziga boʼlgan munosabat;
Faoliyat jarayoni;
Xarakterologik xususiyatlar;
Oʼz - oʼzini rivojlantira olish qobiliyati.
Yuqorida keltirilgan sifatlar, kasbiy masʼuliyat fenomeni mohiyatini tushuntiruvchi psixologik jihatlar sanalib, ularni tahlil etish muammoga oid koʼplab qiziqarli maʼlumotlarni berishi tabiiydir.
Tadqiqotchi V.P.Pryadin, kasbiy rivojlanishni uch bosqichga boʼladi [2, 45]:
– oʼtish davri (1-3 semestr);
– kumulyativ (toʼplash) (4-7 semestr);
– belgilash (8-10 semestr).
Ushbu bosqichlarning barchasidan oʼtib, talaba asta-sekin chin mutaxassisga aylanadi.
Yuqoridagilardan farqli oʼlaroq, L.I.Dementiyning aytishicha, talabalarda shakllangan kasbiy javobgarlik sifati bu – turli qiyinchiliklarga qaramasdan, maʼlum bir vaqt davomida faoliyatning sifatini saqlab borish qobiliyatidir [3, 206].
K.Muzdibaevning taʼkidlashicha, talabalarda kasbiy masʼuliyat shakllanganligini koʼrsatuvchi quyidagi psixologik komponentlar mavjud [4, 75]:
1. Kognitiv komponent bu - kasbiy vazifalarni vijdonan bajarish zarurati, oʼz vazifalariga vijdonan munosabatda boʼlish, faoliyat natijalarini tashqi muhitga emas, balki oʼz saʼy-harakatlariga bogʼliqligini chuqur anglash, faoliyatga ijodiy yondashish hamda tashabbuskorlik kabi sifatlar bilan xarakterlanadi;
2. Affektiv komponent bu – ishga vijdonli munosabat, guruh aʼzolariga yordam bera olish qobiliyati, jarayon va faoliyat natijasi haqida qaygʼurish kabi sifatlar majmuidir;
3. Konativ komponent bu - normal va oʼta ogʼir sharoitlarda kasbiy vazifalarni toʼliq bajarishga barqaror tayyorlik, faoliyat samaradorligini oshirish uchun turli usullaridan foydalanishga tayyorlik, boshqalarga yordam berishga, ishda tashabbuskorlik va ijodkorlikni koʼrsatishga tayyorlik kabilar bilan tavsiflanadi. Demak, ushbu uch komponent talabalar faoliyatini nazorat qiluvchi, baholovchi va yuzaga chiqishini taʼminlovchi psixologik tarkiblardir.
Taʼkid joizki, biz talabalarda kasbiy masʼuliyat shakllanishining psixologik xususiyatlarini nafaqat nazariy jihatdan balki, amaliy jihatdan ham oʼrganishga harakat qildik. Quyida ana shu koʼrsatkichlar va ularning oʼziga xos aloqadorlik jihatlari haqida maʼlumot bermoqchimiz.
1-jadval

Download 391,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish