G.Emerson ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko`ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:
Aniq qo`yilgan maqsad va g’oyalar.
Oqil, sog’lom fikr.
Jozibali, e`tiborli maslahat.
Intizom.
Xodimga nisbatan adolatli bo`lish.
Tezkor, ishonchli, to`liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
Dispetcherlik ishini olib borish.
Me`yorlar va jadvallar.
Sharoit bilan ta`minlash.
Operatsiyalarni me`yorlash.
Standart yo`riqnomalarni tayyorlash.
Unumdorlikni rag’batlantirish.
Ko`rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e`tiborida, eng avvalo ikki aniq qo`yilgan maqsad va g’oya, shuningdek, oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o`rganib, ishchiga beriladigan ish hajmi me`yorlarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo`llanilib, unga ko`ra berilgan me`yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar, uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalar 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solinar edi. Lekin, berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilishi kerak.
«Ilmiy menejment» maktabining vakillari o`z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag’ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi boshqaruv bilan shug’ullanishgan. Ma`muriy maktabning vujudga kelishi esa mutaxassislarning umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug’ullanishlari uchun imkon yaratgan.
Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib yuqori martabaga erishganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to`g’risidagi tushunchalariga keskin ta`sir etgan. Ulardan farqli o`laroq, mumtoz ma`muriy boshqaruv maktabining asoschilari: Yirik biznes sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo`g’inida esa yuksak tajribali amaliyotchи rahbarlar bo`lishgan. Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo`lgan. Shunday maqsad qo`yilgan bo`lsa-da, ular boshqaruvning ijtimoiy jihatlariga unchalik e`tibor berishmagan, ustiga - ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondashuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo`lmagan.
«Mumtoz»chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai-nazaridan yondashib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning universal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e`tibor qaratishgan:
Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo`linmalar yoki ishchi guruhlarga bo`lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan.
Tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo`lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo`ysunishi lozim degan g’oyani ilgari surishgan.
Ilmiy menejmentning Evropa yo`nalishidagi ta`limning XIX asr oxiri va XX asrning 20-yillarida eng yorqin arbobi Anri Fayol (1841-1925 y.)
hisoblanadi. Anri Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan frantsuz olimdir. U Frantsiyadagi ko`mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. Anri Fayol o`zining boy amaliy tajribasini «Umumiy va sanoat boshqaruvi» (1916) nomli kitobida umumlashtirgan.
1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |