4. Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi (1950 yildan hozirgacha). Namoyandalari G.Saymon, P.Druker, E.Deyl va boshqalar.
Murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo`llash;
Murakkab vaziyatlarning yechimi bo`yicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
Shunday qilib menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o`ziga xos ko`rinishlarda shakllangan:
50-60-yillarda boshqaruvning diqqat markazida tashkiliy tarkibi turgan;
60-70-yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi;
80-yillardan boshlab esa, ilg’or g’arb firmalarida strategik rejalashtirishdan strategik boshqaruvga o`tiladi.
Hozirgi zamon boshqaruv fani – fanlararo fandir. Boshqaruvning har bir funktsiyasini bugun maxsus fanlar: industrial-muhandislik sotsiologiyasi; ijtimoiy psixologiya; ijtimoiy injeneriya (erganomika); marketing kabilar o`rganadi.
Menejmentning marketing nazariyasi bilan uyg’unlashuvi boshqarishning bozor kontseptsiyasini vujudga kelishiga asos bo`ldi. Hozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir bo`layotgan o`zgarishlar «Tinch boshqarish inqilobi» nomini olgan.
Frederik Teylor (1856-1915 y.)
Teylor nazariyasi keyinchalik «Teylorizm» degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning «siqib suvini olish»ning ilmiy tizimi deb atalgan. F. Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan kitoblar yozdi: “Operatsilar tizimi” (1895), “Tsexlarni boshqarish” (1903) va “Ilmiy boshqaruv printsiplari” (1911).
Ilmiy menejment maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya`ni «Boshqaruvning mumtoz maktabi» deb ham yuritilgan. Bu maktab sarchashmalarida amerikalik muhandis va ixtirochi olim Frederik Teylor (1885 -1920 yillar) turgan edi.
Ushbu ta`limot yana ham to`liqroq uning «sanoat korxonalarini ma`muriy texnika tashkiloti», «Boshqaruvni ilmiy tashkil qilishning usuli va printsiplari», «Korxona boshqaruvi printsiplari» nomli kitoblarida o`z aksini topgan. O’z asarlarida u kapital va ishchi kuchi manfaatlarini uyg’unlashtirishga, kapitalistik korxonalarda “hamkorlik falsafasini” amalga oshirishga harakat qildi. U mehnatni jadallashtirishni ta’minlaydigan usulni ishlab chiqdi, turli davlatlar rahbarlarida katta qiziqish uyg’otdi. F.Teylor ta`limotining asosiy mazmuni – yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir. Uning printsiplariga binoan:
mehnatning har bir jarayoni, uning ko`lami va ketma-ketligi aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart;
har bir mehnat turi qat`iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim;
har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak;
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo`yilishi shart;
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas`uliyatini aniq belgilash va vazifalarni to`g’ri taqsimlash shart.
F. Teylor nazariyasiga ko’ra rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan biror bir shaxsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish.
F.Teylorning nuqtai-nazari bo`yicha, ishchilarning asosiy vazifasi – bajaruvchanlik.
F.Teylor boshqarishni «aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish san`ati» deb baholagan. F.Teylor «Boshqaruvning mumtoz maktabi»ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko`rinishida rivojlanib bordi. F. Teylor o’zi tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni ilmiy tashkil etish usullari va ular asosida shakllangan «ilmiy menejment» tamoyillari eskirgan avtoritar boshqaruv usullarini o’rnini bosishi mumkinligini isbotlashga intildi.
F. Teylor ilmiy menejmentni muhandislik turi bo’yicha sanoat mehnatining bir tarmog’iga aylantirish tarafdori edi. Uning tizimi mehnatni ijro etuvchi va boshqaruvchi mehnatga taqsimlash tamoyilini, ishlarning ixtisoslashuvini izchil amalga oshirishdan iborat edi. Muvofiqlashtirilgan mexanizm sifatida ishlaydigan ishlab chiqarish tizimida har bir xodim o’z vazifalari uchun javobgar bo’lishi kerak. Shu bilan birga, ishchilar turlarining ish turlari bilan muvofiqligiga erishishga harakat qilish kerak. Bundan tashqari, faoliyatni qat’iy tartibga solish talab etiladi. Bu har bir xodimni qisman funktsiyani bajarishga yo’naltiradi, lekin undan umumiy fikrni tushunishni talab qilmaydi.
F. Teylor ma’muriyat bajarishi kerak bo’lgan vazifalarni ta’kidlab o’tdi va buning evaziga oldingi boshqaruv usullarining sub’yektivligi va o’zboshimchaligini qoidalar, qonunlar va formulalarning «ilmiy mantig’i» bilan almashtirdi. Teylor ilmiy menejmentni barcha xodimlarning farovonligi o’sishi va tashkilotning ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun egalari va ma’muriyati bilan yaqin hamkorlik o’rnatish tufayli manfaatlarini birlashtirishning samarali vositasi deb hisobladi. Agar ilmiy boshqaruv tizimi
Amerika ishlab chiqarishni boshqaruvi bo`yicha amerikalik mutaxassis Frenk Gilbret AQShda birinchi bo`lib mehnatni ilm asosida tashkil qiladigan instruktorlar tayyorlaydigan maxsus maktabni tashkil qildi.
Teylorga ergashib Gilbret ishlarni bajarishning «birdan-bir» ilmiy usulini ishlab chiqdi va uning uchun zaruriy
to’liq qabul qilinsa, tomonlar o’rtasidagi barcha tortishuvlar va kelishmovchiliklarni hal qiladi, deb ishongan.
shartlarni o`rnatdi: ish joyini maqsadga muvofiq tuzish, materiallar yetkazib berish usuli, hamda zaruriy moslama, asbob va uskunalar bunyod etdi. F.Gilbret keng oshkor bo`lgan «Mehnatni ilm asosida tashkil qilish alifbosi va harakatlarni o`rganish» nomli kitoblarni yozdi. Bu kitoblar 1924 va 1934 yillarda Rossiyada bir necha marta nashr qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |