Tog‘ jinslaridan ishlangan qurilish materiallari
Tabiiy tosh
Tabiiy toshlar zichligiga ko‘ra engil va og‘ir turlarga bo‘linadi. Zichligi 1800 kg/m3 dan kam bo‘lgan toshlarning tuzilishi serg‘ovak (vulqon tufi, pemza, ohaktosh-chig‘anoqtosh) bo‘lganligi uchun inshoot devorlaribop bloklar, engil beton va qorishmalar uchun to‘ldirgich sifatida keng ishlatiladi. Og‘ir tosh ashyolarning zichligi 1800 kg/m3 dan katta bo‘ladi, bularga granit, sienit, dioritlar kiradi. Bunday toshlardan qoplama va pardozbop ashyolar, pollar uchun toshtaxtalar yasaladi, shuningdek, gidrotexnika va yo‘l qurilishida ko‘plab ishlatiladi. Tabiiy toshlar ko‘priklar, metro va noyob me’morchilik yodgorliklari qurilishida ham ishlatiladi.
Devorlarning ichki va tashqi sirtlarini qoplashda ko‘pincha marmar, angidrid, granit kabi toshlar ishlatiladi. Sopol va issiqlikka chidamli buyumlar, bog‘lovchi moddalar, issiqshkni kam o‘tkazadigan ashyolar, shisha buyumlar tayyorlashda tog‘ jinslari xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |