Muzlashga chidamlilik. Tabiiy toshdan ishlangan namunani suvga to‘la shimdirib, keyin muzxonada muzlatab va yana muzlagan namunani eritib, standart usullarda sinab muzlashga chidamliligi aniqdanadi. Tosh ashyolar muzlashga chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi (siklda): 10, 15, 35, 100, 150, 200. Toshlarning muzlashga chidamlilik markasi katga. Har xil minerallar tartibsiz joylashgan bo‘lsa, bunday toshlar muzlashga chidamsiz bo‘ladi.
Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi. Tabiiy toshlarning yo‘l qurilishida, polbop taxtalar va zinapoya kabi buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan turlari o‘ta mustahkam, ishqalanishga chidamli bo‘lishi kerak. Mayda kristalli toshlarni ishqalaganda juda silliqbo‘lib ketadi. SHuninguchun zinapoya, polbop taxtalar, yo‘l qurilishi uchun kristallari o‘rta yiriklikda bo‘lgan tabiiy toshlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |