Anvar Aka Qurbonov O‘zbekiston xalq qahramoni!
Anvar Qurbonov 1948-yilda Guliston tumanida Frunze nomli kolxozida tug‘ilgan. 1967-yilda tumandagi 6-sonli o‘rta maktbani tamomlab, shu yilda harbiy xizmatga chaqiriladi. 1967-1969 yillarda Germaniyada harbiy xizmatni o‘taydi. Anvar Qurbonov 1969-yilda harbiy xizmatdan qaytib, Guliston tumanidagi qurilish jamoasida mehnat faoliyatini boshlaydi. Anvar Qurbonov 35 yil quruvchi bo‘lib ishlaydi. Bu yillar davomida samarali mehnat qilib , kasaba uyushmasi raisi bo‘lib ishlaydi. O‘z mehnat faoliyati davomida, Anvar Qurbonov ko‘plab qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rastadi. U ishlayotgan mehnat jamoasi ko‘plab qurilish ishlarini amalga oshiradi. Tumandagi 2 etajlik shifoxona majmuasi qurilishida, Guliston savxozida bog‘cha qurilishi, kooperativ uylar qurilishida faol ishlaydi. Bundan tashqari Gidromeleoratsiya ishlarida ham ishlaydi, shuningdek suv to‘g‘anlarini qurishda ham samarali faoliyat yuritib ishladi (1970-1990 yillargacha).
Anavar Qurbonov Mustaqillik yillarida esa oktyabrda tabiat uyi, 5- mikrarayondagi 5 etajlik uylarning qurilishida faollik ko‘rasatadi. 2010-2012 yillarda qator qurilish ishlarida faol ishladi. Obodonlashtirishda 2005-2018 yillargacha ish boshqaruvchi bo‘lib ishlaydi.
Anvar Qurbonovni ish bilan birga oilaga, farzandlar tarbiyasiga ham katta etibor bergan. Umir yo‘ldoshi Ergashova Sahima opa bilan birgalikda 2 qizi va 4 o‘g‘lini yaxshi tarbiya bilan kamolga yetgazdilar. Farzandlari uyli-joyli qilishdi. Anvar Qurbonovni oilasi mahallada namunali oilardan biri xisoblanadi.. O‘z vaqtida mehnatga bo‘lgan ishtiyoqi, kasibiga bo‘lgan sadoqati yuqori bolgan Anvar Qurbonov tarkibida bo‘lgan mehnat jamoasi ish faoliyatida kechalari ham ishlab, besh xonali, besh etajlai uylar muddatidan oldin foydalanishga topshirdilar. Bundan tashqari shaharda ko‘p obyektlar quriladi. Ko‘plab savxozlarda ham uylar quriladi. Anvar Qurbonov o‘z ishiga mehri baland bo‘lgani uchun tinimsiz ishladi. Shirinda Xarbiy obyektlarni qurilishida faollik ko‘rsatadi. Avar Qurbonov ishlagan mehnat brigadalari katta kuch bilan tinimsiz ishlardi. Anvar aka doimo ishni ko‘zini bilgan holda, ha bir qurilish binolarini muddatidan oldin topshirar edi.
O‘zlarining aytishlariga qaraganda bizlar qurayotgan obyektlarni odamlar uzoq kutib qolmasin, tezroq bitkazib xalqni qo‘liga topshiraylik deb, kuch g‘ayrat va shijoat bilan qo‘lostidagi hamkasblarini ruhlantirib ishlagan.
Anvar Qurbonov katta kuch bilan o‘z sohasida 40 yil fidokorona mehnat qildi. 1998-yilda Anvar Qurbonov samarali va fidokorana mehnatlari uchun yurtimizning yuksak mukofati “O‘zbekiston xalq qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Sirdaryoliklar Anvar akadek xalq qahramoni bilan faxirlanadi.
Anvar Qurbonov qurishi sohasida o‘ziga hos bo‘lgan yoshlar va kelajak avlod uchun katta bir maktabni yaratib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |