Leksema nima? Bu savolga shunday javob qaytarish mumkin: Jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqeylikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va luatda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir. Ma’lumki, formal tilshunoslikda til va nutq hodisalari, birliklari farqlanmas edi. Shunga ko‘ra, leksema va so‘z ham bir-biridan farqlanmagan. Sistem tilshunoslik nuqtayi nazaridan bevosita kuzatishda berilgan matn va luatlarda qayd etilgan so‘zlar nutq birliklari hisoblanadi. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, til birliklari bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, ular jamiyat a’zolari uchun tayyor va majburiy bo‘ladi.
Til birliklari (fonema, morfema, leksema, konstruksiya)dan fonemaning to‘la ta’rifi bilan tanishmiz. Morfemalarni keyingi ma’ruzalarimizda atroflicha o`rganamiz. Leksemaning nutqdagi voqeligi so‘zdir. Leksemalar konstruksiyalarda mustaqil o‘rin egallay olish yoki egallay olmasligiga ko‘ra, mustaqil va yordamchi leksemalarga bo‘linadi.
Mustaqil leksemalar nutqda alohidalik xususiyatiga, o‘zidan keyin grammatik morfemalarni ergashtirish qobiliyatiga ega. Biroq leksemalar ichida shundaylari ham borki, ular gapda mustaqil o‘rinni egallay olmaydilar. Bunday leksemalar sirasiga yordamchi so‘zlar (bolovchilar, sof ot, fe’l, ravish, ko‘makchi, yuklama, nisbiy so‘zlar va b.: ham, hamda, biroq, lekin; uchun, bilan, sari, sayin; tag, ost, bo‘y, old; qara; boshla, yubor, bo‘l, so‘ng, kabi, yangli, burun….) kiradi. Mohiyatan ushbu yordamchi leksemalar grammatik morfemalardir. Ular leksemalarga o`xshab, alohidalik xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, yordamchi so‘zlar leksemalar va qo‘shimchalar orasida « oraliq uchinchi» bo‘lib, ham lekmemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o‘ziga mujassamlashtiradi. Ammo ular na leksemalarga, na grammatik morfemalarga to‘liq teng bo‘la olmaydi.
Leksema jamiyatning barcha a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy sanalishi bilan bir qatorda yana bir qancha xususiyatlarga egadir.
Jamiyat a’zosi leksemani yasamaydi, uni tayyor holda qabul qiladi.
Jamiyat a’zosining ongida har bir leksema boshqa leksemalar bilan
o‘xshashlik qatorlarida (paradigmalarda) yashaydi. Masalan: [daftar] ~ [bloknot]; [daftar] ~ [oynoma] ~ [ro‘znoma]; [daftar] ~ [qissa] ~ [roman]; [daftar] ~ [muqova] ~ [varaq] ~ [bet] ~ [bob] kabi. Daftar so‘zi shu munosabatlar asosida turlicha ma’no beradi.
Leksemalar inson ongida qo‘shnichilik munosabatlarida (sintagmatik) ham
yashaydi. Masalan: [daftar] ~ [yoz] ~ [ol] ~ [sifatli] ~ [matematika] ~ [ona tili]; [daftar] ~ [son qo‘shimchalari] ~ [egalik qo‘shimchalari] ~ [kelishik qo‘shimchalari].... Bu o‘xshashlik va qo‘shnichilik munosabatlari, ma’no va vazifa imkoniyatlari nutqda oydinlashadi, aniqlashadi. Demak, leksemalar til egalari ongida voqelashgan va voqelashadigan nutqiy imkoniyatlar yiindisi hamdir.
Leksema til birligi sifatida turlicha imkoniyatlar majmuasi bo‘lsa, so‘z uning voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, aniq shakl, mazmun va vazifa kashf etgan moddiy ko‘rinishidir. Har bir leksema nutqda muayyan so‘z sifatida namoyon bo‘ladi. Leksema ikki tomonga ega bo‘lgan til birligidir. Aniqroi, u shakl va mazmun tomonlaridan iborat ramzdir. Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni nomema deyiladi. Nomema faqat leksemaning shakliga (moddiy qobii, tashqi tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma’nosi, ichki tomoni….) esa semema nomi bilan yuritiladi. Demak, leksema= nomema+sememadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |