TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRUVCHI MANTIQIY USULLAR
Reja:
1.Mantiq ilmining fanlar tizimidagi orni.
2. Tushunchaning tilda ifodalanishi tuzilishi: nom va termin.
3. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar
4. Fikr yuritishda tushunchalar bilan boglik xatoliklari
I.Mantiq ilmining fanlar tizimidagi orni.Talaba ushbu mavzuga tayyorgarlikda Sharipov M., Fayzixoʻjayeva D., Mantiq (maʼruzalar matni)da foydalanishini tavsiya etamiz. Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “nutq”,“aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan.Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi. Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi. Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi. Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi. Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fantexnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi.Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi.Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi.Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng foydalanadi. II. Tushunchaning tilda ifodalanishi tuzilishi: nom va termin. Tushuncha – bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Mantiqda predmet tafakkur predmeti sifatida nazarda tutiladi. Unga buyumlar (kitob, qalam), buyumlarning xossalari (issiq, sovuq), buyumlar munosabati (yaqin, uzoq), jarayonlar (o’qimoq, yozmoq) kiradi. Fikr predmetida nafaqat real mavjud bo’lgan buyumlar, balki xossa va munosabat hamda inson ongidagi g’oya, nazariya kabilar ham tushuniladi. Predmet belgilari deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlar, munosabatlar va xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan aloqada bo’lganligi uchun o’zining ko’pgina belgilariga ega bo’ladi. Bu belgilar: 1) yakka va umumiy, 2) muhim va nomuhim, 3) zaruriy va tasodifiy, 4) ijobiy va salbiyga bo’linadi. Belgining faqat bir predmetga xos bo’lganlari yakka, bir qancha predmetlarga xos bo’lganlari umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan: Xitoyning dunyoda aholisi soniga ko’ra eng katta davlat ekanligi yakka belgi, Osiyoda joylashgan davlat ekanligi umumiy belgi hisoblanadi.Tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinadi, nomuhim belgilar predmetda mavjud bo’ladi, lekin uning mohiyatini ochib bermaydi. Masalan: o’simliklarning bir yillik yoki ko’p yillik ekanligi muhim belgi, kim tomonidan ekilganligi nomuhim belgi hisoblanadi. Ba'zi hollarda muhim belgilar nomuhimga, nomuhim belgilar esa muhimga aylanadi.Zaruriy belgilar predmetning mavjudligi bilan uzviy bog’liqdir va uning yo’qolishidan predmet ham mavjud bo’lmaydi. Tasodifiy belgilarning yo’qolishidan predmet o’z mohiyatini yo’qotmaydi. Avtomobilning rangi tasodifiy belgi, uning dvigatelining mavjudligi zaruriy belgi. Ma'lum xossalarning mavjud va mavjud emasligiga qarab belgilar ijobiy va salbiy belgilarga bo’linadi. Masalan: talabalarni qobiliyatli(ijobiy) va qobiliyatsizlarga (salbiy) ajratish mumkin.Tushuncha tafakkur shakli bo’lganligi uchun yuqorida aytilganidek sezgi, idrok va tasavvurdan farqli o’laroq unda predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazi aks etadi. Tushuncha predmetlarning muhim belgilarini in'ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga ko’ra borliqni chuqurroq, to’laroq ifodalaydi. Tushuncha inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etmasdan, ma'lum bir mantiqiy usullardan foydalanish orqali hosil bo’ladi. Bu usullarga taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kiradi:a) taqqoslash yordamida predmetlarni boshqalari bilan o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash va umumiy belgilari hamda boshqalaridan ajratib turuvchi yakka belgilari aniqlanadi;b) analiz yordamida predmetni fikran tashkil qiluvchi muhim belgilar alohida ajratilib, har qaysisi o’rganiladi. Sintez analizga teskari jarayon bo’lib, unda fikran ajratilgan predmetning belgilari birlashtirilib, bir butun holga ketiriladi. Sintez yordamida predmet haqida yaxlit fikr hosil qilinadi; c) abstraktsiyalash yordamida predmetning umumiy va yakka belgilaridan uning mohiyatini tashkil etuvchi muhim tomonlarlariga o’tiladi hamda nomuhimlaridan chetlashiladi; d) umumlashtirishda predmetlarning ayrim umumiy o’xshash, muhim xususiyatlariga ko’ra bitta umumiy tushunchaga birlashtiriladi va shu yordamida umumiy belgiga ega predmetlarning sinfi haqida fikr yuritiladi. Tushunchalar so’z va so’z birikmalari orqali ifodalanadi. Masalan: “kitob”, “kompyuter”, “Navoiy shahri”, “Birlashgan millatlar tashkiloti” va hakozo. Tushuncha va so’zning aloqadorligi tafakkur bilan tilning bog’liqligidan kelib chiqadi. Tushuncha va so’z aynan bir xil bo’lmasdan bir tushuncha turli xil tillarda turlicha ifodalanadi yoki ba'zi so’zlar (bog’lovchilar) tushunchalarni ifodalamaydi. Turli fan sohalarga oid tushunchalarni tushunchalarni mazmunini aniq ifodalash uchun maxsus terminlardan foydalaniladi. III. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar. Talaba tushuncha mohiyaiga etibor qaratadi. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigan mantiqiy amallardan biridir. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshadi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) o’tishdan iborat mantiqiy amal bo’lib, bunda tor hajmdagi tushunchalar keng hajmdagi tushunchalarga bo’ysunish munosabatida bo’lishi lozim. Tushunchani umumlashtirish amali Eyler doirasi bilan qo’yidagicha ifodalanadi. D Sazan S Baliq V hayvon ATirikmavjudot Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha jins tushuncha deb qabulqilinib, undan hajmi keng tur tushunchaga o’tiladi. Tushunchani chegaralash amalining sxemasi qo’yidagicha: D Tirik mavjudot S hayvon V Baliq ASazan Tushunchalarni ta'riflash. Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “O’zbekiston ” aniqlanuvchi qism, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: “Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, “logos”-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi falsafiy ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi.Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta'riflash, 2) genetik ta'rif.Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” “mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: AqVs, bu yerda A – ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – tur belgi).Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan predmetning kelib chiqishi, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, “suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir”.Ta'riflashning qo’yidagi qoidalari mavjud: a) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha; b) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga muhtoj; c) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta'rif aylanma shaklda; d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, “E'tiqodsiz – ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”.Bilish jarayonida ta'riflashga o’xshash usullardan ham foydalaniladi va ularga qo’yidagilar kiradi: a) tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Oqibat – sababning natijasidir”; b) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi tashqi belgilarini ko’rsatish orqali aniqlanadi; c) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko’rsatiladi. d) tafovutlash e) ostensiv ta'riflashda predmetni ko’rsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim belgilari aniqlanadi. Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil topgan. Bo’linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo’lish a'zolari – tur tushuncha bo’ladi. Masalan, “Ta'lim tizimi (bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish asosi) maktabgacha ta'lim, o’rta ta'lim, o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bo’lish a'zolari)ga kiradi”. Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish va 2) dixotomik bo’lish. Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar hajmiga ko’ra yakka, umumiy, ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bo’linadi”. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur tushunchaga ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga ajratiladi. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib o’tilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bo’lgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi. Tushunchani bo’lishning qo’yidagi qoidalari mavjud: a) bo’lish teng hajmli bo’lishi, ya'ni bo’lish a'zolari hajmlarining yig’indisi bo’linuvchi tushuncha hajmiga teng bo’lishi kerak. Masalan, “Tafakkur shakllari tushuncha, hukm va xulosa chiqarishga bo’linadi” – bo’lish teng hajmli, “Tafakkur shakllari tushuncha va hukmga bo’linadi” – bo’lish teng hajmli emas, chunki bo’lish a'zosi bo’lgan xulosa chiqarish tushirib qoldirilgan; b) bo’lish bir asos bo’yicha amalga oshirilishi lozim, ya'ni asos qilib olingan belgi bo’lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi lozim. Masalan, “Dinlar xudolariga qarab ko’pxudolik (politeistik) va yakkaxudolik (monoteistik) dinlarga bo’linadi”. Agar shu holatda dinlarni ko’pxudolik (politeistik), yakkaxudolik (monoteistik) va jaxon dinlariga bo’lsak yuqoridagi qoida buziladi; c) bo’lish a'zolari hajmi bo’yicha bir-birini istisno qilishi, ya'ni ular birga bo’ysunish munosabatidagi tushunchalar bo’lishi kerak. Bu holatda bir asos bo’yicha bo’linayotgan tushunchaning bo’lish a'zolari hajmiga ko’ra bir-birini istisno qilishi lozim. Masalan, “Kishilarni ma'lumotiga ko’ra o’rta ma'lumotli, o’rta-maxsus ma'lumotli va oliy ma'lumotlilarga bo’lishda uning a'zolari bir-birini istisno qilib kelmoqda. Agar biz talabalarni birinchi kursda o’qiydiganlar, tarix fakulteti talabalari va sirtqi bo’lim talabalariga bo’lsak yuqoridagi qoida buzilgan bo’ladi; d) bo’lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, ya'ni jins tushunchaga eng yaqin bo’lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog’i lozim. Masalan, “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarga bo’linadi”. “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ijtimoiy-iqtisodiy, saylash va saylanish huquqlariga bo’linadi” desak bo’lish uzluksiz bo’lmaydi. Sababi fuqarolarning saylash va saylanish huquqi siyosiy huquqlarga kiradi.Klassifikatsiya tushunchalarni bo’lishning alohida turi bo’lib, predmetlarni ma'lum bir sinflarga ajratishdan iborat, unda har bir sinf boshqalariga nisbatan o’zining aniq va qat'iy o’rniga ega. Klassifikatsiyadan maqsad bilimlarni sistemalashtirishdir. Klassifikatsiyalashda bo’lish turlaridan farqli ravishda tushunchaning bo’lish a'zolari ham o’z navbatida bo’linadi. Biologiyada hayvonlarning tiplarini bo’lish klassifikatsiyaga misol bo’la oladi. Mantiqda tabiiy va sun'iy klassifikatsiyalari farqlanadi. Tabiiy klassifikatsiyada bo’lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisi olinadi. Sun'iy klassifikatsiyada esa predmetlarning biron-bir umumiy belgisi asos qilib olinadi Masalan, “Davlatlarni boshqarish shakli”ga qarab bo’lish – tabiiy klassifikatsiya, alfavit bo’yicha bo’lish sun'iy klassifikatsiya hisoblanadi.Klassifikatsiyada ham tushunchaning bo’lish qoidalariga rioya qilinadi. IY. Fikr yuritishda tushunchalar bilan boglik xatoliklar.Talaba reja asosida mantiqiy hatoliklarni keltirib chiqruvchi sbablar mohiyatini tushunishi zarur. Mantiqiy xatolar - muhokama yuritish jarayonida mantiq qonunlari va qoidalarining buzilishi yoki ularga amal qilmaslik natijasida vujudga keluvchi notoʻgʻri fikrlar. Quyidagilar Mantiqiy xatolarning kelib chiqishiga sabab boʻladi: a) toʻgʻri tafakkur yuritishga xos asosiy krnunlarning (ayniyat, ziddiyat, yetarli asos, uchinchisi istisno krnunlari) talablari bajarilmasligi; b) tushunchalarning notoʻgʻri taʼriflanishi; v) xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi. Mantiq ilmida isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq Mantiqiy xatolar alohida oʻrganiladi. Bu xatolar 3 turga boʻlinadi: 1) tezisga; 2) asosga; 3) isbotlash usuliga aloqador boʻlgan xatoliklar. Tezisga taallukli xatoliklar "tezisni almashtirish" deb ataladi. Asosga taallukli xatoliklar "xato fikrlarga chin deb asoslanish", "asoslarni avvaldan taxminlash" bilan bogʻliq. Isbotlash usuli bilan bogʻliq xatolik tezisga aloqador boʻlmagan dalillar asoslanilganda, xulosa chiqarish qoidalari buzilganda vujudga kelad Mavzuni takrorlash uchun savoll
Do'stlaringiz bilan baham: |