Nomema leksemaning tilga xos tomonidir. U ongimizda muayyan fonemalar tizmasi sifatida mavjud. Nomemaning fonemalar tizmasidan iboratligi ichki nutq jarayonida (kishi fikr yuritganda, ma’lum matnni ichida o‘qiganda) aniq seziladi. Chunki odam ichki nutq jarayonida so‘zlarni, qo‘shimchalarni ketma-ket tizib, xuddi gapirayotgandek, ularni grammatik jihatdan shakllantiradi. Demak, inson faqat ovoz chiqarganda emas, balki ovozsiz ham fonemalarga moddiy shakl bera oladi. Tashqi muhitda nomema tovushlar (yoki harflar) tizmasi sifatida voqelashadi. Substansional tilshunoslik leksemalarning moddiy tomoniga – nomemalarga ko‘p ahamiyat bermaydi. Chunki nomema leksemaning mohiyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Leksemaning mohiyati esa uning ichki tomoni – semema orqali va shunga ko‘ra leksemaning boshqa til birliklariga munosabati, aloqaga kirishuvi orqali belgilanadi. Nomemaning ahamiyati nazmiy nutqda behad katta bo‘ladi (qofiya, radif, tajnis turlari, saj’….). Shu sababli she’riyatda nomemaga asosiy e’tibor qaratiladi. Lingvistika nuqtayi nazaridan esa asosiy e’tibor faqat sememaga qaratiladi.
Semema leksemaning ichki tomoni, uning mazmuni, ma’nosi, nimani ifodalab kelishidir. Sememalar ko‘pincha ongimizda muayyan bir tushuncha bilan boliq bo‘ladi. Tushuncha – ong, mantiq birligi, semema esa leksemaga xos birlikdir. Masalan, [o‘rik] leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi: 1) ho‘l meva turi; 2) shu mevaning quritilgani; 3) shu mevani beradigan daraxt.
Sememaning tushunchalar bilan boliqligini faqat mustaqil leksemalardagina kuzatish mumkin. Yordamchi leksemalarda, olmoshlarda esa bunday bolanishni ko‘rmaymiz. Tilshunoslikda sememani hosil qiluvchi ma’no bo‘laklari sema deyiladi. Masalan: [daraxt] leksemasining semalari quyidagilar: 1) predmet; 2) o‘simlik; 3) yerda o‘suvchi; 4) tanali; 5) ildizli; 6) shoxli; 7) bargli.
Leksemalarni shu nuqtayi nazardan o‘zaro ichki munosabatlar asosida muayyan qatorlarga, guruhlarga, tur va turkumlarga birlashtirish zarur. leksemalarni tizim sifatida tahlil qilish sistem tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biridir.
So‘zning leksik ma’nosi hamma vaqt tushunchaning o‘zinigina ifodalayvermaydi. So‘zning asosiy leksik ma’nosi emostional-ekspressiv ottenka, stilistik boyoq birgalikda leksik ma’noning komponentlarini tashkil etadi. So‘zning ma’nosi haqidagi mazkur fikrlardan ko‘rinib turibdiki, so‘z real borliqdagi turli-tuman narsalar va ular haqidagi tushunchalar bilan dialektik ravishda bog‘liqdir. So‘zning tabiatini aniq tasavvur qilmoq uchun so‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi munosabatning qandayligini yaxshi bilish lozim.
O‘tmishda yashagan ba’zi mashhur olimlar (Platon, Sokrat va b.) so‘z bilan predmet o‘rtasida tabiiy bog‘lanish bor deb oylaganlar. So‘z predmet bilan biror jihatdan bog‘lansa ham, biroq bu bog‘lanish bevosita, ichki tabiiy bog‘lanish emas. Agar so‘z bilan predmet o‘rtasida bunday bog‘lanish bo‘lganda edi, bir xil narsalarni bir necha nom bilan atash mumkin bo‘lmay qolar edi. Nom (so‘z) bilan narsa o‘rtasidagi munosabat shartlidir.
Biroq shuni ham aytish kerakki, predmetlarga nom mutlaqo tasodifiy ravishda qoyilmaydi. Nom qo‘yishning ma’lum qonuniyati bor. XIX asrda yashagan nemis faylasufi L.Feyerbax nomning mohiyati xaqidafikr yuritib: “Nom nimadir? Farqlash uchun zarur bo‘lgan belgi, ko‘zga tashlanib turadigan qandaydir alomat bo‘lib, men predmetni butunligicha tasavvur etish uchun narsaning namoyandasi, vakili qilib olaman” deydi. Oaqiqatan, biror notanish narsalarga duch kelganda, avval u tanish predmetlarga solishtirib ko‘riladi va shu asosida yangi predmetning ko‘zga tashlanadigan biror belgisi ajratilib, ana shu belgi predmetga nom qoyish uchun asos qilib olinadi. Shuning uchun ham rus tilshunosi A.A.Potebnya “Biror narsani shunday deb atabmizmi, buning izohi bordir” deb alohida taokidlaydi.
Biror so‘zga asos bo‘lgan belgi vaqtlar o‘tishi bilan asta-sekin unutila boradi. (Masalan, otlanmoq). Natijada so‘zning hozirgi ma’nosi bilan uning dastlabki ma’nosi o‘rtasida uzilish sodir bo‘ladi. Tildagi juda ko‘p so‘zlar ana shunday prostessni o‘z boshidan kechirgan. Tilda kelib chiqishini, paydo bo‘lish tarixini isbotlash qiyin bo‘lgan so‘zlar (motivi yo‘q so‘zlar) shu tariqa paydo bo‘lgan. Agar so‘z umumlashtirmay yakka-yakka narsalarni bildirganda edi, tilda so‘zlar tolib-toshib ketgan bo‘lar edi.
So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi munosabat xaqida yana quyidagilarni aytish mumkin. So‘z ishora (simvol) sifatida tashqi, material tomon bo‘lsa, tushuncha fikr sifatida ichki ideal tomondir. Bu ikki tomon bir-biriga qarama-qarshi bo‘libgina qolmay, ular ayni zamonda ajralmas kategoriyalar hamdir. So‘z bilan tushunchaning o‘zaro uyg‘unlik tomoni ularning umumlashtirish xususiyatida ham ko‘rinadi. Tushunchani shu asosda so‘z bilan tenglashtirish, ularni bir xil hodisa deb talqin etish to‘g‘ri bo‘lmaydi. So‘z bilan tushuncha o‘rtasida muhim farqlar ham bor. Bular quyidagicha:
So‘z tilning elementi bo‘lsa, tushuncha tafakkurning elementi.
Tushuncha ideal hodisa bo‘lib, predmetlarning umumiy va muxim belgilarini aks ettiruvchi fikr formasidir, so‘z esa material hodisa bo‘lib, tushunchaning yashash formasidir. Buni quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin:
So‘z ichra mudom aql yashirindir. (So‘z va tushuncha)
So‘z chimildig‘u, aql kelindir. (So‘z va predmet) (N.Xisrav).
So‘z ma’lum bir jamoaga mos bo‘lsa, tushuncha umuminsoniydir. So‘zda milliy, emostional tomonlar bo‘lishi mumkin, ammo tushuncha bunday xarakterga ega emas. Tushuncha har gal o‘zining mantiqiy mazmuni bilan chegaralanadi. Har qanday so‘z tushunchani bildiravermaydi, biror tushuncha odatda so‘z orqali ifodalanadi.Bir so‘z bir necha tushunchani, bir necha so‘z bir tushunchani bildirishi ham so‘z bilan tushuncha o‘rtasida farq borligini ko‘rsatadi. So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi tenglik atamalargagina xos.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, odatda predmetga nom uning ko‘zga tashlanib turgan biron belgisi asosida qoyiladi. Biroq narsani nomlash uchun asos qilib olingan belgi ikkinchi bir narsada ham bo‘lishi mumkin. (Masalan, ko‘k - rang, ko‘k - o‘t, o‘simlik, ko‘k - osmon). Buning natijasida har bir tildagi anchagina so‘zlar o‘zining asosiy ma’nosidan tashqari bir qator ko‘chma ma’noga ham ega bo‘ladi. Natijada bir so‘z bir necha ma’no kasb etib, logik prinstipga qarama-qarshi olaroq, ko‘p ma’nolilik kelib chiqadi. So‘zning bir necha ma’no anglatishi polisemiya yoki polisemantizm, bir ma’no bilan chegaralanishi monosemiya yoki monosemantizm deb yuritiladi.
Sirtdan qaraganda polisemiya fikr olishuviga monelik qilishi mumkindek tuyuladi. Aslida esa bunday emas. (“Polisemiyadan judo bo‘lgan til lingvistik do‘zaxga mubtalo bo‘ladi”. O.Espersin). Tilda polisemantik so‘zlarning ma’nosini aniq belgilab beruvchi mezon-vositalar bor. Ana shunday mezon-vosita kontekstdir. (“So‘zning oaqiqiy hayoti kontekst ichidadir”. A.A.Potebnya). kontekst (lotincha bog‘lanish) so‘zni boshqa ma’nolardan tozalaydi, uni ko‘p ma’nolilikdan mao‘rum etib, aniq bir ma’noga keltiradigan so‘zlar o‘ramidir. Ba’zilar oylagandek, kontekstning roli u bilan chegaralanmaydi. Kontekst yuqoridagi funkstiyadan tashqari so‘zdagi polisemantik holatni topish uchun ham xizmat qiladi. Masalan, ko‘z qorasi eng nozik organ. Xayr og‘lim, xayr ko‘zim qorasi! (g‘.g‘.). Baozan so‘zning ma’nosini kontekst emas, nutq vaziyati (situastiya) aniq ko‘rsatadi. Ildiz ostida nima bor? (Matematika); Ildiz ostida nima bor? (Botanika). Bu ikki gap tarkibidagi ildiz so‘zining qanday ma’noda qo‘llanganligini so‘zlar o‘rami orqali emas, balki nutq vaziyati orqali aniq bo‘layotir.
Xullas, so‘z predmetning nomi, tushunchaning ifodalovchisidir. So‘z nominativ funkstiya bajaruvchi til birligidir. Tilning birorta boshqa birligi (fonetik yoki grammatik birligi) bunday vazifa bajarmaydi. So‘z tilning eng konkret va asosiy birligi hisoblanadi. Tili chiqayotgan godak tilning so‘z tomoniga duch keladi. Nutqni ostirish, chet tilini o‘rganish dastavval so‘zlarni yodlashdan boshlanadi. Yozuvchi va tarjimon aksariyat hollarda so‘z bilan ish ko‘radi. Tilni ongli, ilmiy bilmaydigan kishi tilning fonetik yoki grammatik tomonini emas, balki uning so‘z tomonini aniq tasavvur etadi, chunki so‘z til strukturasida ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, tovushlashish, qo‘shimchalashish deyilmay, so‘zlashish gaplashish deyiladi.
Shunday qilib, so‘z leksikologiyasining eng harakatchan sohasi bo‘lib, tilshunoslikning hamma sohalari bilan aloqada, ular bilan birga ish ko‘radi. Xulosa qilib aytish mumkinki, leksema «o‘zida tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlik» deb tariflanar ekan, bu ta’rif faqat mustaqil leksemalar uchun xosdir. Chunki yordamchi leksemalar denotativ xususiyatlarga ega emas. Yordamchi leksemalar uchun grammatik ma’no xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |