O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO’NALISHI 2-BOSQICH 202-GURUH TALABASI
QODIROV ZARIFBEKNING
ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: DIRIXLE L-FUNKSIYANING KOMPLEKS NOLLARI MAVJUD BO'LMAGANSOHASINING CHEGARASI UCHUN ANIQLASHTIRILGAN BAHO
Bajardi: Qodirov Zarifbek
Qabul qildi:Safarov Abduvohid
TERMIZ 2022-yil
REJA:
1.KIRISH
2.DIRIXLE L-FUNKSIYASINING ASOSIY XOSSALARI
3.FUNKSIYASI VA UNING XOSSALARI.
4.DIRIXLE L - FUNKSIYASINING KOMPLEKS NOLLARI TO‘G‘RISIDA.
5.L-FUNKSIYASINING NOLLARINING XOSSALARI
6.DIRIXLENING L-FUNKSIYASINING NOLLARINING KOMPLEKS TEKISLIKDA JOYLASHUVI HAQIDA
7.XULOSA
8.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi bayram tabriklarida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessans bo'lishi lozimligini ta'kidladilar.
Uyg'onish davrini bevosita ta'lim sohasisiz tasavvur qilish mushkul ekani hech kimga sir emas. Ta'lim sohasidagi islohotlar to'g'risida so'z yuritar ekanmiz 2020 yil 23 – sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni ko'z o'ngimizga keladi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Ta'kidlash joizki, ushbu Qonun bilan ilk marotaba ta'lim tizimidagi atamalarning talqini berilgan. Ta'lim o'quvchilarga chuqur nazariy bilimlar, ko'nikmalar, amaliy ko'nikmalar berish shuningdek, umumiy ta'lim va kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon sifatida qaraladi.
Ushbu Qonunda masofaviy ta'lim tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internetdan foydalanish orqali ta'lim olish shakllaridan biri sifatida berilgan. Ushbu ta'lim shaklining ahamiyati va zaruriyati pandemiya davrida, asosan, maktablar, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari o'quvchilari orasida kasallikning ommaviy tarqalishini cheklashga yordam berganida isbotlangan.
Shuningdek, Qonunda o'quv dasturining nazariy qismi o'quv muassasasida, amaliy qismi esa talabaning ish joyida o'rganiladigan dual ta'lim kabi shakl belgilangan. Har bir talabaning qobiliyatlarini shakllantirish va uning amaliy ko'nikmalari va tajribalarini rivojlantirish, olingan bilim va ko'nikmalarni amalga oshirish amaliyotidan faol foydalanishni talab qiladi. Ushbu o'quv faoliyati amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan. Talabaga boshlang'ich kasbiy ko'nikmalarni olish, egallagan bilim va ko'nikmalarini amaliyotda to'g'ri qo'llay olishga imkon beradi.
2.DIRIXLE L-FUNKSIYASINING ASOSIY XOSSALARI
Arifmetik progressiyadagi tub sonlar taqsimotini tekshirishda natural sonlar qatorida tub sonlar taqsimotini o‘rganishda Riman tomonidan ζ (s) funksiya
si kiritilganiga o‘xshash kompleks o‘zgaruvchili L-funksiya L.Dirixle tomonidan kiritilgan.
Faraz эtaйлик k natural son, χ esa k moduli bo’yicha biror xarakter bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |