Mak Kinsey matritsasi Ushbu matritsa xam, BKG matritsasi kabi, ikki o`lchamlidir, biroq ushbu o`zgaruvchilar ko`plab omillarga bog’liq bo`ladi.
O`rta korxonalarning jalb qiluvchanligi quyidagi to`rt bosqichda baxolanadi:
menejerlar o`rta korxonalarning jalb qiluvchanlik mezonlarini aniqlashi orqali;
aloxida omillarning nisbiy axamiyatlarini aniqlab;
menejerlar ayrim tarmoqlarning jalb qiluvchanligini korporatsiya portfeliga qayd qilishi orqali;
xar bir o`rta korxonalar uchun umumiy baxolarni belgilash orqali. Firmaning raqobatchilik mavqei ham shunga o`xshash tarzda baxolanadi:
strategik menejer kompaniya raqobatlashayotgan xar bir soxadagi muvaffaqiyat omillarini aniqlaydi;
muvaffaqiyatning xar bir hal qiluvchi omiliga uning o`ziga tegishli bo`lgan va raqobatli pozitsiyadagi nisbiy axamiyatiga bog’liq bo`lgan mavqe belgilanadi;
so`ngra muvaffaqiyat omilining tarmoq uchun nisbiy axamiyatiga mos xolda xar bir o`rta korxonalardagi raqobat kuchining darajasi aniqlanadi;
O`rta korxonalarlar BKG matritsasiga o`xshagan Mak-Kinsey matritsasi yordamida taqqoslanadi.
Mak-Kinsey matritsasi to`qqizta katakka bo`lingan. Ularning uchtasida o`rta korxonalar «g’olib» hisoblanadi yoki biznesning eng qulay sohasi sanaladi. Uchta katak esa yutqazuvchi hisoblanib, ular biznes uchun eng noqulay bo’ladi.
Bitta katak «so’roq belgisi» deb belgilangan (BKG matritsasidagi «yovvoyi mushuk» kabi). Bu biznesdagi mavxum, biroq istiqbolli xolatdir. Ushbu o`rta korxonalar qo’llab-quvvatlansa, «g’oliblar»ga aylanadi, biroq ularning
«yutqazuvchilarga» aylanib qolish xavfi xam bor. Katakchalardan biri «daromad ishlab chiqaruvchi» deb ataladi (BKG matritsasidagi «sog’in sigir» kabi).
Mak-Kinsey matritsasi asosidagi taxlildan quyidagi strategik xulosalar kelib chiqadi:
«yutqazuvchilar» tugatilishi yoki ularda xosil yig’ib olinishi lozim;
«g’oliblar»ning va rivojlanayotgan «g’oliblar»ning pozitsiyalari mustahkamlanishi (shu jumladan, kerak bo`lsa moliyaviy investitsiyalar bilan xam) kerak;
«daromad ishlab chiqaruvchilar»ning kuchli raqobatli pozitsiyalarini xisobga olgan xolda, ulardan daromadlarni «g’oliblarga» yoki tanlab olingan «so`roq belgilariga» qayta investitsiyalashda foydalanish lozim;
«o’rta biznes»ni «g’oliblar»ga aylantirishga yoki agar kelgusida istiqbolli bo`lmasa, «xosilni yig’ib olish»ga urinib ko`rish kerak.
O`rta korxonalarning muvozanatlashgan portfelida asosan «g’oliblar» va rivojlanayotgan «g’oliblar», bir nechta «daromad ishlab chiqaruvchilar» va
«g’oliblar»ga aylana oladigan, birozgina kichik «so`roq belgilari» bo`lishi kerak.
Biroq, ko`pincha kompaniyalarning portfellari muvozanatlashmagan bo`ladi.
Bunday muvozanatlashmaganlikning turli ko`rinishlari 9.2-jadvalda ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |