Bog'liq Diversifikatsiyalangan kompaniyaning strategik tahlili (4)
Korporativ strategiyani ishlab chiqish, Bozorga kirish va chiqish strategiyasi.
Mak-Kinsey matritsasining katta afzalliklaridan biri uning moslashuvchanligidir. Ushbu yondashuv turli tarmoqlarning raqobatli muvaffaqiyatning turli omillari bilan xarakterlanishini xisobga oladi. Ayni paytda unda BKG yondashuvlaridagiga qaraganda ko`proq strategik muxim o`zgaruvchilar xisobga olinadi. Ammo ushbu yondashuv xar tomonlama mukammal emas. Asosiy qiyinchiliklardan biri shuki, u bir qator muxim strategik yechimlarni beradi, biroq ularning qaysi biri afzal ekanligini ko`rsatib bermaydi. Demak, strategik menejer ushbu taxlilga sub’ektiv fikrlarni qo’shimcha qilishi kerak. Firmaning bozordagi xolatini aks ettirishning barqarorligi ham yana bir muammodir.
Bunday matritsaning ustunligi firma o`rta korxonalarining xayot tsiklining turli bosqichlari bo`ylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «so`roq belgisi» shaklidagi o`rta korxonalar va «rivojlanayotgan g’oliblar»ni kelgusida «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo’llab-quvvatlash lozim. Potentsial «yutqazayotgan» o`rta korxonalarni imkon qadar tezroq «echintirish» kerak. Etuklik va pasayish bosqichlaridagi o`rta korxonalardagi biznesni shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati yaratilishi lozim. Ushbu o`rta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va o`sishning sekinlashish bosqichini boshidan kechirayotgan o`rta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim. Ushbu matritsa xam, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga o`rta korxonalar portfelining muvozanatlashganlik darajasini baxolashga imkon beradi. Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «so`roq belgilari» bo`lishi lozim. Ayni paytda ushbu matritsa o`rta korxonalar portfelining dinamikasini baxolashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga qo’shimchadir, chunki u ko`pgina muxim omillarni aks ettirmaydi.
Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat:
menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini taxlil qilish imkoniyati;
aloxida o`rta korxonalar o`rtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi, firmaning oliy raxbariyati uchun resurslarni to`g’ri taqsimlash imkoniyati;
o`rta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi o`rta korxonalarning xozirgi strukturasini aniqlashga va uzoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga imkon beradi (muvozanatlashgan portfel - kompaniyaning kuchli jixati bo`lib, muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi).
Ammo o`rta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir
«qopqon»larga olib kelishi mumkin:
o`rta korxonalar sonining ko`pligi firma raxbariyati uchun axborotning g’oyatda ko`pligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu o`rta korxonalar soni 40-50 taga yaqin bo`lganda yuz beradi);
o`rta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari o`rtasida ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin;
matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun muammolar vujudga kelishi mumkin (o`rta korxonalar o`rtasidagi muxim strategik munosabatlarni ham xisobga olish lozim).