29 январь — антон павлович чехов туғилган кун


 YANVAR — ANTON PAVLOVICH CHEXOV TUGʻILGAN KUN



Download 345,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana04.07.2022
Hajmi345,06 Kb.
#739077
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
CHEXOV.A.777

29 YANVAR — ANTON PAVLOVICH CHEXOV TUGʻILGAN KUN
 
Chexov hikmatlari: • Agar xotining senga xiyonat qilgan boʻlsa, xursand boʻl. Vatanga 
emas, senga xiyonat qilibdi. • Universitet barcha qobiliyatlarni oʻstiradi, jumladan — 
ahmoqlikni ham. • Aytishlaricha, alal oqibat haqiqat qaror topar ekan, ammo bu 
haqiqat emas. • Faqat poda boʻlib yashaydigan, oʻrtamiyona kishilargina sogʻlom va 
aqli rasodirlar. • Barmogʻingga tikan kirsa, shukr qil: “Xayriyat koʻzga kirmabdi!” • 
Agar sen vaqting kam boʻlishini xohlasang — hech nima qilma.
Anvar Namozov
 
SOVUQ OʻLKALARDA QOLGAN ARMONLAR
 
 
Anton Chexov — rus yozuvchisi, jahon adabiyotining umum tan olgan klassik adibi. 
Mutaxassisligi boʻyicha shifokor. Imperator akademiyasining ogʻzaki va yozma nafis 
adabiyot boʻyicha faxriy akademigi. Dunyo miqyosida mashhur dramaturglardan biri. 
Chexov asarlari jahonning yuzdan ziyod tillariga tarjima qilingan. Uning pyesalari, 
jumladan, “Chayka”, “Uch opa-singillar” va “Olchali bogʻ” yuz yildan buyon dunyo 
teatr sahnalarida qoʻyib kelinmoqda. 25 yillik ijodi mobaynida Anton Chexov 900 ga 
yaqin turli-tuman asarlar (qisqa yumoristik hikoyalar, jiddiy qissalar, pyesalar) yaratdi. 
Ularning aksariyati jahon adabiyotining klassikasiga aylangan. Ayniqsa, “Dasht”, 
“Zerikarli tarix”, “Duel”, “6-palata”, “Gʻilofdagi odam”, “Jarlikdagi kishi” keng 
ommaning eʼtiborini qozondi…
Bolalikda — qorovullik
1860 yilning 17 (29) yanvarida Rossiyaning Taganrogdagi Politsiya koʻchasida 
yashovchi Pavel Yegorovich Chexov oilasida uchinchi farzand — Anton dunyoga keldi. 
Uning otasi gʻalati odam edi. Pavel Yegorovich Taganrogda baqqollik doʻkoniga ega 
boʻlib, biroq jon kuydirib bilan ishlamasdi. U cherkovda xizmat qilish, ashula aytish va 
jamoatchilik ishlariga asosiy eʼtibor qaratardi. Oilada erkaklar mavqei ustun edi: 
bolalar qatiqqoʻllik bilan tarbiyalanar, ularga nisbatan tez-tez jismoniy jazo qoʻllanilar, 


hech kimning bekorchilik qilishiga yoʻl qoʻyilmasdi. Dam olish kunlarida, maktabdan 
soʻng, aka-ukalar otasining doʻkoniga qorovullik qilishar, har kuni ertalab soat beshda 
turib esa cherkov xorida kuylashardi. Chexov oʻzi aytganidek: “Mening bolaligimda 
bolalik boʻlmagan”. Kechqurunlari xor boʻlib kuylashardi. Ota skripkani qoyilmaqom 
chalar, Masha fortepianoda joʻr boʻlar, xullas, butun boshli oilaviy tomosha tashkil 
etilardi.
Oila bekasi Yevgeniya Yakovlevna dehqonning qizi edi. U bolalari va eri uchun 
yashaydigan gʻamxoʻr va mehribon ayol boʻlgan. Yevgeniya Yakovlevna yuvosh boʻlib, 
farzandlarini hamisha erining qattiqqoʻlligidan himoya qilardi. U teatrni haddan ziyod 
yoqtirar, biroq kamdan-kam borardi. Bolaligida Taganrog xususiy pansionida raqs va 
yaxshi xulq-atvordan saboq olgan Yevgeniya Yakovlevna farzandlariga koʻngilchanlik, 
ojizlar va mazlumlarga nisbatan hurmat-izzat, tabiat va olamga muhabbat tuygʻularini 
singdirdi. Anton Chexov keyinchalik shunday degandi: “Mening isteʼdodim otam 
tufayli, qalbim esa onam bois kamol topdi”.
Boʻlajak adib Taganrogdagi grek maktabida tahsil ola boshladi. 1868 yilning 23 
avgustida esa u Taganrog gimnaziyasining tayyorlov sinfiga qabul qilindi. Oʻgʻil bolalar 
klassik gimnaziyasi Rossiya janubidagi eski oʻquv dargohlaridan biri edi (1806 yili tijoriy 
maqsadlarda tashkil etilib, 1866 yildan eʼtiboran klassik ilmgohga aylangan). 
Gimnaziyada Antonning dunyoqarashi, kitobga muhabbati, teatrga qiziqishi 
shakllandi. Bu yerda u oʻqituvchi Fyodor Platonovich Pokrovskiy tomonidan birinchi 
adabiy taxallusi — “Chexonte”ga ega boʻldi. Adabiy va sahnaga oid ilk bilimlari ham 
gimnaziyada shakllandi.
Bu orada 1876 yili Chexovlar oilasi Moskvaga koʻchdi. Taganrogda savdo ishlari 
yurishmagan Pavel Yegorovich kasodga uchragan va kreditorlardan qochishga majbur 
boʻlgandi. Moskvada deyarli uch oy mobaynida qashshoqlikda yashashdi. Shunga 
qaramay, bolalar oʻqishni davom ettirdilar. Anton esa repetitorlik orqasidan pul topib, 
gimnaziyadagi tahsilini tugatguncha Taganrogda qoldi.

Download 345,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish