29 январь — антон павлович чехов туғилган кун



Download 345,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana04.07.2022
Hajmi345,06 Kb.
#739077
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
CHEXOV.A.777

LATTA
 
Odil Rahimiy tarjimasi
 
Yaqinda men bolalarimning murabbiysi Yuliya Vasil`evnaga haqini berish uchun 
kabinetimga 
chaqirdim.
— O’tiring, Yuliya Vasil`evna! — dedim. — Sizga pul kerak bo’lsa ham, 
soddadilligingizdan o’zingiz so’ragani uyalasiz… qani, o’zaro hisoblashib chiqaylik-chi. 
Maoshingizni 
har 
oyga 
o’ttiz 
so’mdan 
gaplashgan 
edik…
— 
Qirq 
so’mdan…
— Yo’q, o’ttiz so’mdan… Menda yozilgan… Men murabbiyalarga hamma vaqt o’ttiz 
so’mdan to’lab kelganman. Xo’-o’sh, siz bizda ikki oy turdingiz…


— 
Ikki 
oy-u 
besh 
kun…
— Menda yozilgan. Rosa ikki oy… Demak, sizga oltmish so’m tegadi… Siz Kolya bilan 
yakshanba kunlari mashg’ulot o’tkazganingiz yo’q, o’sha kunlari dam oldingiz, shuning 
uchun to’qqiz yakshanbani chiqarib tashlaymiz… Uch kun bayram…
Yuliya Vasil`evna birdaniga qizarindi, kuylak burmasini g’ijimladi-yu, lekin hech nima 
demadi!..
— Uch bayram kuni… Demak, o’n ikki so’m… Kolya kasal bo’lib qolib, to’rt marta dars 
bo’lmadi, o’sha kunlari siz mashg’ulotni faqat Varya bilangina o’tkazdingiz… Uch kun 
tishingiz og’ridi, xotinim peshindan keyin uyga qaytishingizga ijozat berdi… O’n ikki 
so’m va yetti so’m, demak, yana o’n to’qqiz so’mni chiqarib tashlaymiz… Qoladi qirq 
bir so’m. To’g’rimi?
Yuliya Vasil`evnaning chap ko’zi qizarib, yoshga to’ldi. Iyagi titradi, asabiylashib 
yo’taldi, 
burnini 
qoqdi, 
lekin 
g’ing 
demadi.
— Yangi yil oldidan bir tarelka bilan chashkani sindirdingiz. Bu ikki so’m deylik, idishga 
familiya yozilgan edi, qimmatroq bo’lsa ham, mayli, roziman! Bizning haqimiz 
kimlarda ketmagan deysiz! So’ngra sizning beparvoligingiz natijasida Kolya daraxtga 
chiqib, kamzulini yirtib tushdi, bu ham o’n so’m… Yana sizning yaxshi 
qaramaganligingiz natijasida uy xizmatchisi Varyaning botinkasi o’g’irlangan. Axir, siz 
maosh olasiz, shularning ustidan nazorat qilib turishingiz kerak. Demak, yana besh 
so’m… O’ninchi yanvarda mendan o’n so’m qarz oldingiz…
— 
Men 
olganim 
yo’q, 
— 
dedi 
Yuliya 
Vasil`evna, 
sekingina.
— 
Menda 
hammasi 
yozilgan.
— 
Xo’p, 
mayli… 
yaxshi.
— Qirq bir so’mdan yigirma yetti so’mni chiqarib tashlasak, o’n to’rt so’m qoladi…
Murabbiyning ikki ko’zi jiqqa yoshga to’ldi… Uzun, chiroyli burni terlab ketdi. Bechora 
qiz!
— Men faqat bir martagina oluvdim, — dedi u, qaltiroq tovush bilan. — 
Bekachingizdan faqat bir marta uch so’m olganman, xolos… Shundan boshqa pul 
olganim yo’q…
— Hali shundaymi? Men buni yozib qo’ymagan ekanman! O’n to’rt so’mdan uch 
so’mni chiqarsak — o’n bir so’m qoladi… Oling pulingizni, jonim! Mana, uch… uch… 
uch… bir, tag’in bir so’m… oling!
Men unga o’n bir so’mni berdim… Pulni titroq qo’llari bilan olib, cho’ntagiga soldi.
— Mersi! — dedi pichirlab.
Men o’rnimdan sakrab turib ketib, uy ichida yura boshladim. Juda jahlim chiqib ketgan 
edi.
— 
Nega 
menga 
«mersi» 
deysiz? 
— 
dedim.
— Pulingiz uchun…


— Axir, pulingizni o’g’irlab o’tiribman-ku, men sizni taladim-ku! Pulingizni o’g’irladim! 
Nega 
tag’in 
menga 
«mersi» 
deysiz?
— 
Boshqa 
joylarda 
menga 
shuni 
ham 
berishmas 
edi…
— Berishmas edi? Ajab emas! Men sizga hazillashdim, sizga unutilmas saboq berdim. 
Sizning sakson so’m pulingizni beraman, ana, konvertga solib tayyorlab qo’yganman. 
Odam ham shunday latta bo’ladimi? Nega haqingizni talab qilmaysiz? Nega tek 
turasiz? Bu zamonda odam o’tkir tishli bo’lishi kerak!
Odam shunday bo’shang bo’ladimi?
U bo’shashib kuldi. Uning yuzidan: «bo’lishi mumkin!» degan ma’noni uqdim.
Unutilmas saboq uchun undan kechirim so’radim-da, qo’liga sakson so’mini berdim. 
U qo’rqa-pisa chiqib ketdi… Uning ketidan qarab turib: bu dunyoda kuchli bo’lish oson 
ekan! — deb o’yladim.

Download 345,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish