29 январь — антон павлович чехов туғилган кун



Download 345,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana04.07.2022
Hajmi345,06 Kb.
#739077
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
CHEXOV.A.777

Anton ChЕXOV
 
SARLAVHASIZ
 
 


V asrda ham hozirgidek har kuni ertalab quyosh chiqar va kechqurun uxlagani yotar 
edi. Ertalab quyoshning dastlabki nurlari shudring bilan oʻpishganda yer jonlanar, 
havo quvonch, shodlik va umid tovushlariga toʻlar, kechqurun esa shu yer tek qolar va 
shafqatsiz qorongʻulikka choʻmardi.
Kun-kunga, tun-tunga oʻxshaydi. Har zamon koʻkda qora bulutlar paydo boʻlib, jahl 
bilan momaqaldiroq qaldirardi yoki yulduz uchardi, yo boʻlmasa rangi oʻchgan monax 
zohidlarning oldiga yugurib kelib, monastirga yaqin bir yerda yoʻlbars koʻrganini 
aytardi, vassalom, soʻngra yana kun-kunga, tun-tunga oʻxshardi.
Monaxlar ishlar va ibodat qilar, ularning boshliqlari boʻlgan chol organ chalar, lotincha 
sheʼrlar hamda notalar yozardi. Bu ajoyib chol favqulodda qobiliyat egasi edi. U 
organni shunday ustalik bilan chalar ediki, hatto umrining oxirida musiqiy zavqi bir 
tarziroq boʻlib qolgan eng qari monaxlar ham, uning hujrasidan organ tovushi 
kelganda oʻzlarini yigʻidan toʻxtatolmasdilar. U hatto eng oddiy narsalar toʻgʻrisida, 
masalan, daraxt, yirtqich hayvonlar yoki dengiz haqida soʻzlaganda ham kishi yo kular, 
yo koʻziga yosh olar, xuddi uning qalbida organ torlariday torlar sado berayotganday 
tuyulardi. Uning achchigʻi kelsa yoki juda quvonib ketsa, yo boʻlmasa biron dahshatli 
narsa toʻgʻrisida gapirsa, ehtirosli ilhomga tolar, chaqnab turgan koʻzlari yoshlanar, 
yuzi qizarar, tovushi momaqaldiroqday guldirar edi. Monaxlar, uning soʻziga quloq 
berar ekanlar, uning ilhomi oʻz qalblarini band qilayotganini sezar edilar. Mana 
shunday soz va ajoyib lahzalarda uning hukmronligi cheksiz boʻlar, agar u zohidlariga 
daryoga oʻzlarini tashlashni buyursa, hammasi xursandlik bilan bu amrni ijro etgani 
shoshilardi.
Uning musiqasi, tovushi, xudo, yer va osmonni madh etgan sheʼrlari monaxlarga 
doimiy xursandlik manbai edi. Umrguzaronlik bir xilda boʻlavergandan keyin baʼzan 
daraxt, gullar, bahor, kuz ularning meʼdasiga tegar, dengizning shovullashi toliqtirar, 
qushlarning sayrashi yoqmas, ammo cholning talanti ularga nondek har kuni kerak 
edi.
Oʻn yil oʻtdi, hamon kun-kunga, tun-tunga oʻxshardi. Monastir atrofida yovvoyi qush 
va yirtqich hayvonlardan boʻlak jon egasi koʻrinmas edi. Odam turadigan eng yaqin 
yer monastirga yuz chaqirim kelar va yuz chaqirim yoʻl nuqul choʻldan borardi. Bu 
choʻldan oʻtishga faqat hayotga tahqir koʻzi bilan qarovchi, hayotni tark etib, 
monastirga kirishni qabirga kirish, deb biluvchi kishilargina jurʼat qila olardi.
Shuning uchun bir kuni kechasi birov monastirning eshigini taqillatganda monaxlar 
juda hayron qolishdi. Eshikni taqillatgan kishi shaharlik bir odam boʻlib, hayotni 
sevguvchi oddiy bir osiy ummat ekan. Bu odam monaxlar boshligʻi duosini olish va 
ibodat qilish oʻrniga avval vino bilan ovqat talab qildi. Nima boʻlib choʻlga chiqib 
qolganligini soʻralganda u, uzundan-uzoq soʻzlab, ovga chiqqani, koʻproq ichib qoʻyib, 
adashganini aytdi. Monastirga kirib, qiyomatning gʻamini yegin, degan taklifga, kulib: 
”Men sizlarga oʻrtoq emasman”, deb javob berdi.


Yeb, ichib toʻyganidan soʻng, xizmatini qilib turgan monaxlarga bir-bir qaradi-da, bosh 
chayqab taʼna bilan dedi:
– Bekor oʻtirasizlar, monaxlar. Yeyish-ichishdan boshqani bilmaysizlar. Qiyomatni 
gʻamini shu xilda yeydimi kishi? Oʻylab koʻringlar: sizlar bu yerda tinchgina yeb-ichib 
saodat xayolida oʻtirgan chogʻlarda, yaqin kishilaring halok boʻlib, jonlari doʻzaxga 
ketmoqda! Bir qaranglar-chi, shaharda nimalar boʻlmoqda. Biri ochdan oʻlmoqda, 
boshqasi oʻz oltinini qayerga koʻmishini bilmasdan buzuqlikka gʻarq boʻlmoqda va 
asalga botgan pashshaday halok boʻlmoqda. Kishilarning qalbida na imon bor, na 
haqiqat. Bularni qutqarish kimning ishi, axir? Vaʼz-nasihatni kim qiladi? Ertadan 
kechgacha mast boʻlib yuradigan odam men qilaymi? Nahot xudo, ezgu ruh, sevguvchi 
qalb va imonni sizlarga toʻrt devor orasida oʻtirish uchun bergan boʻlsa?
Shaharlikning mastlik bilan aytgan soʻzlari qattiq va odob doirasidan tashqari edi, 
ammo nima balo boʻldiki, cholga taʼsir qildi. Chol hamma monaxlar bilan bir-bir koʻz 
urishtirib, rangi oqardi va dedi:
– Birodarlar, bu toʻgʻri aytadi! Chindan ham bechoralar oʻzlarining nodonliklari va 
tadbirsizliklari orqasida gunohkor va dinsiz halok boʻladilar, biz esa joyimizdan 
qimirlamaymiz, goʻyo buning bizga dahli yoʻq. Shaharga borib oʻz paygʻambarlarini 
unutgan 
ummatlarning 
esiga 
Iso 
alayhisalomni 
solsam 
boʻlmaydimi?
Shaharlikning soʻzlari cholni qiziqtirdi: ertasiga u asosini qoʻliga oldi, zohidlar bilan 
xayrlashdi va shaharga qarab ketdi. Monaxlar uning musiqasidan, soʻzlaridan va 
sheʼrlaridan mahrum boʻldilar.
Bir, ikki oyni ular cholni sogʻinib oʻtkazdilar, chol kelmadi. Oqibat uchinchi oyning 
oxirida hammaga maʼlum boʻlgan aso tovushi eshitildi. Monaxlar yugurib uning 
istiqboliga chiqdilar va unga benihoyat koʻp savollar berdilar, ammo chol, ularni koʻrib 
sevinish oʻrniga kuyinib yigʻladi va bir ogʻiz ham soʻz aytmadi. Monaxlar uning juda 
qariganini va ozganini payqadilar; uning yuzidan charchaganlik va chuqur qaygʻu aks 
etar edi, yigʻlaganida esa tahqirlangan kishiga oʻxshar edi.
Monaxlar ham yigʻladilar va undan nimaga yigʻlayotganini, nima uchun xafa ekanini 
soʻradilar. Biroq, u bir ogʻiz ham soʻz aytmadi va hujrasiga kirib, eshikni beklab oldi. U 
yetti kun uyidan chiqmadi, tuz totmadi. Organ chalmadi, nuqul yigʻladi. Monaxlar 
eshigini taqillatsalar, chiqib biz bilan dardlash deb iltimos qilsalar ham, churq etmadi.
Oxir tashqariga chiqdi va monaxlarni toʻplab,yoshli koʻz, chuqur qaygʻu va gʻazab bilan 
soʻnggi uch oy ichida boshidan kechirganlarini aytib berdi.
U monastirdan shahargacha bosgan yoʻlini tasvirlab berganda koʻzlarida tabassum, 
tovushida osoyishtalik aks etar edi. Aytishicha, yoʻlida unga qushlar sayrab bergan, 
uning uchun ariqlar shildirab oqqan, qalbini shirin, yosh umidlar hayajonga keltirgan: 
u yoʻlda borar ekan, oʻzini jangga ketayotgan va gʻalaba qozonishiga amin boʻlgan 
soldatday sezgan, sheʼrlar va naʼtlar aytib shaharga yetganini bilmay qolgan.


Biroq, shahar va u yerdagi odamlar toʻgʻrisida gapira boshlaganida tutaqib ketdi, 
koʻzlari chaqnadi. U shaharga kirib koʻrganlarini umrida koʻrgan emas, hatto shunday 
boʻlishini tasavvur qilishga ham jurʼat etgan emas.
Shayton naqadar qudratli, yovuzlik qanchalik goʻzal ekanini, kishilarning na daraja 
yuraksiz va gʻarib ekanliklarini u umrida birinchi dafʼa keksaygan chogʻida koʻrdi va 
angladi. Baxtsiz tasodif boʻlib, birinchi qadam bosgani uy buzuqlik makoni boʻlib 
chiqdi. Ellik chamasi puldor kishilar ovqat yer va vinoni koʻp ichar edi. Vino ichib mast 
boʻlgan odamlar kuylaydilar va xudojoʻy kishi aytgani botinolmaydigan yaramas 
soʻzlarni hech ibosiz aytadilar. Cheksiz erkin, tetik, baxtiyor bu odamlar na xudodan 
qoʻrqadilar, na shaytondan va na oʻlimdan, nimani xohlasalar shuni aytadilar, shuni 
qiladilar, koʻngillari qayerni tilasa, oʻsha yerga boradilar. Vino esa haqiqday sof, 
haddan tashqari shirin va xushboʻy boʻlsa kerpk, chunki ichgan kishi rohatlanib kuladi 
va yana ichgisi keladi. Kishi kulganda vino ham kulganday boʻladi, ichilganda quvonch 
sochib, uchqun oladi, goʻyo oʻz shirinligida qanday shaytoniy latofat berkitib turganini 
oʻzi biladi.
Chol gʻazabdan borgan sayin tutaqib, yigʻlab, koʻrganlarini hikoya qilib beraverdi. 
Bazm qurib oʻtirganlar orasida, – dedi, – stolningustida yarimi yalangʻoch bir buzuq 
xotin turar edi. Tabiatda bundan koʻra goʻzal va jozibali narsani topish qiyin. Yosh, 
uzun sochli, doʻndiq, qorakoʻz, durdoq labli hayosiz va sharmanda, bu palid sadafday 
tishlarini koʻrsatib iljayib, xuddi “Koʻrdilaringmi, men qanday sharmanda va chiroylik” 
demoqchiday edi. Shohi kimxoblar burma-burma boʻlib, uning yelkasini qoplagan, 
ammo goʻzallik kiyim ostiga berkinishni istamas, bahori sabzi qoʻpib turgan yerni yorib 
chiqqanday, tashqariga chiqqani intilar edi. Sharmanda xotin vino ichar, ashula aytar 
va kim xohlasa oʻshanga oʻzini taqdim etar edi.
Undan soʻng chol titrab-qaqshab ot oʻyini boʻladigan maydon, hoʻkiz urishtirish, 
teatrlar, loydan yalangʻoch xotinning suratini yasaydigan rassomlar korxonasi 
toʻgʻrisida soʻzlab ketdi. u ilhom bilan, chiroyli va tiniq tovush bilan, xuddi koʻzga 
koʻrinmaydigan bir torni chertayotganday soʻzlar, monaxlar esa uning atrofini 
qurshab, diqqat va ishtiyoq bilan soʻziga quloq solar va xursandlikdan entikar edilar… 
Shaytonning barcha jozibasi, yovuzlikning goʻzalligi va jirkanch xotin badanining 
maftun qiluvchi latofatini tasvir qilib boʻlganidan soʻng chol shaytonni laʼnatladi. 
Burilib hujrasiga kirib ketdi…
Ertasiga ertalab hujrasidan chiqib qarasa monastirda bitta ham monax qolmapti. 
Hammasi shaharga ketib qolipti.
Rus tilidan Abdulla Qahhor tarjimasi 

Download 345,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish