5.D.RIKARDO TA’LIMOTINING’ AHAMIYaTI
D.Rikardo yag’ona iqtisodiy konstepstiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, er rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to’G’’risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi J.S.Mill bilan do’stona munosabatda bo’lg’an.
Smitdan keyinroq yashag’an D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to’laroq tushundi, uning’ fikrlari nisbatan teran bo’lib, klassik iqtisodni nihoyasig’a etkazdi; u sanoat davrining’ iqtisodchisi edi. Uning’ dastlabki «Oltin ajdahosi to’G’’risida uch xat» (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishg’a baG’’ishlandi. 1824 yilda yozilg’an «Milliy bank tuzishning’ rejasi» asari esa uning’ vafotidan keyin bosilib chiqdi.
Rikardo umrining’ oxirg’i 4 yilini Ang’liya parlamenti a’zosi sifatida o’ziniig’ iqtisodiy G’’oyalarini amalg’a oshirish uchun sarfladi. Parlamentda «non qonunlari»ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yiG’’ilishlar erkinlig’ini qo’llovchi no’tqlar bilan chiqqan. 1821y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilg’an.
U Smitning’ G’’oyalarini qo’llash bilan birg’a uni to’ldirdi va qarshi fikrlarni ham ilg’ari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning’ manfaatlari bir-birlarig’a qarama-qarshi ekanlig’ini ochib berdi, ma’lumki Smitda bu manfaatlar bir edi, Rikardo er eg’alarining’ manfaati ishchi va kapitalistlarnikig’a qarshi deb uqtiradi.
– mavzu. Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari
Asosiy tushuncha va iboralar
Tarixiy maktab, F.List; millatning ruhi, iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy usul, yangi tarixiy maktab, davlat sotsializmi, benuqson tiplar, pluralizm.
Asosiy savollar
Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida Yevropa qit’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Blaug M. Ekonomicheskaya mыsl v retrospektive. Delo LTD, 1994, str, 275). Haqiqatan ham, tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berihb, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini, shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa- tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy xo'jalik tizimi ilg'or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, industrial rivojlanish yo'llaiini izladi.
Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo'lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog'liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.
Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'iidi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»x\\ tuzdi. 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi elchisi bo'lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o'rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo'lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o'zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to'g'risidagi ta’limot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko'ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo'lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |