22- mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’liq shakllanishi. Adim Smit va David Rikardo iqtisodiy ta’limotlari. Tayanch tushuncha va iboralar


Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)



Download 48,94 Kb.
bet7/11
Sana14.06.2022
Hajmi48,94 Kb.
#669306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 seminar (1)

Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)

Gettingem va Leypsig universitetlarining professori Vilgehn Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlaming obyektivhgini rad qilish bu ta’limotning o'zagidir.
Rosher tarixiy flziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo‘lini, unga xos bo‘lgan feodal sarqitlami (dehqonlaming yer egalariga bo‘ysunishi, hunar- mandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko‘klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlami to‘plashdan va shu faktlami tarixiy o'xshashliklar asosida izohlashdan iborat.
Rosher o'zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan (foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi.
Tarixiy maktab g'oyalarini Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi.
Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalami tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalami berishga qodir emas. Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning mas’uliyatini eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo'ldi.

  1. Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»

XlX-asming ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan awalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti­ning o‘ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o'rinlardan birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-1917) bo'lsa, Lun Brentano (1844-1931), Vemer Zombart (1863-1941), Maks Yeber (1864-1921) o‘zlarining ijtimoiy yo‘nali- shlari bilan «Yangi tarixiy maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.

  1. Shmoller tomonidan tuzilgan «Ijtimoiy siyosat uyushmasi»nng faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo'lib, ulaming dasturlari «kafedr-sotsializm» (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang'ich ta’limni majburiy kiritish, bolalar, o'smirlar va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilami kasallik va baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo'qotgan chog'ida nafaqa to'lash kabi islohotchilik g'oyalari sotsial-demokratlar orasida ham keng yoyildi.

Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, «Yangi tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O'zining «Klassik siyosiy iqtisod» (1888), «Tarixda axloq-odob va xalq xo'jaligi»(1894) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda axloq va huquq omillari belgilovchi rol o'ynaydi deb hisoblab, ishlab chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor bermaydi. U ayirboshlash konsepsiyasining tarafdori bo'lib, realizatsiya va ayirboshlash sharo- itlarining o'zgarishi xo'jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo'ladi deb hisoblaydi. U o'zining liberal «ijtimoiy inoqlik» deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tred- yunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida ishchilar o'rtaga tashlagan talablami qondirishda foydalanish bilan biiga uy-joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masa­lalami hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi.
Yangi tarixiy maktab Brentano timsolida o'zining yuksak cho'qqilariga yetgani yo'q edi. Uning ijtimoiy to'qnashuvlaming oldini olishga qaratilgan «sinfiy inoqlik» nazariyasi islohotchilik oqimidagi ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo'nalishi uchun asosiy manba rolini o'ynadi, xolos.
K.Menger G.Shmolleming shogirdi Vemer Zombart ham Yangi tarixiy maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori Zombart K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan ajratib, mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to'g'risidagi fikmi ko'tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy kategoriyalaiini chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi «ishning g'oyasi» deb e’lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb ko‘rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi naza- riyaning tarafdori bo‘lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlaming muqarrarligini inkor etdi. Uning fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi.

Download 48,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish