Transfert to’lovlari ham ta’minlangan aholi guruhlari, nogiron, qariya va boshqalar (ishsizlar) ga nafaqa to’lash bo’yicha tushum va to’lovlar.
Kapitallar va kreditlar harakati balansi xalqaro kapital va kredit shaklida valyuta mablag’larini kelishi va chiqib ketishining nisbatini aks ettiradi. Kapitalning harakati tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida yuz berishi mumkin. U aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qarz majburiyatini olish – sotish jarayonida amlga oshiriladi. Agar Respublikamizning davlat aksiyalari chet mamlakatlaridagi investorlar tomonidan sotib olinsa, chet el kapitali kelgan bo’ladi va uning aksi. Bunda ham ushbu balans manfiy va musbat qoldiqqa ega bo’ladi.
Joriy operatsiyalarbalansi va kapitallar balansi umumiy taqchilligining o’rnini to’ldiruvchi muhim tarkibiy qism bo’lib to’lov balansining “Mamlakat oltin va valyuta zahiralaridagi o’zgarishlar ” bo’limi hisoblanadi. Agar to’lov balansining aktiv sal`dosi joriy operatsiyalar balansining manfiy sal`dosini qoplamasa yoki aksincha joriy operatsiyalar balansining aktiv sal`dosi kapital mablag’lar harakati balansi manfiy sal`dosini qoplamasa va nihoyat mazkur balanslarning ikkalasi ham manfiy sof qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari jamg’arib qo’yilgan valyuta zahiralari tashqi qarzini qoplash uchun ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi.
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar Xalqaro iqtisodiy aloqalar