Mavzu : avtomatlashtirish tizimlarining elementlari reja: Avtomatlashtirish tizimining asosiy elementlari



Download 17,44 Kb.
Sana20.09.2021
Hajmi17,44 Kb.
#179837
Bog'liq
Mavzu avtomatlashtirish elementlari 10


Mavzu : AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINING ELEMENTLARI

Reja:

  1. Avtomatlashtirish tizimining asosiy elementlari.

  2. Datchiklar. O‘zgartkichlar. Taqqoslash elementlari.

  3. Kuchaytirgichlar. Rostlash obyektlari. Sozlash elementlari.

Har qanday avtomatlashtirish tizimi o‘zaro bog‘langan alohida elementlardan iborat. Avtomatlashtirish tizimining bir qismi avtomatika elementi deb ataladi. Avtomatikaning bunday qismida fizikaviy miqdorni sifat yoki son jihatdan o‘zgartirish, shuningdek, o‘zgartirilgan ta’sirni oldingi elementdan navbatdagi elementga uzatish ro‘y beradi.

Avtomatlashtirish tizimining qanday asosiy elementlardan tashkil topganini va bu elementlar vazifasini ko‘rib chiqamiz. Asosiy elementlar, sezgir elementlar — datchiklar, o‘zgartkichlar, taqqoslash elementlari, kuchaytirgichlar, ijrochi mexanizmlar(elementlari), rostlash obyektlari, korrektlovchi elementlar va sozlash elementlaridan iborat. Qo‘shimcha ravishda komanda apparatlar,himoya apparatlari va kontrol o‘lchash asboblari ishlatilishi mumkin.



Datchiklar rostlash obyektining chiqish (rostlanadigan)miqdorlarni o‘lchaydi va zarur bo‘lganda, o‘lchangan bir turdagi fizikaviy miqdorni boshqa fizikaviy miqdorga (masalan, haroratlar farqini elektrik kuchlanishga, bosimlar farqini elektrik qarshiliklar farqiga va hokazolarga) o‘zgartirishi mumkin.

O‘zgartkichlar signallarni bir turdan boshqa turga (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka, biror chastotali o‘zgaruvchan tokni boshqa chastotali o‘zgaruvchan tokka va hokazo) o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Avtomatik rostlash tizimlarida o‘zgartkichlar ko‘pincha bo‘lmaydi.

Taqqoslash elementlari topshiruvchi ta’sir x(t) bilan rostlanuvchi miqdor y(t) ni taqqoslash uchun mo‘ljallangan. Taqqoslash elementining chiqishida olinadigan farq e(t)= x(t)--y(t) ta’sir zanjiri bo‘ylab ijrochi mexanizmga bevosita yoki kuchaytirgich orqali uzatiladi. Ko‘pchilik avtomatlashtirish tizimlarida taqqoslash elementlarining o‘zi bo‘lmaydi, ular boshqa qurilmalarning qismlari sifatida ishlatiladi (masalan, elektro mashinali kuchaytirgichda uning magnitli tizimi ikkita chulg‘amning magnit maydonlarini taqqoslab, taqqoslash elementi vazifasini o‘tashi mumkin).

Kuchaytirgichlar avtomatlashtirish tizimlarida topshiruvchi ta’sir x(t) ni, yoki bu ta’sirlar rostlagichning me’yorli ishlashiga yetarli bo‘lmaganda farq e(t) ni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.Hozirgi kunda magnitli, elektromashinali, elektronli, yarim o‘tkazgichli va boshqa kuchaytirgichlarkeng ko‘lamda ishlatilmoqda. Ijro mexanizmlari rostlanuvchi miqdorlarni talab etilgan

yo‘nalishda o‘zgartirish yoki ularning topshiriqdagi chegarada saqlash uchun mo‘ljallangan. Ijro mexanizmining tuzilishi uning qanday obyekt uchun qo‘llanilishiga bog‘liq. Masalan, haroratni rostlash zarur bo‘lgan obyektlar uchun ijro mexanizmi yaratishda ventilatorni aylantiruvchi motor va hakozolar bajaradi.



Rostlash obyektlari, ma’lum texnologik uskuna, qurilma (muhit) bo‘lib, ularda sodir bo‘ladigan jarayon ko‘rsatgichlarini — rostlanadigan miqdorlarni topshiriqdagi chegarada saqlash yoki topshiriqdagi yo‘nalishda o‘zgartirishi zarur. Masalan, parranda xonalarni isituvchi qurilmalarda ularning ichidagi havo harorati, inkubatorlarda esa tuxumlar to‘latilgan kameralardagi havoning namligi, harorati va hokazolar o‘zgarmas saqlanadi.

Sozlash elementlari avtomatlashtirish tizimi topshiruvchi ta’sirlar x(t) beruvchi qurilmadan iborat. Sozlash elementlari sifatida potensiometrlar, transformatorlar, aylanuvchi selsinlar va hokazolar ishlatiladi. Korrektlovchi elementlar avtomatlash tizimlarida, umuman, ARTning va uning alohida elementlarining rostlash xususiyatlarini yaxshilash uchun mo‘ljallanadi. Boshqarish apparatlari va himoya elementlari ARTga turli ta’sir hamda buyruqlar berish, shuningdek, avariya holatlarida tizimni himoyalash uchun ishlatiladi. Buyruq va ta’sirlar tugmalar, buyruq apparatlari, almashlab ulagichlar, so‘nggi uzgichlar va boshqalar orqali beriladi. Himoya elementlari vazifasini issiqlik relelari, eruvchi saqlagichlar, avtomatlar, maksimal tok relelari va boshqalar bajaradi.



Savollar:

  1. Avtomatlashtirish tizimi qanday asosiy elementlardan tashkil topgan?

  2. Datchiklar nima va ular qanday ishlaydi?

  3. O‘zgartkichlar nima vazifani bajaradi?

  4. Taqqoslash elementlari nima?

  5. Kuchaytirgichlar nima uchun xizmat qiladi?

  6. Rostlash obyektlari haqida tushuncha bering?

  7. Sozlash elementlari nima uchun xizmat qiladi?

Download 17,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish