Bog'liq 20-mavzu. Pulning xalqaro munosabatlardagi harakati
20.4. Valyuta kursi, unga ta’sir etuvchi omillar va ularni boshqarish Bir mamlakatning valyutasi ikkinchi bir mamlakatning valyutasiga ayirboshlash ularni shu muddatga bo’lgan kursi asosida amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda pulni pulga sotilishi valyuta kursi deyiladi.
Jumladan, 2018-yilni 4-martiga AQSH dollarining so’mga nisbatan kursi 8000 so’m 92 tiyinni, Yevroga nisbatan 9976 so’m 28 tiyinni, Rossiya rubliga nisbat 141 so’m 67 tiyinni tashkil etgan.
Valyutalarning quyidagi kurslari mavjud:
1. Tijorat banklari uchun Markaziy bank belgilangan rasmiy kurs.
2. Banklarni valyutalarni sotish va sotib olish kurslari.
3. Valyutani birja kursi.
4. To’lov qobiliyati pariteti, inflatsiya va boshqa baho indekslari asosida hisoblangan real kurslar.
5. Valyuta operatsiyasi turlari bo’yicha belgilangan spot, forvard va boshqa kurslar.
6. Valyutalar savdosi asosida hisoblangan kross – kurslar
7. Yuqoridagi valyutalar kurslari asosida hisoblangan o’rtacha oylik, choraklik va yillik kurslar.
Xalqaro miqyosda pulning qadr – qiymatiga qarab valyutalar:
1. Konvertinlangan valyuta–boshqa mamlakatlar valyutasiga erkin almashtiriladigan pul.
2. Konventirlanmagan valyuta–bu ichki konventirlangan bo’lib jahon bozoriga chiqishga to’sqinlik qiladi.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov – “1994 yilni 1-iyulidan O’zbekiston Respublikasi hududida to’la qiymatli milliy valyuta yagona qonuniy to’lov vositasi bo’lgan so’mning muomilaga kiritilishi haqiqatdan ham inqilobiy hodisa bo’ldi. So’ngra so’mni tashqi valyuta bozorida konventasiyalash zarur bo’ladi” – degan edi va unga respublikamiz 2003 yilni 15 oktabridan 76-mamlakat bo’lib erishdi (joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha).
Pulning konvertatsiyasiga erishish uzoq jarayon bo’lib, unga har bir mamlakat o’z milliy iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va jahon moliya hamjamiyati bilan hamkorlikga tayyorgarlik darajasiga bo’g’liq. Jumladan, Xitoy o’z valyutasining konvertatsiyasiga iqtisodiy islohotlarni ikkinchi o’n yilligi oxirida, Janubiy Koreya 1998 yilda islohotlarni 30 yilidan keyin, Italiya islohotlarni 25 yilidan keyin erishgan (jurn.RDK 2001 №.str.9).
Konvertirlangan valyuta ishonchli ravishda eksport – import operatsiyalarini o’tkazishning kafolatidir.
Valyuta kursi quyidagi omillarga bo’g’liq:
1. To’lov balansining holati. Respublikamiz to’lov balansining ijobiy qoldig’i 2000 yilda 317.3 mln$. 2005 yilda 1317.5 mln$, 2012 yilda 1120 mln$, 2013 yilda 1300 mln$, 2014 yilda 180 mln$ va 2017 yilda 854 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
2. Inflatsiya darajasi. Respublikamizda 2005 yilda inflatsiya darajasi 7.8 foizni, 2012 yilda 7.0 foizni, 2016 yilda 5.7 foizni, 2017 yilda 12-14 foizni tashkil etdi.
Mamlakatlar valyuta kurslarini taqqoslaganda ularni rasmiy kurslari bo’yicha emas, inflatsiya darajasini hisobga olingan holdagi kurslar bo’yicha taqqoslashi maqsadga muvofiq.
Jumladan, o’zbek so’mining 1 AQSH dollariga nisbattan 2005 yilga rasmiy kurs bo’yicha 1058 so’mni tashkil etgan bo’lsa, shu sanaga inflatsiya darajasini hisobga olingan kurs 383.41 tiyinga yoki rasmiy kursga nisbattan 2.8 barobarga past (J.BPK, 2005 yil 10-son, 21 bet).
3. Mamlakatlar o’rtasidagi migratsiya darajasi.
4. Siyosiy va harbiy holat va boshqalar.
Boshqa omillar jumlasiga mahsulotlarga bo’lgan narx darajasini kiritish mumkin, chunki bir mamlakat valyutasini kursi boshqa bir mamlakat valyutasiga nisbattan yuqori bo’lishi mumkin, ammo bozorlardagi baholarga nisbattan u deyarli sezilmasligi mumkin. Bu borada Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyuldagi 12 chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashidagi nutqida –“Bizda judayam arzonchilik deb aytsak, xato bo’ladi. Ammo bozorlarimizdagi narxni boshqa yurtlar bilan solishtirsak bizdagi narx ularni oldida xolva bo’lib qoladi.” – degan edi.
Respublikamizda valyuta kursini boshqarish Respublikamiz Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonuning 40-moddasida Markaziy bank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbattan kursini aniqlash tartibini belgilaydi, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonuning 15-moddasida – “O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo’yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbattan chel el valyutasiga bo’lgan talab hamda taklifning joriy nisbat asosida shakllanadigan almashuv kursi bo’yicha amalga oshiriladi”–deyilgan.
Yuqoridagilar asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo’yicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash uchun milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbattan kursini muntazam ravishda belgilab beradi.