2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. Pashshalarning og‘iz apparati



Download 4,54 Mb.
bet217/227
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#199132
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   227
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

95- rasm. Pashshalarning og‘iz apparati.

A—kuzgi pashshaning og‘iz apparati; В—uy pashshasining og'iz apparati. 1—pastki lab; 2—pastki lab bo‘laklari; 3—og‘iz teshigi; 4—ustki lab;

5—til; 6—pastki jag‘ paypaslagichi.

Uy pashshasining ko'krak qismida uchta segment tafovut etiladi. Har bir ko'krak segmentida bir juftdan bo‘g‘imli oyoqlari bor. Ko‘krakning o‘rta segmentida bir juft katta qanot joylashgan. Mazkur qanotning ostida ( orqa ko‘krak segmentida) bir juft qoldiq qanot — jizillagich bor.

Har bir bo‘g‘imli oyoqning panja sohasida — tirnoqlar orasida yopishqoq yostiqchalar bor, bu yostiqchalar yordamida pashsha juda silliq sath (oyna)da ham o‘rmalab yuradi. Bo‘g‘imli oyoqlar ko‘p sonli mayin tuklar bilan qoplangan.

Uy pashshasining qorin qismi bir necha segmentdan iborat bo‘lib mayin tuklar bilan qoplangan. Uy pashshasining hazm, nafas, ayiruv, jinsiy va nerv sistemalari tuzilishi boshqa hashoratlarnikiga o‘xshaydi. Pashshalar ayrim jinslidir. Barcha hashoratlarda bo'lgani kabi jinsiy farq (dimorfizm holati) pashshalarda ham bor. Erkak pashsha tanasining uzunligi 5,8 6,5 mm bo‘lgani holda, urg‘ochi pashsha tanasining uzunligi 6,5 7,5 mm keladi.

Uy pashshalari juftlashganidan so'ng, urg'ochisi otalangan tuxumlarini iflos chiqindilnrga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga tashlab ketadi. Urg'ochi uy pashshasi bir yo‘la 120 1.50 dona tuxum qo‘yadi. Uy pashshasining tuxumi oval shaklda bo'ib, ustki va ostki qutblari orasidan chuqur egat tortilgan. Harorat va havo yetarli bo‘lgan hollarda tuxumdan lichinkalar taraqqiy etadi. 13 ta segmentdan iborat. Lichinkalar uch marta tullab g'umbakka aylanadi. Uy pashshasining g‘umbagi harakatsiz, ovalsimon shaklda bo‘ladi. G‘umbakning ustki qobigti qota boshlagan lichinka terisi (yolg‘on pilla)dir. G‘umbak taraqqiy etib, yetuk shaklga aylanadi. Pashshalar sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmaydigan xonadonlarda bahor, yoz, kuz fasllarida juda tez ko'payadi. Ular oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘nib, og‘iz apparati bilan yalab so‘radi. Iflos obyektlardan uchib kelib ozuqa mahsulotlariga qo‘ngan pashshalar oyoqlari, qanotlari, og‘iz apparati, butun tanasi bilan yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi har xil mikroblarni, gijjalarning tuxumlarini tashib keltiradi. Uy pashshasi ayniqsa yuqumli kasalliklardan ichburug* (dizenteriya), qorin terlamasi, paratiflar, sil, kuydirgi, bo‘g‘ma, vabo kasalliklari mikroblarini tashib yuradi.

Pashshalarga qarshi kurash choralari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 1. Ovqat mahsulotlarini pashshalardan saqlash. 2. Prei- maginal bosqichlarini yo'qotish. 3. Yetuk pashshalarni yo'qotish.

Pashshalardan saqlanish uchun ovqat mahsulotlarini yopib qo'yish, deraza, eshik oynalarini pardalash lozim.

Preimaginal bosqichlarini yo'qotish uchun aholi punktlarini obodonlashtirish, axlatni maxsus joylarda yig‘ish, yig‘ilgan axlatni 2-3 kunda olib ketish, insektitsidlar sepish zarur.

Yetuk pashshalarga mexanik va kimyoviy vositalar yordamida kurashiladi.

Kuzgi pashsha (Stomoxys calcitrans)

Pashshaning shunday nomlanishiga sabab, u asosan kuz paytida odamlarga, issiq qonli hayvonlarga hujum qiladi va qonini so'radi. Mazkur pashsha chivinlardan farq qilib, erkagi ham, urg‘ochisi ham qon so'radi. Kuzgi pashshaning tana uzunligi umuman olganda uy pashshasiga teng keladi (5-7 mm).

Kuzgi pashsha tanasining tuzilishi ham uch qism: bosh, ko‘krak va qorindan iborat. Tanasi kulrang bo‘lib, ko‘krak sohasida (ustki yuzada) qoramtir dog‘lar, qorin sohasida esa yirik qora dog‘lar bor. Mazkur pashshaning bosh qismining har ikki yon sohasida tanasiga nisbatan olganda, yirik ko‘rinadigan, juda bo‘rtib tura- digan juft ko‘zlari joylashgan. Kuzgi pashshaning ogiz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Uch bo‘g‘imli juft mo'ylovi sezgi a’zosi hisoblanadi. Kuzgi pashshaning ko'krak qismi ham uch segmentdan iborat bo'lib, har bir segmentida bir juftdan bo‘g‘imli oyoqlari bor. Ko'kragining o‘rta segmentiga joylashgan bir juft qanot barcha pashshalarnikidan farq qilib, juda tar- vaqaylab turadi. Otalangan tuxumlarni qo‘yishdan oldin urg'ochi pashsha 3-4 marta qon so'radi. Kuzgi pashshaning tuxumi xiraroq oqimtir rangda bo'ladi. Tuxumlarini aksariyat chiriyotgan tash- landiqlarga qo‘yadi. Tuxumdan ikki, to‘rt kun muddat ichida li- chinka taraqqiy etadi. Kuzgi pashshaning licliinkasi ham chu- valchangsimondir, u uch bora tullab taraqqiy etadi. Uchinchi tullashdan so‘ng lichinka tashqi qobig‘ini tashlamaydi. Mazkur tashqi qobiq lichinka tanasidan ajrab, qattiqlasha boshlaydi, soxta pilla deb shunga aytiladi. Pillaning ichida kuzgi pashshaning g‘umbagi voyaga yetadi. Kuzgi pashsha voyaga yetguncha oradan 20-60 kun o‘tadi. Kuzgi pashsha sibir yarasi, tularemiya kasalliklarining qo‘ zg‘ atuvchilarining mexanik tashuvchisi hisoblanadi. Uy pashshasiga qarshi qanday kurashilsa, kuzgi pashshaga qarshi ham shunday kurashiladi.

Volfart pashshasi (Wohlfahrtia magnifica)

Volfart pashshasi tanasining uzunligi 9-12 mm keladi. Volfart pashshasi ham barcha hashoratlar kabi ayrim jinslidir. Pashshaning tanasi uch qismdan iborat (96- rasm). Volfart pashshasining bosh qismida og'iz apparati joylashgan. Bosh qismining yon sohalarida juft bo‘rtib chiqqan murakkab ko‘zlari joylashgan.






Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish