Anofeles avlodiga kiruvchi chivinlar bezgak qo‘zgatuv- chilarining spetsifik tashuvchilaridir.
Aedes avlodiga kiruvchi chivinlar yapon ensefaliti, tularemiya, Sibir yarasi, har xil isitmalar qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi hisoblanadi.
Kuleks avlodiga kiruvchi chivinlar yapon ensefaliti, tularemiya kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini tashib yuradi.
Chivinlarga qarshi kurash choralari. Shaxsiy choralar — har xil repellentlar, pashshaxonalar, derazalarni pardalar bilan to‘sish orqali chivinlar chaqishidan saqlanishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |