Volfart pashshasi:
A. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining mexanik tashuvchisi. B. Ichak infeksiyalari qo'zg'atuvchilarining spetsifik tashuvchisi.
Lichinkalari miaz qo‘zg‘atadi. E. Tuberkulez bakteriyalarining tashuvchisi. F. Sibir yarasi qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi.
Hashoratlarning rivojlanishi qanday kechadi?
A. To'liq yoki to'liqmas metamorfoz usulida, B. To‘g‘ri rivoj- lanadi. D. Faqat tashqi muhitda rivojlanadi. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.
Mexanik tashuvchi deb, qanday organizmga aytiladi?
A. Parazitni bir joydan ikkinchi joyga ko'chiruvchi organizmga. B. Parazitning rivojlanishi kuzatiladigan organizmga. D. Parazit partenogenez yo‘li bilan ko‘payadigan organizmga. E. Qo‘zg‘atuvchi bilan biologik aloqaga ega organizmga. F. Hamma javoblar bir-birini to‘ldiradi.
Maxsus tashuvchi — bu:
A. Parazitni bir xo'jayindan ikkinchisiga tashib o‘tkazuvchi organizm. B. Parazit rivojlanadigan organizm. D. Parazit ovqatlanadigan organizm. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. A va D javoblar to‘g‘ri.
Uy pashshasi:
A. Miaz va sil qo‘zg‘atuvchisi. B. Ichak infeksiyalari qo‘z- g'atuvchisi. D. Miaz, difteriya, sil qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi.
Toshmali terlama va ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi. F. Sil, ichak infeksiyalari, difteriya, gelmintozlar qo ‘ z g ‘ atuvchilarining tashuvchisi.
Quyidagi pashshalardan tirik lichinkalar tug'uvchilarini ko‘ rsating:
A. Uy pashshasi, Volfart pashshasi. B. Se-se pashshasi, kuzgi pashsha. D. Uy pashshasi, kuzgi pashsha. E. Se-se pashshasi, Volfart pashshasi. F. Volfart pashshasi, kuzgi pashsha.
Quyidagi pashshalar orasidan kasallik qo‘zg‘atuvchisini spetsifik tashuvchisini aniqlang:
A. Uy pashshasi. B. Se-se pashshasi. D. Volfart pashshasi. E. Kuzgi pashsha. F. A va В javoblar to‘g‘ri.
Quydagi pashshalar orasidagi transmissiv kasallik qo‘z- g‘atuvchisining tashuvchisini aniqlang.
A. Uy pashshasi. B. Se-se pashshasi. D. Volfart pashshasi. E. Kuzgi pashsha. F. A va В javoblar to‘g‘ri.
Quyidagi pashshalar orasidan qon so‘ruvchilarini aniqlang:
A. Uy pashshasi. B. Se-se pashshasi. D. Volfart pashshasi. E. Kuzgi pashsha. F. В va E javoblar to‘g‘ri.
Qaysi pashshaning lichinkasi ichakda fakultativ miaz qo‘zg‘atishi munikin?
A. Uy pashshasi. B. Se-se pashshasi. D. Volfart pashshasi. E. Kuz- gi pashsha. F. A va В javoblar to‘g‘ri.
mavzu. ZAHARLI HAYVONLAR
Mavzuning mazmuni.
Zaharlilik — tabiatda keng tarqalgan. Zaharli hayvonlar o'zining organizmida boshqa hayvonlarga kiritilganda ularning hayot faoliyatini buzuvchi yoki o‘limiga sabab bo‘luvchi moddalarni hosil qiluvchi yoki o‘z organizmida to‘plovchi mavjudotlardir.
Zaharlilik deyarli hamma sistematik guruhlarda, sodda hay- vonlardan tortib sutemizuvchilargacha uchraydi. Lekin bu xususiyat tuban tuzilgan organizmlarda ko‘proq.
Hayvonlar mahsuloti bo'lgan zaharli moddalarni 2ootoksinlar deb ataladi.
Zootoksinlar hayvonlarga yirtqichlar hnjiimidan saqlanish uchun va o‘z o'ljalariga hujum qilish uchun xizmat qiladi.
Zaharli hayvonlar quyidagi asosiy 2 guruhga ajratiladi:
Birlamchi zaharlilar.
Ikkilamchi zaharlilar (17- jadval).
Birlamchi zaharlilar toksinlarni o'zlarining maxsus a’zolarida ishlab chiqaradilar yoki to'qimalarida zaharli metabolitlar to‘planadi.
Ular shu turga xos bo'lgan belgi hisoblanadi, evolutsiya jarayonida shakllanadi.
Ikkilamchi zaharlilar tashqi muhitdan ekzogen zaharlarni akkumulyatsiyalab, o‘z to'qima va a’zolarida to‘playdi. Ularning zaharliligi faqat ularni boshqa organizmlar yeganidagina namoyon bo‘ladi (hashoratlar bunga misol bo‘la oladi). Ularning lichinkalari zaharli o‘simliklar bilan ovqatlansa organizmda zaharli moddalar to‘planib boradi. Molluskalar va baliqlar o‘z tanasida ko‘k-yashil suvo'tlarining toksinlarini va pestitsidiarni to‘playdi.
Birlamchi zaharlilar o‘z navbatida 2 ta guruhga bo'linadi:
Faol zaharlilar.
Nofaol zaharlilar.
Faol zaharlilarda zahar hosil qiluvchi maxsus a’zolar va zaharini o‘ljasining tanasiga (hazm sistemasi orqali emas) kiritishga imkon beruvchi maxsus moslamalar (tishlar, o‘tkir uchli o'simtalar, nishlar) mavjud (97- rasm). Ularga ba’zi baliqlar, ilonlar, kalta- kesaklar, hashoratlar, o‘rgimchaksimonlar, pardaqanotlilar, chayonlar, ko‘poyoqlilar, kovakichlilar (otuvchi kapsulasi bilan) misol bo‘la oladi (98- rasm).