Tayanch so’z va iboralar. Nerv sistemasi, neyron, periferik nerv sistemasi,
somatik nerv sistemasi, vegetativ nerv sistemasi, nerv tolasi, qo‘zg‘alish,
tormozlanish, nerv markazlari, orqa miya, bosh miya, miyacha, o‘rta miya, oraliq
miya, bosh miya katta yarim sharlari, refleks, refleksning turlari, shartli reflekslar,
tashqi tormozlanish, shartli tormozlanish, so‘nuvchi tormozlanish, qiyosiy
tormozlanish, shartli refleksning kechikishi, dinamik stereotip, nutq.
Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli.
Nerv sistemasi asosan tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan turli
axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi. Nerv
sistemasi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog‘lab, organizmning bir
butunligini ta’minlaydi. Organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi, hamda uni
tashqi muhitga moslashtiradi. Nerv sistemasi yordamida atrof-muhitdan turli
signallar qabul qihnadi, ular analiz va sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob
qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli
gormonlarning qon orqali organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini, moddalar
almashinuvini boshqarib turadi, o‘sish, rivojlanishga ta’sir etadi. Bundan tashqari,
nerv sistemasining oliy bo’limlarida ruhiy funksiyalar amalga oshiriladi. Idrok
etish, fikrlash va hokazolar oliy nerv faoliyati bilan boshqarib turiladi.
Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv hujayralari
neyron deb ataladi. Neyronlar katta kichikhgi va shakli jihatidan har xildir. Har bir
neyronning tanasida bir talay kalta shoxlangan о’simtalar-dendritlar va bitta
shoxlanmagan uzun o‘simta - akson bor. Neyronlar tashqi tomondan maxsus parda
- membrana bilan qoplangan. Nerv hujayralarining tanalari va ularning dendritlari
to‘planib kulrang moddani uzun o'simta akson esa maxsus miyelin pardasi bilan
qoplanib oq moddani hosil qiladi.
Nerv sistemasi markaziy (bosh va orqa miya), periferik (chetda joylashgan)
nervlar, ulaming oxirgi apparatlaridan tashkil topgan qismlarga bo‘linadi.
Markaziy nerv sistemasida nerv hujayralari (neyron tanalarining) markazlari bor.
Nerv sistemasining periferik qismi asosan nervlardan, ya’ni tolalar bog'lamidan
iborat bo‘lib, bu tolalarning tanasi (nerv hujayrasi) nerv sistemasining markaziy
qismida joylashgan. Periferik nevr tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft
sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar,
hamda umurtqa pog‘onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv
tugunchalari kiradi.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikkiga; somatik va vegetativ nerv sistemasiga
bo'linadi. Skelet muskullarini va ba’zi ichki organlarini (til, hiqildoq, halqum va
hokazolarni) ta’minlab turadigan nervlar somatik nervlar deb nomlanadi. Somatik
nerv sistemasi, asosan, organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi va skelet
muskullari harakatini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlarni (me’da, ichaklar, nafas olish,
siydik tanosil organlarni, ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va qon tomirlarni)
nerv bilan ta’minlaydi.
Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari. Parda bilan qoplangan nerv
hujayralari o‘simtasi nerv tolasi deyiladi. Nerv tolalari turli yo‘g‘onlikdagi
tutamlarni hosil qiladi. Nerv tolalarining shunday to'plami nerv deb ataladi. Nerv
tolalari miyelinli va miyelinsiz bo‘lib, miyelinsiz nerv tolalari faqat Shvann qavat
bilan qoplangandir.
Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nervlar birbiridan
tafovut qilinadi. Markazga intiluvchi nervlar impulsni sezgi organlaridan nerv
sistemasining markaziy bo‘limiga o‘tkazadi. Bu nervlar sezuvchi nervlar deb ham
ataladi. Bu nervning tarmoqlangan joyi retseptor deyiladi. Markazdan qochuvchi
nervlar impulsni markazdan periferiyaga, ishchi organga o‘tkazadi. Bular
harakatlanuvchi nervlar deb ham ataladi. Bu nervning oxirgi tarmog‘i effektor
deyiladi.
Aralash nerv impulsni ikki yo‘nalishda ham o'tkazaveradi. Nerv sistemasi
oxirgi tarm oqlarga borib taqaladigan yagona neyronlar kompleksidan iborat.
Ayrim neyronlarning bir-biriga tutashadigan joyi sinaps deb ataladi. Bitta nerv
hujayrasi tanasiga to‘g‘ri keladigan umumiy sinapslar soni 100 taga yetadi, hatto
bundan ham ortadi, dentritlarda esa, hatto necha minglab sinapslar bor.
Nerv tolasining asosiy xususiyati o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik va labillilik,
moddalar almashinuvining sekin borishi, nisbatan charchamaslik hisoblanadi.
Nerv tolasining asosiy xususiyati o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik bo‘lib, u
organizmning tashqi va ichki muhitdan keladiagn har xil ta’surotlarga javob bera
olish qobiliyatidir. Ta’surot berilgandan keyin nevr sistemasida fiziologik protsess
ro‘y beradi. Bu hodisa qo‘zg‘alish deb ataladi. To‘qimani qo‘zg‘atish uchun
ma’lum kuchdagi ta’sirlovchi bo'lish kerak, shundagina to‘qimada moddalar
almashinuvi vujudga kelib, tirik organizm ta’surotga qo‘zg‘alish bilan javob
beradi. Muskul to'qimasi qo‘zg‘alsa qisqarish bilan, bez to‘qimasi qo‘zg‘alsa
sekret ajrahshi bilan javob beradi. To‘qimani qo‘zg‘atuvchi ta’sirlovchilari o‘z
xususiyatiga ko'ra fízikaviy, kimyoviy, elektrik, biologik va boshqa turlarga
ajratiladi. Ta’sirlovchi kelib chiqishiga, organ, to‘qimaga ta’siriga ko‘ra adekvat va
noadekvat ta’sirlovchilarga bo’linadi. Muayyan to‘qima hujayra va organ uchun
xos bo’lgan ta’sirlovchi adekvat ta’sirlovchi deb ataladi. Masalan, ko‘zning
adekvat ta’sirlovchisi yorug’lik, muskulniki nerv tolasidan keladigan impuls
hisoblanadi. Muayyan to‘qima, hujayra va organ uchun xos bo’lmagan
ta’sirlovchilar noadekvat ta’sirlovchi deb ataladi. Masalan, muskul to‘qimasi nerv
tolasidan kelayotgan impulsdan tashqari, elektr toki, tuz, kislota ta’sirida ham
qisqarishi mumkin. Bular noadekvat ta’sirlovchilardir.
Nerv tolalarining labilligi turlicha bo’ladi. Ba’zi nerv tolalari har lahzada bir
necha o‘ndan ortiq impuls o’tkazsa, boshqalari 500 tagacha impuls o’tkazadi.
Qalin miyelin qavat bilan qoplangan nerv tolalari o‘ta labillik xususiyatiga ega.
Nerv tolalari qo‘zg‘alganda, muskullar qo‘zg‘alishiga nisbatan ancha kam
energiya ajraladi. Ingichka nerv tolalari yo‘g‘on tolalarga nisbatan tezroq
charchaydi. So'ngi tekshirishlarda nerv tolasining charchashi isbotlangan. Nerv
tolasi charchaganda biotoklarning kuchi o‘zgaradi. Qo‘zg‘alish impulsining
tarqalishi 2-3 marta susayadi. Nerv tolasi ma’lum vaqt oralig’ida kelgan impulsga
nisbatan kamroq impuls o’tkazib, o‘zining charchamasligini ta’minlaydi.
Nerv tolasidan chiqqan qo‘zg‘alish to’lqinlarining o‘tkazilishi nervning
keyingi keladigan har bir qismining yuqori voltli potensiallar bilan ta’sirlanishiga
bog’liq. Qo‘zg‘alish potensiallari yumshoq qavatli nerv tolalaridan uzluksiz emas,
balki o‘qtin-o‘qtin tarqaladi. Qo‘zg‘alish to’lqinining nerv tolasidan o’tkazilishi
o‘zidan oldingi harakatlanayotgan yuqori voltli potensiallarning hosil bo‘hshiga
bog’liqdir. Nerv tolasidan ta’sir olishi uchun u fiziologik normal holatda bo’lishi
shart.
Nerv tolasi qattiq sovitilsa yoki o’tkir zaharlansa, nerv impulsini
o’tkazmaydi. Aralash nervlar tarkibidagi harakatlantiruvchi sezuvchi nervlar esa
impulsni bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Impulslarni bu xilda ajralgan holda o‘tkazilishi
nervning miyelin qavat bilan qoplanishiga sabab bo’ladi. Nerv tolasi qirqilganda
nerv hujayrasi tanasi tomondan o‘sa boshlaydi. Nerv tolasining qayta tiklanishi
bilan impuls o’tishi ham qayta tiklanadi. Markaziy nerv sistemasining neyronlari
nerv tolasidan impulslarni bir tomonlama sezuvchi retseptordan ishchi organga
o’tkazadi. Bu nerv impulsining sinapslar orqali o’tkazihshiga bog’liq.
Qo‘zg‘alish impulsi qo‘zg‘algan to‘qimaning hamma qismiga bir tekis to’la
tarqaladi. Nerv tolasi qancha yo‘g‘on bo‘lsa, qo‘zg‘alish shuncha tez o'tadi. Nerv
tolalari yo‘g‘onligiga ko‘ra, A, B, C, guruhlarga bo’linadi. A guruhiga miyelin
qavati qalinroq, diametri 12-22 mkm bo'lgan nerv tolalari kiradi, ular orqali ta’sirot
bir soniyada 70-120m/sek tezlikda o‘tadi. Bu guruh nerv tolalari o‘ta elektrik
faollikka ega. B guruhga vegetativ nerv sistemasining miyelinlashgan ba’zi tolalari
kiradi. Bularning diametri 1-3 mkm bo‘lib, issiqqonli hayvonlarda ta’sirni 3-14
m/sek tezlikda o‘tkazadi. C guruhi nerv tolalari yumshoq qavatsiz bo‘lib, diametri
juda kichik, bularga asosan simpatik nerv tolalari kiradi.
Nerv tolalarining miyelinlashuvi. Avval periferik nervlar, so'ngra orqa miya
nervlari, keyinroq bosh miya sopining nerv tolalari, undan so‘ng bosh miya katta
yarim sharlarining tolalari miyelinlashadi. Miyelin qavati rivojlangan sari nerv
tolasining qo‘zg‘aluvchanligi orta boradi. Ona qornida embrión 4 oylik bo‘lgandan
boshlab, orqa va bosh miyadagi nervlar miyelinlasha boshlaydi. Birinchi galda
harakat nervlari, so‘ngra aralash nervlar, undan keyin orqa miyaning markazga
intiluvchi nervlari miyelinlashadi. Bola tug‘ilganida harakat nervlari miyelin qavat
bilan qisman o‘ralgan bo‘ladi.
Bola 1,5-2 yashar bo'lganda bosh miyasidagi ko'pgina nervlar, 2 yoshida
eshitish organi nervlari miyelinlashib bo‘ladi. Ko‘rish va til-tomoq nervlari yangi
tug‘ilgan bolalarda miyelinlashmagan bo'lib, 3-4 yoshda to‘liq miyelinlashadi. Yuz
nervining tarmoqlari homilada ona qornidayoq miyelinlasha boshlab, bola
tug‘ilishi vaqtiga kelganda to'liq tugaydi. Uch yoshda bosh miyaning nerv tolalari
miyelinlashib, funksiyalari murakkablashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |