Bosh miya katta yarim sharlari.
Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim shardan iborat bo'lib, bosh
miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal
plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharda miya
qopqog‘i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo'laklar va ikkita yon qorincha
bo'ladi. Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Yarim
sharlarning ustki yuzasida juda ko‘p pushtalar va egatchalar bor. Har bir yarim
shaming tashqi, ichld va pastki yuzasi bo'ladi.
Miya yarim sharlari katta egatchalarining: peshona, tepa, ensa, chakka va
orolcha kabi bo'laklari bor.
Silviyev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir
oz yuqoriga ko'tariladi, yarim sharlarning chakka bo’lagini boshqalardan ajratadi.
Roland, ya’ni markaziy egatcha miya yarim shariarining yuqori chetidan
boshlanib, o'rtada Silviyev egati tomon pastga yo'naladi, katta yarim shariaming
peshona bo'limini tepa bo'lagidan ajratib turadi. Shuningdek, ensa tepa egatchasi
katta yarim sharlarining orqa tomonidan ko'ndalangiga yo'nalgan bo'lib, ensa
bo'lagini tepa bo'lagidan ajratadi. Har qaysi bo'lagidagi mayda egatchalar pushtalar
yordamida bir biridan ajraladi. Katta yarimshariarning orolcha bo'lagi Silviyev
yorig'ining chuqurligida yotadi, peshona, tepa, chakka bo'laklar bilan o'ralib turadi.
Peshona bo'hmida to'rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o'rta va pastki pushta
bo'ladi. Oldingi markaziy pushta Roland egatining oldida, qolgan uchtasi
ko'ndalang joylashgan. Tepa bo'lagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko'ndalang
pushta bor. Chakka bo'lagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita
pushta, ensa bo'lagida uchta kichikroq pushta bo'ladi. Miya katta yarim shariaming
ichki yuzasida ham bir nechta egatchalar bor.
Miya yarimshariarida ko'rish, eshitish, teri, propriotseptiv, sezish, hid va ta
’m bilish, nutqni eshitish, nutq harakati hamda nutq ko'rish analizatorlarining
oxirgi nerv markazlari joylashgan. Bosh miyaning egat va burmalari bir vaqtda
rivojlanmaydi. Bola tugilgandan keyin yarimsharlaming egat va burmalari
kattalarninkiga o'xshashhgiga qaramasdan, egatlar uncha chuqur bo’lmaydi va
miya bo’laklanning nisbati o‘zgaradi. Bolalaming ilk yoshligida miya yarim
sharlarining ensa qismi kattalarnikidan kattaroq bo’ladi. Bola tug’ilgandan so‘ng
peshona bo’lagi kattalashadi. Bolaning hayoti davomida miya yarimsharlarining
massasi va sathi bosh miyaga nisbatan o’zgarib boradi. Bosh miya katta yarim
sharlarining vazni odam bosh miyasi vaznining 78-80% ini tashldl qiladi. U ikki
qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq
moddadan tashldl topgan ichki qavat;
Bosh miya yarim sharlari po‘stloq qavat qalinhgi, 4-4,5 mm, yuzasi 220000
kv. mm. Bosh miya yarim shariar po‘stlogi filogenezda eng so‘nggi, demak eng
yosh miya bo’laklaridan hisoblanib sut emizuvchilarda, ayniqsa odamlarda juda
yaxshi rivojlangan bo’ladi. Miya po‘stlogi mikroskopda tekshirilganda undagi nerv
hujayralari olti qavat boiib joylashganligi aniqlangan: 1-qavatda nerv
hujayralarining kalta o'simtalari; 2-qavatda donasimon nerv hujayralari; 3-qavatda
piramidasimon hujayralar; 4- qavatda yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralari; 5-
qavatda yirik piramidasimon hujayralari; 6-qavatda duksimon nerv hujayralari
joylashgan. Miya po‘stlog’ining turli qismlarida, joylashgan nerv hujayralarining
funksiyasiga ko‘ra po‘stloq sathi uchta zonaga bo’linadi; sezish, harakat va
assotsiativ zonalar. Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam
tanasining barcha sezish organlarining oliy markazi hisoblanib, bular teri, ko‘rish,
esliitish, hid va ta’m bihsh kabi sezish organlarining retseptoriaridan impul’slarni
qabul qiladi. Miya po’stlog’ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to‘plami
muskullar, paylar to'qimlar, suyaklarning retseptorlaridan impul’s qabul qilib
harakatni boshqaruvchi ohy nerv markazi vazifasini bajaradi. Assotsiativ zonalar
sezish va harakatlanish organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi. Bosh
miya yarim shariari po‘stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi,
psixik faoliyatimizning moddiy negizidir. Odamning fíkrlash, ong, o‘zlashthish,
eslab qohsh, muomalasi, madaniyati bilim olish, hunar o’rganish murakkab
harakatlarni bajarish qobihyati miya po‘stlogi faoliyatidir.
Miya po‘stlogining turii qismlarida har xil funksiyaîijrni boshqaruvchi nerv
markazlari joylashgan. po‘stloqning ensa qismida ko‘rish, chakkada eshitish,
peshanada, ichkari sohasida hid sezish, tepa qismida harakat markazlari
joylashgan. Ya’ni, shuni ta’kidlash kerakki, har bir organ ish faoliyatining
muhimligiga qarab uning markazini miya po‘stlog‘ida egallagan o‘rni har xil
bo'ladi. Masalan, qo‘l panjasi odamning kundalik hayotida juda ko‘p vazifani
bajaradi, shuning uchun uning harakatini boshqaruvchi nerv markazi boshqa
harakat markazlarining miya po‘stlog‘idagi egallagan o‘rniga nisbatan kattadir.
Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv
markazlari odam tanasining barcha to‘qima va organlari ishini boshqaradi. Miya
po‘stlog‘ida avval chuqur, so‘ng yuza qavatlar rivojlanadi. Miyaning yarim sharlar
p o‘stlog‘idagi harakat markazlarining tabaqalanishi 12 yoshda tugaydi, ayrim
piramidasimon hujayralar rivojlanishi 18 yoshgacha davom etadi. Harakat
analizatorining rivojlanishi bolaning muskul faoliyatiga bog'liq. Harakat
analizatorining rivojlanishida bola tug'ilgandan so'ng birinchi haftalik, 4 yoshlik, 7
yoshlik va 12 yoshlik bosqichlari mavjud. Teri analizatorining miya po’stlog’idagi
nerv markazlari bolaning 2 yoshida kattalarnikidek bo'ladi. Bolaning hayoti
davomida miya yarim shariari turli qismlarining tuzilishi va funksiyasi rivojlanib
boradi. Bunda funksiya asosiy rol o'ynaydi. Shu büan birga organizm rivojlanishi
jarayonida nerv tolalari miyelinlashadi. Avval harakat nervlari, aralash nerv
tolalari, so'ngra markazga intiluvchi nerv tolalari miyelinlashadi. Orqa miya
nervlarining miyelinlashuvi 3 yoshda, bosh miya nervlarniki esa 1-1,5 yoshda
tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |