bel umurtqasi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta odamda vazni 30-40 g, uzunligi
45 sm ga teng. Yangi tug‘ilgan bolada bola vazni 6-10 g, uzunligi 13-15 sm. Nerv
hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi.
Orqa miyaning ko‘ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi,
bor. Oldingi shoxida harakat neyronlari joylashgan, bu yerdan harakat nervlari
chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’ladi, ularga sezuvchi, ya’ni
markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo‘yin, ko‘krak, bei, dumg‘aza
segmentlari joylashgan. Orqa miyaning har bir segmentidan bir juftdan hammasi
bo’lib 31 juft nerv tolasi chiqadi. Orqa miyadan chiqqan 31juft nervlar gavda, qo’l,
oyoq muskullari va terini nervlar bilan ta ’minlaydi. Orqa miya 3 qavat parda bilan
qattiq (tashqi) parda o‘rgimchak iniga o‘xshash parda, tomirli parda bilan
bo’laklariga o‘tkazuvchi markaziy organ hisoblanib, reflektor va o’tkazuvchi
funksiyani bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga
oshiradi. Orqa miyaning ba’zi harakat reflekslariga: tirsak, boldir, tizza, panja
reflekslari misol bo’la oladi. Biroq odamda bosh miya juda yaxshi rivojlanganidan
muskul harakatlarining ko‘pi bosh miya katta yarim sharlari po‘stlogi ishtirokida
amalga oshiriladi. Orqa miya ichki organlar, yurak qon tomir, ovqat hazm qihsh,
ayirish va boshqa sistemalar ishini o‘zgartirib, vegetativ reflekslarni ham amalga
oshiradi.
Orqa miyaning yana bir funksiyasi o’tkazuvchanlikdir. Orqa miyaning
o‘tkazuvchanhk funksiyasi ichki organlardan bosh miyaga va bosh miyadan ishchi
organlarga o‘tkazuvchi yo’llar orqali impulslar o’kazilishini ta’minlashdan iborat.
Orqa miyada ba’zi reflektor funksiyalar homila ona qornida
rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2-3 oylik bo’lganida harakatlana
boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta’sirlansa 2-3 daqiqadan
so‘ng oyoq panjasida bukish refleksi hosil bo’ladi. Bu refleks bola tugilganidan
so‘ng 6 oy o’tgach, yo'qolib ketadi.
Bola 9-10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi
ortadi, nervlar miyelinlashishi 3 yoshgacha davom etadi.
Bosh miya. Yangi tugilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo’lib,
tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1
yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda
1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez
o‘sadi. Bosh miyaning o‘sishi 20-30 yoshlarga borib to‘xtaydi. 1-2 yoshda bosh
miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o‘sadi, so’ng orqa miyaning o‘sishi
tezlashadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan.
Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14
mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya
hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi
tayanch to‘qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar
hosil bo'ladi.
Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko‘prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq
miyadan iborat bo'lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ulami bosh miya
katta yarim sharlari o'rab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: