3,5 sm. Uzunchoq miya va varoliy ko'prigi reflektor hamda o'tkazish funksiyasini
yadrolari ishtirok etadi. Uzunchoq miyadan chiqqan uchlamchi nerv yuz terisi,
ko'z, burun, qisman tilni nerv bilan ta’minlaydi va tishlardan sezuvchi impulslarni
o'tkazadi. Bundan tashqari, uzunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori
harakatining nerv markazi, qo'sish, yutish, ter ajratish, so'lak ajratish, ko'z yoshi
ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo'talish nerv markazlari bor. Bosh
miyaning yuqori bo'limlari uzunchoq miyaning reflektor funksiyasini boshqarib
turadi. Uzunchoq miyaning morfologik jihatdan shakllanishi bilan nafas olish,
Homila 16-17 haftalik bo'lganda uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi
shakllanadi, 21-22 haftalarda nafasni chiqarish nerv markazlari shakllanib tugaydi.
Yangi tug'ilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yo'tal va boshqalar)
rivojlangan bo'ladi. Unda so'rish, yutish kabi ovqatlanishga bo'lgan shartsiz
reflekslar yaxshigina rivojlangan.
Miyacha. Miyacha bolalarda bir oz yuqori joylashgan bo'lib, bosh miya
qutisining ensa qismini to'ldirib turadi. Miyachada ikkita yarim sharlar bo'lib, ular
bir biri bilan chuvalchangsimon qism orqali birikadi. Miyacha muskullarning
uyg'un qisqarishida va harakatlarida, bir guruh 60 muskullaming tegishlicha tarang
turishini saqlashda ishtirok etadi va hokazo. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa,
odam uyg‘un harakatlar qila olmay qoladi, tez charchab, oyoqlarini katta kerib,
gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan so‘ng harakatlar yaxshilanadi.
Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va uyg‘unligini
reflektor yo‘l bilan boshqariladi. Chap yarim sharlar miyachaning o‘ng yarim
sharlar funksiyasini, o‘ng yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlar
funksiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ funksiyalar-
yurak, qon tom irlar faoliyatini, ovqat hazm qihsh va boshqa funksiyalarni
boshqaradi.
Yangi tug’ilgan bola miyachasining vazni 20,5-23 g, 6 oylikda esa 62- 65 g
bo‘ladi. Bolada miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez
rivojlanib, 7-8 yoshida tugallanadi. Miyachadagi reflektor funksiyaning
shakllanishi uzunchoq miya, o‘rta va oraliq miyaning shakllanishiga bog‘liq.
O‘rta miya. O‘rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil
topgan. Bundan tashqari, qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan,
ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi 3-4 juft va 4 juft g'altalcsimon nervning
yadrolari bor.
O‘rta miya yadrolari faoliyatiga ko‘ra sezuvchi va harakat yadrolariga
bo'linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita ta’sir etadi.
Sezuvchi yadrolar eshitish va ko‘rishda ishtirok etadi. O‘rta miyasi shikastlangan
odamda muskullar tonusi saqlanib qolgani holda to‘g‘rilovchi reflekslar buziladi,
chunki bosh miya po'stloq qismi muskullar tonusini boshqarib turadi. O‘rta miyada
yana katta yarim sharlarga boradigan o‘tkazuvchi yo‘llar joylashgan. O'rta miya
ishtirokida hosil bo‘ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi.
Yangi tug‘ilgan bolada ko‘z qorachig‘i refleksi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tovush
va teri ta’siriga javoban ko‘z qorachig‘ining kengayishi bola 10 haftahk
bo‘lgandayoq seziladi. 2-3 oylikdan boshlab labirint refleksi to‘la namoyon
bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan tanani makonda tutib turish refleksi ham
yaxshi rivojlanib boradi.
Yangi tug‘ilgan bolada o‘rta miyaning vazni 2,5 g. Qizil yadro yaxshi
rivojlangan bo‘ladi.
Oraliq miya. Oraliq miya o‘rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq
miyaga - ko‘rish, bo‘rtio‘lari, bo‘rtiq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Oraliq
miyaning bo‘rtiq osti qismi turli yoshda rivojlanadi. Bola yetti yoshga kirguncha
tabaqalashadi. Jinsiy balog‘atga yetish davrida bo‘rtiq osti qismi bosh miyaning
turli bo‘laklari bilan bevosita aloqador bo‘lib qoladi. Organizmdagi markazga
intiluvchi barcha nerv tolalari ko'rish bo'rtiqlariga kelib tutashadi. Ko‘rish
bo‘rtiqlari shikastlanganda ko‘z butunlay yoki qisman ko‘rmay qoladi, bosh
og‘riydi, falajlik yuz beradi, uyqu buziladi. Bo‘rtiq osti qism funksional jihatdan
oqsil, yog‘, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bog'liq. Bundan tashqari, u
yerdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar
almashinuviga ta’sir etadi. Gipotalamus yadrolari 2-3 yoshda shakllanadi. Kulrang
bo'rtiq hujayralari differensiyalashuvi kechroq, 13-15 yoshda tugaydi. Gipotalamus
bosh miya katta yarim sharlariga nisbatan tezroq shakllanishi kuzatiladi.
Yangi tug'ilgan bolada ta’m bihsh, hid, harorat va og'riq ta’sirotlariga,
achchiq, nordon, sho'r, shirinlikka reflektor reaksiyalar vujudga keladi.
Bog'cha yoshi davrining oxiriga borib, po'stloq va po'stloq osti harakat nerv
markazlari mexanizmi ma’lum darajada mutanosiblashadi. Bola harakatlari ancha
uyg'unlashib, 13 yoshda esa o'lcham lari kattalarnikidek bo'ladi. Yangi tug'ilgan va
1 yoshgacha bo'lgan bolalarda issiqlikni boshqaruvchi nerv markazlari yaxshi
takomillashgan bo'ladi. Bolalarda maza bilish, haroratga, og'riq va boshqa turli
ta’surotlarga javob qaytarish refleksi yosh kattalashgan sari ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: