reflektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga
Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va
nasldan-naslga o‘tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega.
Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo‘lib, hayot davomida ham
orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi. Shartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun
ma’lum sharoit bo‘hshi shart. Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari
ishtirokisiz ham hosil bo‘lishi mumkin, lekin shartli reflekslarning hosil bo‘lishi
uchun orqa miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko‘proq bosh miya katta
yarim sharlari ishtirok etadi. Shartli reflekslar organizmning tashqi muhitga
shartsiz reflekslar vujudga kelgan bo‘ladi. Masalan, so‘rish, yutish, so‘lak ajralishi,
himoya reflekslari (issiq narsadan qo‘lni tortib olish, yo‘talish, aksa urish va
moslashtiradi. Odam ovqatni hididan topadi, vaqtni chamalaydi va hokazo.
Ovqatning hidiga so‘lak, me’da shirasi ajrala boshlaydi. Shartli ta’sirlovchilar
signallarni bosh miya katta 70 yarim sharlari po‘stlog‘ida analiz va sintez qilib,
Shartli refleks hosil bo‘lishidagi shart-sharoit. Shartli reflekslar hosil
bo‘lishi uchun quyidagilar zarur:
1) befarq (indifíeoyent) ta’sir, bu ta’sir shartli ta’sir deb yuritiladi;
2) shartli ta’sir shartsiz ta’sirdan oldin kelishi va shartsiz ta’sir qila
boshlagandan keyin ham birmuncha vaqt ta’sir ko‘rsatib turishi kerak;
3) shartli va shartsiz ta’sirlar shu tariqa birga qo‘llanilishi kerak.
Shartli ta’sir shartsiz ta’sir bilan quvvatlab turilmasa, shartli refleks hosil
bo‘lmasligi mumkin.
Hayot mobaynida ba’zi shartli reflekslar so‘nib, yangilari paydo bo'lib
turadi. Masalan, bola tug‘ilgandan keyin ma’lum vaqtlarda onasini 7-8 marta emsa,
1,5-2 yashar bo‘lganda bir sutkada 5-6 marta emadi, katta bo‘lganida esa 3-4
mahal ovqatlanadi. Shartli refleksning hosil bo‘hsh tezligi odamning hayot tarziga,
yoshiga, nerv sistemasining funksional holatiga, ta’sirlovchilarning tabiatiga
bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda turli rang, shakl va o‘yinchoqlarga so‘lak ajratish yoki
himoya va boshqa shartli reflekslar hosil bo‘lishi mumkin.
Shartli reflekslar hosil bo‘lishi. Shartli refleks bosh miya katta yarimsharlari
po‘sflog‘ining befarq (indifferent) ta’sirni qabul qiluvchi muayyan sohasida
kuchsiz qo‘zg‘alish vujudga kehshi natijasida hosil bo‘ladi.
Shartli ta’sirlovchining bir necha marta takrorlanishi natijasida miya
p'o‘stlog‘ida kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i vujudga keladi. Shartli va sharsiz ta’sir bir
necha marta takrorlanganda ikkita qo‘zg‘alish o‘chog‘i o‘rtasida muvaqqat nerv
bog‘lanishi paydo bo‘ladi. Bu ikkala sohaga ta’sirni bir necha marta takrorlash
bilan shartli refleks juda tez namoyon bo‘ladi. Shartli reflekslar miya po‘stlog‘i
ishtirokida hosil bo‘lishi bilan shartsiz reflekslardan farq qiladi. Shartli refleks
hosil bo‘lishida miya po‘stlog‘ida ikkita nerv markazida qo‘zg‘alish vujudga
kelishi bilan birga bosh miyaning ko‘p boshqa faoliyatini ham o‘zida
mujassamlashtiradi.
Shartli refleks hosil qilishi uchun sekretor, ko‘zni yumish yoki nutq bilan
mustahkamlanadigan harakat usulidan foydalaniladi. Masalan, bolaga ovqat
berilganda, og‘iz bo‘shlig‘idagi retseptorlar qo‘zg‘ahb, impuls uzunchoq miyaga
yetib boradida, so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘atadi. Ayni vaqtda qo‘zg‘alish bosh
miya sopining o‘tkazuvchi yo'llari bo‘ylab miya po‘stlog‘ining ovqatlanish
markaziga yetib boradi. Shartsiz refleks yo‘li bilan so’lak ajrahshida uzunchoq
miyadagi nerv markazlari hamda katta yarimsharlar po‘stlogining ovqatlanish
markazi qo’zg’aladi. Elektor lampochkasining yonishi ko‘zning to‘r qavatidagi
retseptorlarni qo‘zg‘atadi. Yorug’lik bilan ta’sir etish ovqatlanish bilan bir vaqtga
to‘g‘ri kelganda miya po‘stlogida ham ovqatlanish markazi, ham ko'rish
zonasining ma’lum qismi bir vaqtda qo‘zg‘aladi.
Shartli refleks hosil bo’lishida nerv sistemasining ko‘p tuzilmalari ishtirok
etadi. Shuning uchun har bir shartli refleks miya po'stlogidagi ya bosh miyaning
po‘stloq osti qismlaridagi murakkab kompleks reaksiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: