Nerv tizimining gigiyenasi.
O'sib kelayotgan yosh avlodning sog'hg'ini saqlash masalasi keng ma’nodagi
tushuncha bo'lib o'quvchilarning charchashi - ya’ni, toliqishi va o'ta charchashining
oldini olish vazifasini ham o'z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o'quvchining
o'ta toliqishiga yo'l qo'ymaslik bilan bog'liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar,
tibbiyot xodimlari va otaonalarning diqqat markazida turishi lozim. «Maktab
kasalliklari» deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o'quvchilar
tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.
Zamonaviy o'qitish jarayoni o'quvchiga axborot berishning yangi shakl va
usullarini qo'llamoqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini oshirishiga
qaratilgan texnika vositalari va yangi innovatsion texnologiyalaridan keng
foydalanilmoqda. Natijada o'quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha
faoUashtirishga erishildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab o'quvchisiga
optimal o'quv nagruzkasini belgilash muhim dolzarb vazifa hisoblanib,
birinchidan, o‘quv rejasida belgilangan bilimlarni o‘quvchi o‘zlashtirishi ko‘zda
tutilsa, ikkinchidan, o‘quvchining o‘z shaxsi ehtiyoji uchun ham yetarh vaqt
ajratiladi. Eng muhimi, o‘quvchining jismoniy rivojlanishiga, ish faoliyatiga va
salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldi olinadi.
O‘quv yuklamasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o‘rganish,
toliqishning oldini olish yo‘llarini izlab topish pedagogika fani va maktab
o‘qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Odam organizmining barcha to‘qima va organlaridagi hayotiy jarayonlar,
ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Odam tug‘ilganidan boshlab butun imiri davomida aqhy va jismoniy
faoliyatining takomillashuvi, ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o‘rganishi
miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarinint funksional holatiga bog‘liq. Miyaning
faoliyati ikki xil sababga ko‘ra susayishi mumkin. Birinchidan, miya to‘qimasidagi
tug‘ma kamchiliklar, tug‘ilgandan keyin har xil kasalliklar, shikastlanishlar
oqibatida miya faoliyatining pasayishi; ikkinchidan, miyaning funksional
kasalhklari, ya’ni gigiyenik talablariga rioya qilmaslik natijasida miyaning
zo‘riqishidan nevroz, ya’ni asab kasalhklari paydo bo'lishidir.
Ko‘pincha ota-onalar va o‘qituvchilar o‘quvchi xulqida va holatida aqliy
charchash alomotlarini sezsalar, e’tibor bermaydilar, chunki bu o'zgarishlar,
vaqtinchalik bo‘lib, tez o‘tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan surunkali
charchoqlikning birlamchi belgilari bo‘lib, «astenik sindrom» deb ataladi va bu
kasallik markaziy nerv sistemasi faoliyati buzilishining bir turi hisoblanadi.
Kasallik belgilarning paydo bo‘hshi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom
shartli ravishda bir necha bosqichga ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o‘ta ta’sirchanhk, o‘zini tuta
bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo bo‘ladi. Bolalar faol bo‘lishadi, ammo
ularning faoliyatida tartib bo‘lmaydi. Ular tinimsiz bo‘lib, biror ishni oxirigacha
diqqat-e’tibor bilan bajara olmaydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini
izdan chiqarib yuboradi. Ular qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko‘p
tush ko'rishadi.
Agar o‘z vaqtida chora ko‘rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa,
kuchayib, ikkinchi bosqichga o‘tib ketadi. Bunda o‘ta ta’sirchanlik va jizzakilik,
toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib
ketadi. Jaxildorlik, yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda
o‘quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan grammatik xatolarni ko‘proq qiladi.
Ba’zida duduqlanish, kamgaplik, tunda siydik tuta olmaslik ya’ni enurez holatlari
yuzaga chiqadi. Bundan tashqari so‘zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi, yangi
materialni qiyin o‘zlashtiradi, lanjlik va bosh og‘rish o‘quvchi ish faoliyatini
susaytiradi. Bunday holatlar paydo bo‘lishiga ko‘pincha o‘tkir yuqumli kasallar
bilan og'riganlik, ichki organlamnig surunkali kasalliklari, bahor va qish fasllarida
bola va o'smirlar organizmida vitamin yetishmasligi, o‘quv nagruzkasining ortib
ketishi kabi omillar sabab bo‘ladi. Albatta ko‘p narsa maktab va oiladagi ruhiy
muhitga bog‘liq. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi janjallar, ichkilikbozlik, bolaga
nazoratsizlik, oilalarning buzilib ketishi, bolalar va o‘smirlar nerv sistemasi
faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘lsa, maktab va litseylarda o ‘qituvchi bilan
o‘quvchi,
talaba o‘rtasidagi yoki o‘quvchi va talabalarning o‘zaro
kelishmovchiliklari, o'quvchilarning o‘qituvchidan qo‘rqib qolishi, bu kasallikning
yuzaga chiqishiga turtki bo‘ladi.
Nerv sistemasiga bog‘liq bo‘lgan bunday negativ holatlarni yo'qotish uchun
ota-onalar, shifokorlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan
sabablami bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars
jadvallari va o‘quv yuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga oigan holda
tuzilishi, o‘quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi,
faol dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy,
kofe ichmasliklari kerak. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan, ularning xarakterini,
hisobga olgan holda muomala qihshlari kerak.
Maktab o‘quvchilari va
litsey talabalari nerv tizimida bunday
kamchihklarning yuzaga kelmasligi uchun 3-4 soatdan keyin yoki dars oxirida
o‘quvchilar uyga kelgandan keyin ularni dam oldirish katta ahamiyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki, aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilarda zo‘riqish
alomatlari boshqalarga nisbatan ko‘proq uchraydi va bu harakat faolligi
(gipodinamiya) kamaygan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Bu holat emotsional
zo‘riqish bilan birga qo'shilib, ko‘pincha yurakqon tomir kasalliklariga asab va
endokiin tizimi faoliyatining, buzihshiga ohb keladi. Bolalar va o'smirlarning
shakllanayotgan yosh organizmi ayniqsa aqliy zo‘riqish asoratlariga o‘ta sezgir
bo‘ladilar.
Bilim berishning amalda qo‘llanilayotgan hozirgi o‘quv dasturi
o‘quvchining yuksak bilim olishiga va faol fikrlash jarayoniga mo’ljallangan
bo‘lib, bolalar va o‘smirlardan kuchli aqliy emotsional mehnatni talab qiladi.
O‘tkazilgan
tadqiqotlar ko‘rsatishicha, o‘qishning og‘irligi o'quvchilar
salomatligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi, shuningdek, asab buzihshi, xulq-atvorda
beqarorlik alomatlari paydo bo'lishiga olib keladi.
Aqliy mehnat (o'qish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash va
tayyorlash va hokazolar) asosan ko'rish, eshitish, organlari va ularning bosh miya
pustlog'idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan ishidir. Shunday ekan,
o'quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining zarur shartlarini: kun tartibiga rioya qilish,
fizkultura va sport bilan shug'ullanish, o'quv va o'qishdan tashqari mashg'ulotlar
uchun sharoit yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan ahnashtirib turish, spirtli
ichimhklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokazolarni
ongli ravishida bajarishga harakat qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |