Bola oliy nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari va ularni tarbiyalash. Bola
tugilganidan keyin bir necha kun o‘tgach, nerv sistemasida o‘zganshlar ro‘y beradi.
Masalan, xolerik temperamentidagi bola tez-tez uyg'onadi va qattiq yig’laydi.
Melanxolik temperamentdagi bola esa uzoq uxlaydi, kam yigiaydi, tinch bo’ladi.
Tashqi muhitdagi hodisa yoki predmetlar bilan ularning so‘zda ifoda etilishi
bolaning ikkinchi signal sistemasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Masalan, bir yashar bolaga «burningni ko'rsat» deb o‘rgatilsa va bu 12-15 marta
takrorlansa, bola burnini ko‘rsatadi. Keyin «ko‘zingni ko‘rsat», «qo‘lingni ko‘rsat»
va hokazo so‘zlarga javob reaksiyasini olish uchun ko‘zini ko‘rsatolsa va so‘zlarni
bir necha marta takrorlansa kifoya bo'ladi.
5 yashar bola asta-sekin umumlashgan so'zlarni takrorlay boshlaydi.
Masalan, o'yinchoq, daraxt, hayvon va boshqalar. Bolada bu yoshda predmetlarga
nisbatan nutq hosil bo'ladi. 3-5 yashar bola ayrim she’rlarni harakatlar bilan
yodlaydi. 5-6 yoshida tashqi dunyoning ko'pgina hodisalarini so'z bilan
umumlashtirish qobiliyati ortadi. I.K .Krasnogorskiy va M.M. Koltsova turli
yoshdagi bolalarda tajribalar olib borib, unda so'z integratsiyasi turli bosqichda
bo'lishini ko'rsatganlar.
Turli bosqichlarda so'z integratsiyasi rivojlanishining izchilligi bilan aniq
misolda qisqacha tanishamiz.
1. Integratsiya darajasida so'z bola sezadigan ma’lum predmetlarning obrazi
hisoblanadi, ya’ni so'z sezilgan predmet obrazining ekvivalenti bo'ladi.
2. Integratsiya darajasida so'z bir turdagi predmetlardan bir necha sezgilar
obrazi vazifasini bajaradi. Masalan, qo'g'irchoq so'zining signal ahamiyati yakka
seziladigan obrazga nisbatan kengroq, lekin juda ham aniq emas.
3. Integratsiya darajasida so'z turli xil predmetlardan hosil bo'ladigan bir
necha predmetlarni sezadigan obrazlarni ifodalaydi. Masalan, o'yinchoq so'zi
(koptokcha, kubiklar, avtomobil va boshqalar). Bunday so'zning signal ahamiyati
nihoyatda keng, aniq obrazlardan uzoqlashgan bo'ladi.
4. Integratsiya darajasida so'z oldingi darajalardagi integratsiyalarni
umumlashtiradi. Masalan, narsa so'zi: o'yinchoq, idish, mebel va boshqa so'zlarni
umumlashtiradi. Bunday so'zning signal ahamiyati keng m a’noda bo'ladi. Birinchi
tartib integratsiya bolaning 2 yoshida hosil bo'ladi, ikkinchi tartib so'z
integratsiyasi bola hayotining 2-yili oxirida, uchinchi tartib so'z integratsiyasi 2-3
yoshda, to'rtinchi tartib integratsiya esa 5 yoshda namoyon bo'ladi. 5 yoshdan 7
yoshgacha bo'lgan davrda so‘z orqali fikrlash qobiliyati ortadi. Bu yoshda ichki
nutq kurtaklari hosil bo'la boshlaydi. Maktab yoshidagi bolalarda nutqning
ahamiyati yanada ortadi. So'z boyligi ko'paya borgan sari abstrakt fíkrlashi ham
orta boradi.
7-9 yashar bolalarda katta yarim sharlar po'stlog'ining nerv hujayralari
ta’sirotlarga chidamli bo'ladi. Bog'cha, boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar nerv
sistemasida qo‘zg‘alish jarayonlari ustun turadi. 10-12 yoshdan boshlab, nerv
sisteniasidagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi. 7-10
yoshda qo‘zg‘alish jarayoni ustun bo‘lganidan nerv jarayonlarining harakatchanhgi
11-13 yashar bolalardagiga nisbatan sust bo'ladi. Shuning uchun ham kichik
maktab yoshidagi bolalarda ijobiy shartli refleksü salbiy shartli refleksga
aylantirish birmuncha qiyin kechadi.
Nerv sistemasida tormozlanishga nisbatan qo‘zg‘alish jarayoni ustun
bo‘ladigan bolalarda shartli reflekslar tez hosü bo‘ladi, lekin yuzaga kelgan shartli
reflekslar tez so‘nadi. Nerv sistemasida ko‘zg‘alishi kuchh bo‘lgan xolerik
temperamentdagi bolalar harakatchan bo'ladi, turli o‘yinlarga tez qiziqadi, biroq bu
qiziqish tez so‘nadi. Xolerik temperamentdagi bolalar turli o‘yinlarni uzoq
o'ynamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |