2-mavzu: qo‘ZG’aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi


-rasm. Aktin miozin kompleksini ishlash mexanizmi



Download 0,75 Mb.
bet14/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#658633
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
7-rasm. Aktin miozin kompleksini ishlash mexanizmi.
Birikish natijasida, ko‘prikcha korformatsiyasining keskin o‘zgarishi natijasida, uning boshchasi egilib, aktin ipi taxminan 20 nm ga suriladi. Bu harakat uchun sarflangan energiya fosforillashgan aktomiozin tarkibidagi makroergik fosfat bog’lanish hisobidan ajraladi. Adenozintrifosfataza (ATF-aza) faolligiga ega bo‘lgan aktomiozin makroergik fosfatlar parchalanishini ta’minlaydi.
Kal’siy miqdorini aktin va mionzin iplar atrofida kamayishi tufayli tropomiozin troponindan ajraladi va ko‘ndalang ko‘prikcha bilan aktin ipi o‘rtasida yana to‘siq bo‘lib qoladi. ATF hisobiga miozin fosforillanadi. ATF faqat miozinni energiyaga boyitish uchun emas, balki iplarni vaqtincha bir-biridan ajratish uchun ham kerak bo‘lgan modda hisoblanadi. Ana shu ajralish mushakni yumshatib, cho‘zilishiga imkoniyat yaratadi. Qisqarish jarayonini paydo qilish uchun zarur bo‘lgan kal’siy kationi, mushakning tinch holatdagi toladagi sarkoplazmatik retikulumda saqlanadi. Ushbu sharoitda, retikulum membranasini kal’siy uchun o‘tkazuvchanligi juda past bo‘ladi, oz miqdorda mioplazmaga chiqqan ionlarni kal’siy nasosi retikulum ichiga haydab, u erda kal’siy miqdorining yuqori bo‘lishini ta’minlab turadi. Kal’siy kationlarining miqdori, sarkoplazmatik retikulum bo‘shlig’ida mioplazmadagiga nisbatan 10 ming marta yuqoridir. Sarkoplazmatik retikulum membranasining faollanishi, undagi kal’siy kanallarining ochilishiga va kontsentratsion gradient bo‘yicha kal’siyni aktin va miozin iplar atrofiga chiqishiga olib keladi. Retikulum membranasining faollanishi uchun, mushak tolasining tashqi membranasida vujudga kelgan qo‘zg’alish, ko‘ndalang naychalarning T-tizimi orqali sarkoplazmatik retikulum membranasiga tarqaladi. T-tizim tashqi membranani sarkomerning ichiga botib kirgan qismidir. Ko‘ndalang naychaning diametri 50 mm. Umurtqali hayvonlarning mushak tolalarida bu naychalar disklar atrofida miofibrillalarga yaqinlashadi. Ko‘ndalang naychalarga nisbatan perpendikulyar holatda, miofibrillalarga parallel bo‘lgan uzunchoq naychalar joylashgan. Uzunchoq naychalarning ikki uchi kengayib, tsisternalar hosil qiladi.
Shunday qilib, motoneyron tolasi bo‘ylab mushak tolasiga etib kelgan impul’s, tashqi membranada harakat potentsialini vujudga keltiradi, bu potentsial ko‘ndalang naycha orqali tarqalib, tsisterna membranasini faollashtiradi va erkinlikka chiqqan kal’siy kationlarini aktin va miozin iplar atrofida to‘planishiga olib keladi. Kal’siy qisqarish mexanizmining ishga soluvchi omili ekanligi ma’lumdir.
Xulosa qilib aytganda, mushak qisqarishini ta’minlovchi jarayonlar: ta’sirot, harakat potentsialini vujudga kelishi; uning miofibrilla ichkarisiga (uchliklarga) o‘tkazilishi; kal’siy katonlarining erkinlashishi; aktin va miozin iplar atrofiga diffuziyalanishi; aktin iplarning miozin iplari oralig’iga sirpanib kirishi va sarkomerning kaltalanishi; kal’siy kanallarining faollashuvi va erkin kal’siy miqdorini kamayishi; miofibrillalarning bo‘shashishlaridan iborat.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish