2-mavzu: qo‘ZG’aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi


Qisqarishlarning qo‘shilishi va tetanus



Download 0,75 Mb.
bet16/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#658633
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Qisqarishlarning qo‘shilishi va tetanus. Tabiiy sharoitda muskullarning qisqarishi uzluksiz ravishda nisbatan ancha uzoq davom etadi. Odam bajaradigan eng tez harakatlarga ham 100 ms dan ko‘p vaqt sarflaydi, tana va qo‘l-oyoqlar muskullarining taranglanishi minutlab va soatlab davom etishi mumkin. Bu xildagi qisqarishlar tetanus deb atalgan. Tetanusnning kelib chiqish mexanizmi oralig’ida qisqa vaqt bo‘lib, ketma-ket keluvchi impulslarga muskulning javobini o‘rganish yo‘li bilan aniqlangan.
Agar impulslar o‘rtasidagi vaqt yakka qisqarishga sarflanadigan vaqtdan ortiq bo‘lsa (tajriba baqa muskulida o‘tkazilganda 100 ms dan), muskul impulslar oralig’ida qisqarib-bo‘shashishga ulguradi. Miogrammada birin-ketin keluvchi yakka qisqarishlarni ko‘ramiz. Impulslar o‘rtasidagi vaqtni qisqartirish ikkinchi impuls muskul birinchi qisqarishdan bo‘shasha boshlagan vaqtga to‘g’ri keladi. Ikkinchi impulsga javoban muskul tinch holatdagi nuqtadan emas, balki hali bo‘shashib ulgurmagan nuqtadan qisqaradi. Miogrammada ikkinchi qisqsrishning egri chizig’i birinchi qisqarish bo‘shashish bosqichining qaysi bir nuqtasidan boshlangan bo‘ladi – qisqarishlar bir-biriga qo‘shilib ketadi (6-rasm).
Impulslar oralig’idagi vaqtni yana qisqartiramiz (<50 ms). Enda birinchi qisqarish hali cho‘qqiga yetmay turib, ikkinchi qisqarish boshlanadi. Bu qisqarishlarning egri chizig’i tamomila qo‘shilib ketib, unda yagona baland cho‘qqi hosil bo‘ladi. Demak, ketma-ket impulslarning muskulga ta’sir qilish natijasi ikki turda qo‘shiladi. Ular o‘rtasidagi vaqt nisbatan katta (50 ms dan ko‘p ) bo‘lsa, chala qo‘shilish kuzatiladi, bu vaqt qisqarsa (50 ms dan kam bo‘lsa), to‘la qo‘shilish ro‘y beradi.
Odatda harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga yuqori chastotaga ega bo‘lgan ritmik impulslar keladi. Bu impulslar paydo qilgan qisqarishlarning to‘la qo‘shilishi natijasida silliq tetanus hosil bo‘ladi (7-rasm). Tajribada (ba’zi bir patologik hollarda ham) tishli tetanusni kuzatish mumkin. Chastotasi nisbatan past bo‘lgan ritmik impulslar muskulga ta’sir qilganda tishli tetanus sodir bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi oldingi impuls bilan keyingi impuls orasidagi vaqt muskulning qisqarish fazasidan kattaroq bo‘lishiga bog’liq. Oldingi impuls ta’sirida muskul qisqarib, qisman bo‘shashishga ulguradi. Ayni vaqtda shu nuqtadan ikkinchi qisqarish, ikkinchi qisqarishning bo‘shashish bosqichida uchinchi qisqarishlar sodir bo‘lib, miogramma tishli arraga o‘xshaydi. Shuning uchun bu tetanus tishli tetanus, deyiladi.
Tetanik qisqarishlar yakka qisqarishlarning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lganidan yakka qisqarishlarga nisbatan yuqori amplitudaga ega bo‘ladi. Tetanik qisqarish amplitudasi impulslar kuchi va chastotasiga bog’liq. Ta’sirot chastotasining ma’lum chegaragacha oshishi tetanik qisqarishni kuchaytiradi. Eng kuchli qisqarish yuzaga keltirgan chastota optimal chastota deyiladi. Impulslar chastotasi optimaldan ko‘payib ketsa, qisqarish kuchi kamayadi. Buni pessimal chastota, deyishadi.
Muskulning qisqarib-bo‘shashishi qancha tez bo‘lsa, silliq tetanus paydo qilgan impulslar chastotasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Mushak faoliyatlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar ularning kuchi va ishlash qobiliyatidir. Kuch - mushakka boshqa jismlar tomonidan mexanik ta’sir ko‘rsatadigan o‘lchov birligi bo‘lib, nyuton yoki kg-kuchlarda o‘lchanadi. Tajribada, izotonik qisqarish paytida, kuch mushak ko‘tara oladigan maksimal yukning massasi bilan (dinamik kuch), izometrik qisqarish psaytida esa - mushak o‘zida rivojlantirishi mumkin bo‘lgan taranglik (statik kuch) bilan aniqlanadi.
Yakka mushak tolasi 100-200 mg-kuch taranglikni rivojlantiradi. Tola qancha qalin bo‘lsa, taranlik shunchalik kuchli bo‘ladi. Jismoniy mashg’ulot jarayonida mushak kuchining ortishi mushak tolalari sonining ortishiga emas, balki ularning gipertrofiyasi bilan belgilanadi.
Butun mushakning kuchini aniqlashda esa, uning qalinligi emas, balki alohida tolalarining ko‘ndalang kesishishini “fiziologik” maydonlari asosiy, hal qiluvchi mohiyatga egadir. Fiziologik ko‘ndalang kesishish anatomik kesishish bilan faqat ko‘ndalang joylashgan tolalar bilan mos keladi. Tolalari qiya joylashgan mushaklarda (yarim patsimon va patsimon) esa “fiziologik ko‘ndalanglik” har doim anatomik kesishishdan ustundir. Shuning uchun, qiya tolali mushaklarning kuchi har doim ham bir xil qalinlikdagi, lekin uzunroq tolali mushaklarning kuchiga nisbatan kattadir.
Eng kuchli mushaklar ko‘p patsimon, ulardan keyin bir va ikki patsimon, yarim patsimon, duksimon (urchuqsimon) ko‘ndalang-tolali mushaklardir. Birinchi ikkita guruh mushaklar anatomik-funksional tasnifi bo‘yicha statodinamik, keyingilari esa dinamostatik yoki dinamik hisoblanadi. Birinchilari katta kuchga va chidamlikka ega, lekin qisqarish qobiliyati chegaralangan, ikkinchilari - yaxshi qisqaradi, lekin tezda charchaydi. Ushbu mushaklaring skeletda joylashishi, albatta bir xil emas.
Mushak kuchini, u ko‘tara olgan yukning eng yuqori miqdori belgilaydi. Mushaklarning kuchi juda ham katta bo‘lishi mumkin. Masalan, itning jag’ mushaklari gavda vaznidan 8,3 marta ko‘p yukni ko‘tarishi mumkin. Odamning ham jag’ mushaklari juda kuchli bo‘ladi. Uning yordamida sportchilar katta yuk avtomobilini joyidan siljita oladi va x.k. Mushakning ishi faqat izotonik qisqarish paytida (tashqi ish) emas, balki izometrik qisqarishda ham sodir bo‘ladi. Bu holat elektromiografiya va kalorimetriya usuli bilan aniqlanadi. Mushak faoliyatini baholashda ko‘pincha ular bajarayotgan tashqi ishi, ya’ni mushakni yuk yoki qarshilikka nisbatan teskari qisqarishi hisobga olinadi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish