2-mavzu: qo‘ZG’aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi


-rasm. Muskul tolasining mikro tuzilishi



Download 0,75 Mb.
bet13/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#658633
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
6-rasm. Muskul tolasining mikro tuzilishi.
Miofibrillalarning orasida qator bo‘lib mitoxondriyalar joylashgan. Mitoxondriyalarda mushakni energiya bilan ta’minlab turadigan oksidlanish fosforlanish jarayonlari sodir bo‘ladi. Mushak tolalari tuzilishning umumiy sxemasi 6-rasmda ko‘rsatilgan.
Bitta to‘q rangli va ingichka Z-chiziqlar bilan chegaralangan, unga yondosh yarimta och rangli disklar majmuasi - sarkomer deyiladi.
Miofibrillalar, aniqrog’i ularning sarkomerlari - bu mushak tolasining qisqaruvchi apparati, ya’ni motoridir.
Mushak tolasining membranasi – plazmalemma asab membranasi bilan o‘xshash. Uning o‘ziga xosligi shundan iboratki, taxminan sarkomerlarning chegarasida (baqada Z-chiziq darajasida, sut emizuvchilarda - A va I disklar chegarasi darajasida) vaqti-vaqti bilan bir maromda T-simon o‘simtalar (diametri 50 mm bo‘lgan naychalar) beradi. Plazmalemmaning bu o‘simtalari uning maydonini kattalashtiradi va shu bilan birga umumiy elektrli hajmini (sm) ham kengaytiradi.
Mushak tolasining ichida miofibrillalar bog’lami o‘rtasida plazmalemmaga parallel ravishda sarkoplazmatik retikulum deb ataladigan naychalar tizimi joylashgan. Ushbu naychalar tizimini har bittasi shoxlangan, lekin berk tizim bo‘lib, miofibrillalarga juda yaqin yondoshgan va o‘zining ko‘r uchlari (uchidagi kistermalari) bilan plazmalemmaning T-simon o‘simtalariga (T-tizimga) birlashadi.
T-tizim va sarkoplazmatik retikulum - bu plazmalemmadan signallarni (qo‘zg’alishni) miofibrillalarning qisqaruvchi apparatlariga o‘tkazishni ta’minlovchi apparatdir.
3.3 Muskulning qisqarish va bo‘shashish mexanizmi
Qisqarish - mushak tolalari miofibrillyar apparatining asab impul’slari ta’siri ostida mexanik holatini o‘zgarishidir. Tashqaridan qaraganda qisqarish mushak uzunligining yoki uning taranglik darajasini, yoki bir vaqtda ikkala holatining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Barcha sarkomerlarda, miozin iplarni aktin iplar bilan birlashtirib turadigan, ko‘ndalang joylashgan ko‘prikchalar mavjud. Mushak tolasi qisqarganda miozin va aktin iplari kaltalashmaydi, biri ikkinchisi ustida sirpanadi: aktin iplar miozin iplar orasiga sirpanib kiradi, natijada I disklar kaltalashadi, A disklarning uzunligi o‘zgarmaydi. Bir-biriga ulangan sarkomerlarning har bittasini uzunligi taxminan 30 foizga kamayadi, shu bilan birga tola ham kaltalashadi.
Ko‘ndalang ko‘prikchalarning harakatlari tufayli aktin iplar miozin iplar oralig’iga sirpanib kiradi. Miozin iplar shohlanib, har qaysisi taxminan 150 miozin molekulasidan tashkil topgan boshchalarni hosil qiladi. Bu boshchalar miozin ipning o‘simtasi bo‘lib, uni, qisqarish vaqtida, atrofdagi aktin iplar bilan bog’lab turadi (7-rasm). Ko‘ndalang ko‘prikchalarning boshchalari eshkaksimon harakat qilib, aktin iplarni miozin iplar oralig’iga siljitadi. Ko‘prikchalar harakatlarining amplitudasi 20 mm dan, chastotasi 5-50 tebranishdan iborat. Har qaysi ko‘prikcha goh aktin ipiga ulanib uni tortadi, goh undan uzilib yana birikish imkoniyatini tug’diradigan sharoitni “kutib” turadi. Ko‘prikchalar asinxron ravishda harakatlansada, ular juda ko‘p bo‘lganidan vujudga keladigan tortish kuchi qisqarish davomida bir me’yorda saqlanadi. Ko‘prikcha tinch holatda bo‘lganda unda energiya yig’iladi, lekin aktin ipi bilan birika olmaydi, ular o‘rtasida joylashgan troponin globulasi (zarrachasi) bilan birikkan tropomiozin ipi bunga xalaqit beradi. Mushak faollashganda uning mioplazmasida erkin kal’siy ionlari paydo bo‘ladi. Bu ionlarga juda ham talabgor bo‘lgan troponin, kal’siy bilan birikib, o‘z shaklini (konformatsiyasini) o‘zgartiradi va tropomiozin ipini surib, ko‘ndalang ko‘prikchalarning aktin iplari bilan birikishiga imkoniyat tug’diradi.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish