2-mavzu: O’zbekiston hududida qadimgi davr davlati va huquqi


Makedoniyalik Iskandar va Salavkiylar davrida ijtimoiy-siyosiy tuzum xususiyatlari



Download 44,4 Kb.
bet5/10
Sana09.12.2022
Hajmi44,4 Kb.
#882394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

4. Makedoniyalik Iskandar va Salavkiylar davrida ijtimoiy-siyosiy tuzum xususiyatlari
Ma’lumki, miloddan avvalgi 336 yilda Makedoniya podshosi Filipp II vafotidan so’ng uning 20 yoshli o’g’li Iskandar taxtni egalladi.
Makedoniyalik Iskandar otasi Filipp II yo’lini davom ettirdi. Ammo u dastlab mamlakat ichki hayotini mustahkamladi. Davlat hokimiyatiga qarshi bo’lgan amaldorlarga nisbatan qattiq choralar ko’rdi. U Bolqon yarim orolida o’z hokimiyatini mustahkamladi. Mil. avv. 334-331 yillarda o’zining asosiy raqibi Doro III qo’shinlariga bir necha harbiy zarbalar berib butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya, Misr yerlarini egallab ahamoniylar davlati hududlariga kirib bordi. Doro III Midiyaga qochdi. Iskandar qo’shinlari mil. avv. 330-329 yillarda Afg’onistonning janubiy tomonlarini egallab Hindiqush tog’lari orqali O’rta Osiyoga yurish boshladi. U faqat mil. avv. 327 yildagina juda og’ir va dahshatli janglardan so’ng Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona va boshqa hududlarni egallay oldi. Mil. avv. 327-324 yillarda Iskandar Hindistonni zabt etdi. U mil. avv. 323 yilda o’z davlatining yangi poytaxti Bobil shahrida vafot etdi. Shunday qilib, Makedoniyalik Iskandar olib borgan bosqinchilik va adolatsiz urushlar oqibatida O’rta Osiyoda ahamoniylar zulmi yunon-makedon istilochilari zulmi bilan almashdi. Bu zulmdan qutulish uchun So’g’diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo’ldi. Bu jarayonda o’lkamiz xalqlarining erk va ozodlik uchun olib borgan kurashlari hal qiluvchi rol o’ynadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Xorazm, Choch, Farg’ona va saklar yurti mustaqil bo’lib qoldi. So’g’diyona, Baqtriya, Marg’iyona va Parfiya yangi davlatga qo’shilib, keyinchalik ularning tuprog’ida ayrim yunon-makedon davlatlari vujudga keldi.
Iskandar Sharq xalqlarini ahamoniylar zulmidan ozod qilib, ularni yunon-makedon zulmi ostida qoldirdi. O’rta Osiyoda zabt etilgan viloyatlar va shaharlarni boshqarish uchun yunon-makedon sarkardalari bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Yozma manbalardan ma’lumki, Iskandar davrida mahalliy aholi vakillaridan Artaboz-Baqtriyada, Oksiart va Xorien So’g’diyona viloyatlarida hokimlik qilar edilar.
Makedoniyalik Iskandar satraplikka asoslangan boshqarish tartibini saqlab qoldi. Dastlab satraplar forslardan tayinlanardi, keyinchalik asosan makedoniyaliklardan tayinlanadigan bo’ldi. Satraplar huzurida harbiy va moliyaviy boshqaruvni yuritadigan mansablar ta’sis etildi. Iskandarning satraplari monetalar chiqarish va yollanma qo’shin saqlash huquqiga ega emasdilar.
Iskandar O’rta Osiyoda o’z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida mahalliy amaldorlarga ba’zi imtiyozlar berib, ularni o’z tomoniga og’dira boshladi.
Mil. av. 324 yilda Iskandar o’z qo’shinlari orasida bir qancha islohotlar o’tkazib, o’zgarishlar kiritdi. Qo’shinlar tarkibidagi forslar va o’rta osiyoliklar teng huquqqa ega bo’ldilar. Undan tashqari mahalliy zodagonlarning farzandlaridan iborat 30 ming kishilik qo’shin tuzildi. Faqat yoshlardan iborat bu qo’shin yunonlar odatlari bo’yicha kiyintirilib, qurollantirildi va harbiy yurishlarga o’qitildi. Iskandar yangi yurishlarni rejalashtira boshlagan edi. Ammo, mil. av. 323 yilda u Bobilda to’satdan vafot etdi va rejalari amalga oshmay qoldi.
Iskandar yunon-makedon hokimiyatini mustahkamlash maqsadida O’rta Osiyoda ko’plab tayanch nuqtalarni barpo etadi.
Makedoniyalik Iskandarning harbiy yurishlari natijasida Bolqon yarim oroli, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyo, Misr, Old va O’rta Osiyo, Hind daryosining quyi oqimigacha bo’lgan hududni qamrab oluvchi ulkan davlat tashkil topdi. Bunday ulkan va qudratli davlat yagona siyosiy tartib doirasida birlashtirildi. Ammo Iskandar barpo etgan davlat ham ahmoniylar davlati kabi turli xalqlar va qabilalarning zo’rlab birlashtirilgan yig’indisidan iborat bo’lib, faqat qo’rqitish va qurol kuchi bilan idora qilinardi. Iskandarning vafotidan keyin ko’p o’tmasdan u tuzgan davlat Misr, Makedoniya va salavkiylar davlatiga bo’linib ketdi.
Mil. av. IV asrning oxiri-III asrning o’rtalarida Baqtriya Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri bo’lmish Salavka asos solgan salavkiylar davlati tarkibiga kirar edi. Mil. av. 312 yilda Salavka atrofidagi sarkardalar bilan qattiq kurash olib borib Bobilni boib oldi. U bir necha yil davomida urushlar olib borib, o’z davlati chegaralarini G’arbga va Sharqqa tomon kengaytirib Eron va O’rta Osiyo hududlarini ham bosib olishga erishdi.
Yunon tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, “Salavka ba’zi joylarni muzokaralar yo’li bilan egalladi, ammo, Baqtriya, Parfiya, So’g’d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og’ir janglar olib borishiga to’g’ri keldi”. Bu ma’lumotni qadimgi tarixchi Arrian ham tasdiqlaydi: “Salavka I baqtriyaliklar, so’g’diylar, parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko’p urushlar olib borgach, ular yerlariga hukmronlik qila boshladi”.
O’rta Osiyoning bir qator muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy voqealari Salavka I, ayniqsa Antiox I hukmronligi bilan bog’liq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar zarb qilina boshlanadi.
Salavkiylar davlatida hukmron tabaqa vakillari aralash edi. Yunon hokimlari va ular atrofida to’plangan yunon-zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Aholiga jabr-zulm qilishda mahalliy hukmron tabaqa vakillari ham ishtirok etardilar. Ikki yoqlama zulm ostida qolgan mahalliy aholi salavkiylarga qarshi norozilik chiqishlari qilib turganlar.
Lekin shunga qaramasdan, O’rta Osiyoning Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri yunon-makedon yurishlari paytida vayron bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, so’g’diylar, parfiyaliklarning bosqinchilarga qarshi birlashuv davri bo’lib qoldi.
Salavkiylar davlati yaxlit bir xalq yoki elatlarni birlashtirmagan bo’lib, bu davlat turli etnik guruhlarni harbiy yo’l bilan birlashtirish orqali tashkil topgan edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo’nalishlari podsho saroyi bilan bog’liq bo’lib, “podsho saroyi” davlat boshqaruvida katta ahamiyatiga ega edi. Ahamoniylar davrida bo’lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko’pgina davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo’lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat ishlarining boshlig’i lavozimi haqida malumotlar beradi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, salavkiylar davlatida anchagina murakkab soliq tartibi mavjud bo’lib, salavkiylar hukmdorlari o’zlarigacha mavjud bo’lgan soliq tartibini o’zlashtirgan holda, unga birmuncha o’zgartirishlar kiritadilar. Dehqonlardan yer solig’ini yig’ib olish satrap hokimlarning vazifasi edi. Bu soliqlarning miqdori aniq belgilangan edi. Viloyatlardan keladigan soliqlarning umumiy miqdori qishloq jamoalaridan tushadigan soliqlarga bog’liq bo’lgan.
Miloddan avvalgi 293 yilda davlatning sharqiy viloyatlariga Salavka va Spitaman qizi Apamaning o’g’li Antiox hokim vazifasini bajaruvchi bo’lib tayinlanadi. Ona avlodi tomonidan Antiox uchun O’rta Osiyo ota-bobolari yurti bo’lgan. Uni hokim lavozimiga tayinlanishida ham ushbu qarindoshchilik hisobga olingan. Demak, salavkiylar davri boshqaruv tizimiga xos asosiy xususiyatlaridan biri davlatdagi hukmron shaxs vakillari yunon-makedon va mahalliy zodagonlarning nasliy tomondan aralash bo’lishi lozimligidadir.
Salavkiylar davlatida tez orada hokimiyat uchun, taxtni boshqarish uchun o’zaro kurash avj olib ketdi. Bu davlatdagi ba’zi bir hokimlar hokimiyatni mustaqil boshqarishni orzu qilar edilar. Bu esa salavkiylar davlatining parchalanishiga olib keldi.
Mil. avv. 250 yillarga kelib, O’rta Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita – dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baqtriya davlati salavkiylar sulolasidan bo’lgan Diodot davrida tashkil topadi. Bu davlatning asosi Baqtriya bo’lib, ba’zi hokimlar davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkradit) Hindistonning shimoli-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta yerlar qo’shib olinadi, davlatning poytaxti Shimoliy Afg’onistondagi Baqtro shahri edi. Bu davlatning gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Yunon-Baqtriya davlati markazlashgan davlat bo’lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo’lingan bo’lib, bu viloyat hokimlari podshoga bo’ysinar edilar.

Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish