2-mavzu: O’zbekiston hududida qadimgi davr davlati va huquqi


O’zbekiston hududidagi dastlabki davlatlarning



Download 44,4 Kb.
bet3/10
Sana09.12.2022
Hajmi44,4 Kb.
#882394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

2. O’zbekiston hududidagi dastlabki davlatlarning
ijtimoiy-siyosiy tuzumi
Arxeologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik bronza davridayoq O’rta Osiyoda yangi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lganligidan dalolat beradi. O’rta Osiyoning janubidagi viloyatlarda eng qadimgi munosabatlarning yemirilishi faqat ichki sabablarga bog’liq bo’lmay, Yaqin Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy madaniy aloqalarga ham bog’liq edi. Baqtriya hududidan topilgan yuqori sifatli oltin, kumush va bronza buyumlari bunday aloqalardan va ularning viloyatda tashqi savdoning paydo bo’lishida ta’sir ko’rsatganidan dalolat beradi. Har bir jamoaning rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan kelib chiqqan tashqi ta’sir turli viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin edi.
So’nggi 10-15 yil ichida Baqtriya, Xorazm, Sug’diyona va Marg’iyonadan olingan yangi arxeologik ma’lumotlarga qaraganda ilk temir davrida bu yerlarda jamoalardagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan. Makonlar joylashuvining tashqi belgilaridayoq katta oilali uy jamoalari ancha yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy xo’jayinlari, shuningdek, alohida qishloq qo’rg’onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta o’rin tutgan. Har bir katta oila alohida uyga, ishlab chiqarish buyumlariga, o’zining qishloq xo’jalik mahsulotlari zahiralari va chorvalariga, ya’ni o’zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo’jaligiga ega bo’lgan.
Katta oilali jamoalar shakli jamoa ishlab chiqarish va xo’jalik harakatiga muvofiq edi. Ma’lumki, u jamoaning iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keldi.
Dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi muammolarini hal etishda arxeologik va yozma manbalardan tashqari etnografik ma’lumotlardan ham keng foydalaniladi. Etnografiyaning ko’rsatishicha, ijtimoiy yutuqlar hamda ijtimoiy manbalarni egallash jamoa ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’liq edi. Jamoadagi tashkiliy boshqaruv faoliyati, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish uchun jamiyat jamoadagi hurmatga ega bo’lgan kishilarni – yo’lboshchilarni yuzaga chiqardi. Bu esa merosning taqsimlanishiga olib keldi. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari dehqonchilik, chorvachilik, ixtisoslashgan hunarmandchilikning ajralishi va shahar markazlari shakllanishi asosida paydo bo’ladi.

Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish