2-mavzu: O’zbekiston hududida qadimgi davr davlati va huquqi


Kushon davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va boshqaruvi



Download 44,4 Kb.
bet6/10
Sana09.12.2022
Hajmi44,4 Kb.
#882394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

5. Kushon davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va boshqaruvi
Miloddan avvalgi I asrda yuechji kabilari uyuushmasida Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchaydi. Olimlar fikriga ko’ra, dastlab guyshuan qabilasi Surxon vohasida joylashgan va ularning poytaxti Dalvarzin shahri (Sho’rchi tumani) bo’lgan. Podsho Kujula Kadfiz davrida Kushon hokimligi hududi ancha kengayib, davlat tarkibiga Janubiy Tojikiston, Afg’oniston va Kashmir yerlari qo’shib olingan.
Kushon podsholari ichida eng mashhuri – Kanishka davrida (I-II asrlar) davlat ulkan saltanatga aylandi. Kushon podsholigi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o’z ichiga olgan. Kanishka zamonida poytaxt Peshovorga ko’chiriladi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur bo’lgan Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari kabi Kushon podsholigi ham yirik qudratli davlatlardan biriga aylandi.
Shunisi diqqatga sazovorki, O’zbekiston hududining asosiy qismi (Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent va Farg’ona vohalari) Kushon davlati tarkibiga kirmagan. Ushbu hududlarda boshqa mahalliy davlatlar rivojlanib, kushon madaniyatiga xos an’analar deyarli tarqalmagan.
Podsho Kanishka I o’zidan oldingi davlatni boshqaruv an’analarini saqlab qoldi va davom ettirdi. Ma’lum viloyatlar va shaharlar davlat boshlig’i – oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilar edi. Bunday noiblar podsho tomonidan tayinlanib, uning eng yaqin va ishonchli vakillari hisoblangan. Ular oliy hukmdorga so’zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o’lponlar to’lab turganlar. Kushonlar davrida mahalliy aholidan yig’iladigan soliq tartibi haqidagi ma’lumotlar bizgacha saqlanmagan bo’lsa ham, bunday tartib mavjud bo’lganligi aniq.
IV asrning oxiri va V asr boshlarida Eftaliylar boshchiligidagi ko’chmanchi qabilalar inqirozga uchragan Kushonlar davlatini yemirib tashlaydilar.
6. Huquqning asosiy belgilari
Odamlar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni azaldan odat normalari (me’yorlari) tartibga solib kelgan. Ular yozma bo’lmasdan, balki xalqlar hayotida avloddan-avlodga odat normalarida o’tgan va takomillashib borgan.
Qadimgi davr Markaziy Osiyo xalqlari huquqini o’rganishda “Avesto” katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, odat huquqlari, Ahamoniylar davridagi yozma huquqiy manbalar, Iskandar Zulqarnayn va Yunon-Baqtriya podsholari, Salavkiylar davlati va Parfiyada esa Yunon-Rim huquqi ham qisman amal qilgan bo’lishi mumkin. Ahamoniylar podsholaridan Doroning Behustun qoyalaridagi yozuvlarida bosib olingan o’lkalarda “qonun”lar joriy qilinganligi to’g’risidagi ma’lumotlar uchraydi. “Avesto”ning bir qancha she’rlarida kishilar o’rtasida talab qilinadigan xulq-atvor qoidalari, oila-nikoh masalalari, jinoyat va jazo, ayniqsa, protsessual normalardan ordaliya (sinab ko’rish, tekshirib ko’rish) haqidagi ko’rsatmalar diqqatga sazovor.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi – “Avesto” hozirgi O’zbekiton hududida miloddan oldingi 2-ming yillik o’rtalarida yashagan qabilalarning diniy va dunyoviy mafkurasi, ilk davlatchilik ijtimoiy-siyosiy tuzumi, huquqi haqida asosiy manba sifatida qimmatli ma’lumotlarni beradi.
“Avesto”da mehnat huquqiga, shuningdek dehqonlar, cho’ponlar va hunarmandlar huquqlariga bo’lgan e’tibor juda yuksak darajada bo’lgan.
Zardusht ta’limotida insoniyat taraqqiyoti uchun eng muhim jihatlar yana shu ediki, u doimo oddiy chorvadorlar va dehqonlarga murojaat qilib, inson chorvaning ko’payishiga, yaylovlarning gullab-yashnashiga yordam bergan taqdirdagina, dehqonchilik va sug’orish ishlarida ishtiyoq bilan mehnat qilganda Ahura Mazdaning inoyatiga moyil bo’lgan, deyiladi. Bu bilan Zardusht oddiy mehnatkash insonning huquqini ulug’lab, ularni hukmdor, hokimlar, zodagonlar, oqsoqollar, kohinlar, sarkardalar tabaqasiga tenglashtiradi va hatto “Avesto”da ularga atab maxsus bob ham ajratadi.
Kitobda tabiatga, atrof-muhitga, o’simliklar olamiga, hayvonlarga bo’lgan e’tibor insonning diqqatini o’ziga tortadi. Bugungi til bilan aytganda atrof-muhitni muhofaza qilish huquqiga e’tibor qaratilgan.
“Avesto”da kishilarning o’zaro muomala va munosabatlarida lafzdan qaytmaslik, berilgan so’z (va’da)ning ustidan chiqish, majburiyat va qasamga sodiq bo’lish, savdo-sotiq ishlarida majburiyat va shartnomalarga qat’iy amal qilish, omonatni, ya’ni qarzni o’z egasiga vaqtida qaytarish kabi imonlilik va diyonatlilikni anglatuvchi ezgu hislarni ko’ramiz. Ichgan qasamni buzgan odamning bu jinoyati, ya’ni gunohi uchun albatta jazoga giriftor bo’lishidan ham ogoh bo’lamiz:
“Kimda-kim qarzni o’z egasiga qaytarmasa, uning bu amali o’sha omonatni o’g’irlagan bilan barobar bo’ladi”.

Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish