2-mavzu: O’zbekiston hududida qadimgi davr davlati va huquqi



Download 44,4 Kb.
bet2/10
Sana09.12.2022
Hajmi44,4 Kb.
#882394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

Qadimgi So’g’diyona. Bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil faoliyat ko’rsatgan. Uning hududlariga qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari yerlari kirgan. Davlatning poytaxti Samarqand shahri bo’lgan. So’g’diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo’lgan.
Farg’ona vodiysida qadimda Davan podsholigi bo’lgan. Davan davlati mil. avv. IV yoki III asrlarda yashagan. U davrda bu davlatning nomi Parkana bo’lgan. Davan nomini xitoylar berganlar. Xitoyshunos N.Ya.Bichurinning fikricha, Davan – Qo’qondir, ham shahar va o’lkadir.
Farg’ona podsholigi Eron ahamonylariga ham, makedoniyalik Iskandar Zulqanaynga ham tobe bo’lmagan va o’z mustaqilligini saqlab qolgan. Bu davlat hududlari Salavkiylar davlati tarkibiga ham kirmagan.
Mil. avv. II asr Xitoy manbalari ma’lumotlarida ta’kidlanishicha, Farg’onada 300 ming aholi yashagan. Vohada 70 ta shahar bo’lgan, poytaxti Ershi (hozirgi Marhamat) shahri edi.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Farg’onada ayniqsa dehqonchilik, hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan.
Qang’ davlati ba’zi manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. III asrning boshlarida vujudga kelgan. Bu davlat Toshkent vohasi, Talos vodiysi, qisman Chu daryosining quyi oqimidagi hududlarni o’z tarkibiga qamrab olgan. Mil. avv. II-I asrlarda qang’lilar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni va Xorazmni ham o’zlariga qo’shib olganlar. Tarixiy manbalarda mil. avv. I va milodiy I-II asrlarda Qang’ davlati hududida 120.000 oila yoki 600.000 kishi yashaganligi qayd etiladi. Bu davlat tarix sahnasida yetti asr yashagan va milodiy V asriga kelib inqirozga uchragan.
Manbalarda Qang’ davlati mil. avv. I va milodiy I-II asrlarda buyuk davlat bo’lganligi ta’kidlanadi. Qang’lilar o’troq va yarim o’troq hayot kechirganlar. Ular asosan dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Aholining ma’lum bir qismi ko’chmanchi chorvachilik bilan band bo’lgan. Qang’lilarning markaziy shaharlari asosan ikkita edi. Ularning hukmdorlari yozni O’trorda (hozirda Aris va Turkiston oralig’i), qishlovni esa Qang’da (Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumani) o’tkazganlar. Bu davlat hududida yana boshqa ko’plab shaharlar bo’lgan.

Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish