Reja: XIX asrning oxirida Bolqon yarim oroli xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 21,77 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi21,77 Kb.
#207161
Bog'liq
11-seminar


Janubi – SHarqiy Evropa xalqlari XVII asrning ikkinchi yarmi –XX asr boshida

Reja:


XIX asrning oxirida Bolqon yarim oroli xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.

SHarqiy inqiroz. Bolqon yarim oroli xalqlarining milliy ozodlik kurashlari

XIX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida bolqon yarim oroli davlatlari taraqqiyoti masalalari

Turkiya va Avtro-Vengriya zulmi ostidagi Bolqon xalqlari

XX asr boshlarida bolqon yarim oroli davlatlari taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari

Bolqon urushlari

Avstro-Vengriya tarkibidagi slavyanlar, Bolqon davlatlarining xalqaro ahvoli

XIX asrning oxirida Bolqon yarim oroli xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.

Bolqon yarim oroli xalqlarining XIX asr so‘nggi choragidagi taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari milliy-ozodlik kurashlarining keskin va murosasiz tarda o‘tganligi 60-70 yillarda uzoq davom etgan “SHarqiy inqiroz”, milliy mustaqil davlatlarning vujudga kelishi va kapitalistik taraqqiyot shaklarining turlicha ekanligi, Evropaning rivojlangan davlatlarining xom ashyo va sanoat mollari sotiladigan bozori bo‘lib qolganligi kabi omillar bilan xarakterlanadi. 70-yillarda Bolgarlar, Makedoniyaliklar, Bosniya va gersogovinaliklar, usmoniylar imperiyasi qo‘l ostida bo‘lsa, xorvatlar, slovelar va voevodinaliklar Gabsburglar imperiyasi qo‘l ostida edi. Serbiya, Rumiyaniya ichki avtonomiyaga CHernogoriya rasman turk sultoniga qarm bo‘lsada amalda Turkiyaga bo‘ynsunmasdi. Faqatgina Gretsiya davlati rasman mustaqil edi. SHu sababli XIX asrning so‘nggida Bolqon xalqlarining milliy ozodlikka erishuvi tarixiy vazifa bo‘lib turardi.

Krit orolida antiturk qo‘zg‘oloni (1866-1869 yy) Bolgariyada qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi. 70-yillarda bolgarlarning qattiq kurashlari ularni o‘z cherkovlarini mustaqilligini ta’minlab berdi. Turkiya bolgarlarning alohida ekzarxiya iuziga ruxsat bersada, u Konstantinopoldagi patriarxga bo‘ynsunishi lozim edi. 60-yillarda chetniklar harakatining yakson etilishi (1868 yili Hoji Dmitr va Stefan Karaji) partizan kurashlarining yakunlanganligini anglatar va kurashning yangi usullariga o‘tish lozimligini ko‘rsatgandi. 70-yillarda milliy ozodlik haakatlariga Bolgariya markaziy inqilobiy komiteti (BMIK) rahbarlik qiladi. Uning dasturida turk zulmini tugatish va Dunay federatsiyasini tuzish kiritilgandi. Komitetning 1872 yili Buxarestda bo‘lib o‘tgan se’zdida rahbar sifatida Lyuben Karavelov va ichki inqilobiy tashkilot rahbari qilib Vasil Levskiy saylanadilar. Bolagriyada inqilobiy komitetlarning o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 1872 yilda V.Levskiyning fojiali o‘ldirilishi bilan yakunlanadi. BMIK a’zolarini ommaviy ravishda qamoqqa olish ishlari boshlanib ketadi. L.Karavelov esa, BMIK dan ketib, ma’rifatparvarlik faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlaydi. 1874 yilda Bolgariya vaqtli inqilobiy komiteti tuziladi. Unga demokrat va utopik sotsialist Xristo Botev alohida ajralib turardi.

Serbiya knyazligini 1860-68 yillarda Mixail Obrenovich boshqardi. Bu davrda knyazlik tashqi siyosatda bir qator muvoffaqiyatlarga erishdi. Obrenovich Bolqon yarim oroli markazida Serbiya boshchiligida kuchli davlat tuzishga va boshqa Bolqon xalqlari bilan hamkorlikda milliy ozodlik kurashi boshlashga tayyorgarlik ko‘radi. 1867 yilda Obrenovich Avstriyaning Prusiyadan mag‘lubiyatga uchragani va Krit qo‘zg‘oloni, Rossiya diplomatiyasi yordami bilan 4 ta turk qal’asi (Belgrad bilan birgalikda) va unga tutash erlarni Serbiyaga qo‘shib olishga muvoffaq bo‘ladi.SHu bilan bir qatorda Bolqon ittifoqini shakllantirishga ham urinish sodir bo‘ldi. 1866 yilda CHernogoriya bilan harbiy ittifoq tuzilgan bo‘lsa, bir yil o‘tib Gretsiya bilan ham kelishuvga erishiladi. Bolgarlarning “YAxshi kishilar drujinasi” deb ataluvchi jamiyati bilan ham kelishuv imzolanadi. 1868 yilda Ruminiya bilan kelishuv imzolanib, Rossiyadan Serbiyaga erkin qurol olib kelishga ruxsat olinadi. Ammo, harbiy xarajatlarning oshirilishi, soliq siyosatidan norozilik, Turkiya tomonidan norozilik Serbiyada fitna tashkil etilishiga va knyaz Mixail Obrenovichni o‘ldirilishi bilan yakunlanadi. 1868 1889 yillarda taxtga avvalgi knyazning jiyani Milan Obrenovich o‘tqaziladi. 1869 yili Serb xalqi skupshinasi chaqiriladi va konstitutsiya ishlab chiqariladi. YAngi konstitutsiya Serbiyani monarxiya deb e’lon qiladi. Qonun chiqaruvchi organ knyaz va skupshina o‘rtasida taqsimlanadi. Unga ko‘ra, knyaz deputatlarning chorak qismini tayinlasa, qolganlari saylanishi lozim edi. Skupshina tez oradi knyaz siyosatiga qarshi chiqa boshlaydi. Buning natijasida knyaz liberallar hokimiyatdan tushirib, skupshinani tarqatib yuboradi. Hokimiyatga konservatorlar keladi. SHu vaqtda Bolqon ittifoqi ham tarqalib ketadi.

Ruminiya knyazligi. 1866 yilda Ruminiyada qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, qirol (Karl Gogensollern) katta vakolatlarga ega bo‘ldi. U ikki palatali parlamentni tarqatib yuborish, qonunlar chiqarish, vazirlarni tayinlash va vazifasidan ozod qilish, armiya bosh qo‘mondoni vakolatlariga ega edi. Agrar reformaga qaramasdan yirik magnatlar o‘zlariga qarashli erlarning 80% ni saqlab qolishga muvofaq bo‘ldilar. Er egaligida feodal sarqitlar kuchli saqlanib qolmoqda edi. 70-yillarda yirik er egalalri mamlakat siyosiy hayotidagi muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etardilar. Ruminiyada Germaniya va Avstro-Vengriyaning kuchli ta’siri mavjud bo‘lib, 1875 yilgi SHarqiy inqiroz davrida ularning talabi bilan ruminiya betaraf turdi. Davlat qarzi ham oshib brib 1875 yilda davlat byudjetidan 5 barobar ortiq qarzdorlik mavjud edi.

CHernogoriya 1852 yilda dunyoviy davlatga aylanishi bilan qabilalarning konsolidatsiyasi tezlashdi. Knyaz Nikolay (1860-1918 yy) janubiy slavyanlarning milliy ozodlik harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Ayniqsa, qo‘shni Gersogovinani qo‘lladi. Bu erda voevoda Luka Vukalovich uzoq vaqt turklarga qarshi kurash olib borgandi. 1866 yilda Serbiya bilan ittifoq tuziladi. Unga ko‘ra, knyaz Nikolay agar ozodlik kurashi muvoffaqiyatli chiqsa, obrenovichlar foydasiga taxtdan voz kechishga ham rozi ekanligini bildiradi.

Xorvatlar, slovenlar Va voevodalik serblar. Avstriyaning prusiyadan 1866 yili mag‘lubiyatga uchrashi Avstriya hukumatining Vengriya hukmron doiralari bilan kelishuvini tezlashtirdi. Bu esa imperiyaning bo‘linib ketishini oldini olardi. 1867 yildan davlat Avstriya-vengriya deb atala boshlandi. Ushbu davlat tarkibiga kiruvchi slavyan erlari ham ikkiga bo‘lindi. Xorvatiya va Voevodina Vengriya tarkibidagi hudud, sloveniya, Istriya va Dalmatsiyaning katta qismi Avstriya tarkibida deb e’lon qilindi.

Vengriya hukmron doiralari katta qiyinchiliklar bilan Xorvatiyani o‘z qo‘llarida ushlab qolishga muvoffaq bo‘ladilar. 1868 yilda Xorvatiya ilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Vengriyaga bo‘ynsunuvchi Xorvatiya cheklangan avtonomiya huquqini qo‘lga kiritadi. Ta’lim va sud ishlari xorvat tilida olib borilishiga kelishiladi. Ammo, bu qaror ayrim guruhlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Jumladan, “Pravashi” (adolat partiyasi) qattiq noroziligini bildiradi 1971 yilda ushbu partiya etakchilaridan bir E.Kvaternik qo‘zg‘olon ham ko‘taradi.

Sloveniyada avstriya zulmiga qarshi kurash taborlarda (xalq yig‘inlari) ko‘tarilib, sloven tilida so‘zlashuvchilarni yagona davlat atrofida birlashtirish, soliqlarni kamaytirish masalalari ko‘rib chiqila boshlaydi. Voevodinada vengrlar zulmiga qarshi harakatga liberal partiyasi 60-70 yillarda S.Miletich boshchiligida kurash olib bordi. U muharrirlik qilgan “Zastava” (Bayroq) gazetasi slavyanlarning milliy ozodligi uchun kurashni har tomonlama qo‘llab-quvvatlardi. Bosniya va Gersogovina. Usmoniylar imperiyasining Evropa qit’sidagi mulklari ichida eng qoloq o‘lka hisoblangan Bosniya va Gersogovinada feodal tartiblar bir qadar kuchli saqlanib qolingandi. Bu erda kmetchina deb ataluvchi pomeshchikdan ijaraga er olish tartibi krepostnoylikning asosiy ko‘rinishlaridan biri edi.

SHarqiy inqiroz. Bolqon yarim oroli xalqlarining milliy ozodlik kurashlari

XIX asrning 70-yillarida sodir bo‘lgan SHarqiy inqirozi Evropa davlatlarining shu davrdagi eng yirik siyosiy krizislaridan biri edi. Siyosiy kurash Bosniya va Gersogovinada 1875 yili boshlanadi. 1874 yilda ushbu o‘lkalarda qurg‘oqchilik va hosilsizlik bo‘ladi. SHunga qaramay Turkiya hukumati soliqni 25% ga oshiradi. Nevesinda boshlagan qo‘zg‘olon butun o‘lka bo‘ylab tarqaladi. Serbiya va CHernogoriya bu qo‘zg‘olonga butun Bolqon ahamiyatini berishga urinadi. 1876 yilda Bolgariyada qo‘zg‘olon ko‘tariladi va mag‘lubiyatga uchraydi. Aprel qo‘zg‘oloni Xristo Botev boshchiligidagi 200 kishidan iborat qurollangan kishilarning SHimoliy Bolgariyaga tushishi qo‘zg‘olonni yangidan avj olishiga sabab bo‘ldi. Bu harakat ham bostirilib, X.Botev o‘ldiriladi. Qo‘zg‘olonni bostirish jarayonida 30 ming bolgarlar qirg‘in qilinadi.

1876 yil iyunida Serbiya va CHernogoriya o‘zaro harbiy ittifoq tuzadilarva turkiyaga urush e’lon qiladilar. Serblar engiladilar. Ularning armiyasida 5 ming kishidan iborat rus ko‘ngillilar ham bor edi. 1877 yil boshlarida Rossiya vositachiligida urushdan avvalgi chegaralar saqlanib qolingan holda sulh tuziladi. 1876 yil dekabrda Konstantinopolda buyuk davlatlarning konferensiyasi bo‘lib o‘tib, Bosniya va Gersogovina, Bolgariyaga avtonomiya berishni Turkiya bajarishdan bosh tortadi. Bu esa Rossiyaning urushga kirishga sabab bo‘ldi. Avstro-Vengriyaning betarafligini Bosniya va Gersogovina evaziga qo‘lga kiritgan Rossiya 1877 yil 12 aprelda Turkiyaga urush e’lon qiladi.

Ruminiyada 1876 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Liberallar partiyasi asta-sekin neytralit va undan Rossiya bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1877 yilda Ruminiya bilan Rossiya o‘rtasida kelishuvga ko‘ra, Rus armiyasi Ruminiya hududidan o‘tishi ta’minlandi. May oyida Ruminiya Turkiyadan to‘liq mustaqil ekanligini e’lon qilgan bo‘lsa, iyun oyida Turkiyaga urush e’lon qiladi. 1 dekbrda esa, serbiya ham urushga qo‘shiladi. 1878 yil 19 fevralda Konstantinopol yaqinidagi San-Stefano qishlog‘ida sulh tuziladi. Unga ko‘ra, Bolgariya Bolqon yarim orolidagi yirik davlatga aylandi. Makedoniya ham uning tarkibiga kirib, Egey dengiziga ham chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Serbiya va chernogoriya ham to‘liq mustaqil deb e’lon qilinib ularning hududlari birmuncha kengaydi. Bosniya va Gersogovina esa, Xristian gubernatorga ega avtonom hudud deb tan olinadi.

Angliya, Avstro-Vengriya davlatlari Rossiyaning Bolqondagi ta’siri o‘sishidan qo‘rqib, San-Stefano shartnomasini qayta ko‘rib chiqishni ialab qiladilar. Bismarkning tashabbusi bilan 1878 yilning 1 iyulida Berlinda xalqaro konferensiya chaqiriladi. bolgariya davlatining janubiy qismlari tortib olinib, Turkiyaga SHarqiy Rumeliya nomi ostida avtonomiya huquqi bilan qaytariladi. Makedoniya to‘liq Turkiya hukmronligiga qaytariladi. Avstro-Vengriya esa, Bosniya va Gersogovinani no’ma’lum muddatga okkupatsiya qilishga, u erda islohotlar o‘tkazish huquqini oladi. CHernogoriya, Ruminiya, Serbiyaning milliy mustaqilligini Berlin konferensiyasi e’tirof etadi. Berlin konferensiyasi qarorlari, Bolqon yarim oroli xalqlarining milliy ozodlik kurashlariga qarshi kuchli zarba bo‘ldi. Bolgariya hududlarining bir qismini Turkiyaga qaytarilishi, Bosniya va Gersogovinaning okkupatsiya qilinishi, Makedoniya va Novi-Pazar sanjoqligining Turkiyaga to‘liq qaytarilishi Bolqon xalqlarining tarixiy vazifasini amalga oshira olmaganligini, milliy mustaqillikni qo‘lga kirita olmaganligini ko‘rsatadi.

XIX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida bolqon yarim oroli davlatlari taraqqiyoti masalalari.

Bolgariya. Berlin konferensiyasi qarorlariga ko‘ra, Bolgariya davlatining mahalliy boshqaruvi shakllanganga qadar 10 oy muddatda Rossiyaning vaqtincha boshqaruvi saqlab qolinishi ko‘zda tutilgandi. Bu vaqt davomida rossiya boshqaruvi, mahalliy fuqaroviy boshqaruvni, Bolgar milliy armiyasini shakllantirishi, Bolgariya knyazligi konstitutsiyasini ishlashga ko‘maklashishi lozim edi. 1879 yil fevralda Tirnovo shahrida ta’sis majlisi ish boshlaydi. 16 fevralda majlis Tironovo konstitutsiyasi deb nomlangan Bolgariya konstitutsiyasini qabul qiladi. Bolgariya knyazligi sulolaviy monarxiya deb e’lon qilinadi. Ammo, buyuk xalq yig‘ilishi (parlament) qonun chiqarish huquqini saqlab qoladi. Konstitutsiyaga ko‘ra, xususiy mulk daxlsizligi, liberal burjuaziya erkinliklari, 21 yoshga to‘lgan erkaklarga umumiy saylov huquqini berardi. Konstitutsiya qabul qilingandan bir kun o‘tib, buyuk xalq yig‘ilishi nemis shahzodasi Aleksandr Battenbergni Bolgariya knyazi etib saylaydi. Turkiya qo‘l ostidagi sharqiy Rumeliyada general-gubernator boshqaruvi joriy qilinib, turk sultoni tayinlagan xristian diniga mansub shaxs bu mansabga o‘tirishi kelishilgandi.

Tirnovo yig‘ilishlarida Bolgariya siyosiy hayotida bundan keyin muhim rol o‘ynaydigan ikki partiya liberal (mayda burjuaziya manfaatlarini himoya qiladi) va konservatorlar (oliy ruhoniylar, yirik savdogarlar va boy er egalari manfaatlarini ifodalaydi) partiyalari ham shakllanadi. Parlamentda liberallarning ko‘pligiga qaramasdan Knyaz A.Battenberg konservaorlarga tayanib ish ko‘ra boshlaydi. bundan uning ko‘zlagan maqsadi knyaz hokimiyatini cheklovchi konstitutsiyani bekor qilishga erishish edi. 1881 yil 27 oktyabrda davlat to‘ntarishi bo‘lib, konstitutsiya bekor qilinadi, liberallar ta’qib ostiga olinadi. Bolgariyaning Rossiya bilan munosabatlari yomonlashadi. 1885 yilda esa, SHarqiy Rumeliyada qo‘zg‘olon bo‘lib, Rumeliya Bolgariya bilan qo‘shilganini e’lon qiladi. knyaz Battenberg qo‘shinlarni janubga yo‘naltiradi. Rossiya to‘ntarishni tan olmaydi va Bolgariyadagi o‘z ofitserlarini chaqirib oladi. SHu vaqtda Serbiya knyazi Milan Obrenovich Bolgariyaning mavqei pasayib ketganidan foydalanishga urinib ko‘radi. Slivnitsa degan joydagi to‘qnashuvda serblar mag‘lub etiladi. 1886 yil Buxarestda avvalgi chegaralarni tiklash to‘g‘risida sulh imzolanadi.

Bolgariyada 1886 yil avgust kuni davlat to‘ntarishi bo‘lib, harbiylar A.Battenbergni asirga oladilar va mamlakatdan chiqarib yuboradilar. Ammo, rusofillarga qarshi Avstro-Vengriya tarafdorlari Stefan Stambolov boshchiligida kontrto‘ntarish o‘tkazib, mamlakatda diktatura o‘rnatadilar. 1887 yilda Vena hukdor doiralari ko‘rsatmasiga binoat Bolgariya knyazi sifatida taxtga nemis shahzodasi Ferdinand Koburgskiy o‘tqaziladi. Koburgskiy sekin-astalik ilan stefan Stambolov hokimiyatini cheklab boradi. 1894 yilda uni istefosini olishga erishadi. 1886 yilda Rossiya bilan uzilib qolgan diplomatik aloqalarni tiklaydi.

Iqtisodiy jihatdan Bolgar knyazligi qoloq, agrar davlat edi. milliy mustaqillikni qo‘lga kiritish jarayonida feodal tartiblar ham bekor qilinadi. 1897 yilgi ma’lumotlarda 5 ga erga ega aholi mamlakatni 50% ni tashkil etgan. Bu esa, umumiy ekiladigan erlarning 25% ga ular egalik qilganligini ko‘rsatadi. 10 ga va undan ortiq erga ega bo‘lgan aholi umumiy aholining 1/5 ni tashkil etib, ekiladigan umumiy er maydonining yarmidan ortiqrog‘ini qo‘lida tutib turgan. XIX asrning so‘nggida ham Bolgariyada hunarmandchilik ustun mavqega ega edi.

Serbiya. 1878 yilda to‘liq mustaqillikni qo‘lga kiritgan Serbiya iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotda Avstro-Vengriyaga qaramligi ortib boraverdi. 1881 yilda milan Obrenoviya maxfiy ravishda Avstro-Vengriya bilan konvensiya imzolaydi. Unga ko‘ra, Serbiya Avstro-Vengriya roziligisiz biror davlat bilan diplomatik aloqalar olib bormasligi lozim edi. Bu esa, Rossiya bilan munosabatlarni yomonlashuvini anglatardi. 1882 yilda Obrenovich Serbiyani qirollik, o‘zini esa, qirol deb e’lon qiladi. mamlakatda ikki partiya Liberallar (Avstriyaparastlar) va prednyaskiy (taraqqiyot) (Rossiyaparast) pariyalar 1881 yilda shakllanib bo‘lgandi. 60-70 yillarda tuzilgan radikal partiya mamlakatda eng katta ta’sirga ega edi. etakchisi Nikola Pashich bo‘lgan va mayda burjuaziya manfaatlarini ifodalovchi bu partiya Bolqon xalqlarini Rosiya homiyligi ostida yagona ittifoqqa irlashishni targ‘ib qilardi.

1883 yilda Serbiya sharqidagi Timok okrugida qo‘zg‘olon bo‘lib, unga sabab qirolning aholi qo‘lidan qurollarni olish haqidagi buyrug‘i bahona bo‘ladi. Urushdan vayron bo‘lgan, aholini ocharchilik xavfi tark etmagan bir vaqtda bu qaror qo‘zg‘olona bahona bo‘lib xizmat qildi. 1885 yilda bolgariya bilan muvoffaqiyatsiz urush Obrenovichlar sulolasini obro‘sini butunlay tushirib yuboradi. sulolani saqlab qolish maqsadida Milan o‘zining voyaga etmagan o‘g‘li Aleksandr foydasiga taxtdan voz kechadi. Sulolani saqlab qolish uchun Obrenoviya mamlakatdagi eng ta’sirli bo‘lgan Radikalar partiyasi bilan kelishadi. ular boshchiligida hukumat tuzish va liberal islohotlarga yo‘l ochish evaziga sulolani saqlab qolishga kelishiladi.

1888 yilda qabul qilingan konstitutsiya, Serbiyani parlamentar monarxiya deb e’lon qiladi. Mamlakatda birinchi bor hukumatni Parlament oldida hisobot berishiga erishiladi. 1893 yilda korol Aleksandr voyaga etganini e’lon qilib, hokimiyat boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. bir yil o‘tib, 1888 yilgi konstitutsiya 1869 yilgi konstitutsiya bilan almashtiriladi. 1899 yilda korolning otasi Milan hayotiga suiqasd qilinishi bilan mamlakatda repressiya avj oldiriladi. saroy fitnalari 1903 yilga qadar davom etadi.

Serbiya iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rinda turardi. Hatto, 1900 yili ham mamlakatning 50% aholi band edi. shu bilan bir qatorda XIX asrning so‘nggi choragida shahar aholisi uch martadan ko‘proq o‘sdi. Sinfiy diferensiatsiya kuchaydi. masalan, asrning so‘nggi sakiz yilida, 10 ga va undan ortiq er maydoni mavjud shaxslar 4 barobar ko‘paygani holda 5 ga erga egalik qiluvchilar 20% ga kamayib ketadi. 11% dehqonlar ersiz bo‘lib, yana shunchasi 1 ga erga egalik qilardi. Serb qishloqlari qashshoqlashib bordi. 1900 yilgi ma’lmotlarda 14 ming dehqon xususiy shaxslar, davlatdan olingan qarz evaziga erlaridan mahrum bo‘lganligi qayd etilgan. XIX asr so‘nggida mamlakatda 28 ta ishlab chiqaruvchi korxona mavjud bo‘lib, ularda 3 ming ishchi ishlagan. 1900 yilda mamlakatda 135 turdagi hunarmandchilik bo‘lib, unda 33 minghunarmand va 20 ming shchi ishlagan. 1878 yilda yagona pul birligi dinor qabul qilinadi. SHu yili emission ban va Belgrad savdo birjasi tashkil etiladi. 1884 yilda bergrad-Nish temir yo‘li quriladi. Bular savdo va ichki bozorni rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 1900 yilgi statistikaga ko‘ra, serbiyada 7 ming savdogar va ularning 8 mingdan ortiqroq yordamchilari va xizmatchilari bor edi.

Ruminiya. Ruminiya davlati mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng Avstro-Vengriya bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1881 yilda maxfiy kelishuv imzolanadi va Ruminiya uchlar ittifoqi ta’siriga tushib qoladi. Mamlakatda Avstro-Vengriya, germaniya imperialistlarining moliyaviy, iqtisodiy mavqei o‘sdi. 1888 yilda mamlakatda qo‘zg‘olonlar bo‘lib, dehqonlar, erlarni teng taqsimlash, nohaq to‘lov va majburiyatlarni, qarzlarni bekor qilishni talab qiladilar.

1893 yilda Buxarestda Ruminiya sotsial-demokratik partiya tashkil etiladi. ammo, partiya ichida inqilobchilar va islohotchilar o‘rtasidagi nifoq, XX asr boshida partiyani deyarli tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi Liberallar partiyasi 12 yil mobaynida hukumatni boshqarishi natijasida (I.Bratianu) sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator qonunlar qabul qiladi. Neft ishlab chiqarish Rumin sanoatining muhim tarmog‘iga aylanadi. XIXasrning so‘nggi 20 yilida neft qazib chiqarish 15 martaga ko‘payadi. CHet el kapitali XIX asr oxirida Ruminiyadagi 4/5 qism oksionerlik jamiyatining kapitaliga egalik qilardi. Dehqonlarning xonavayron bo‘lishi davom etib borib, XX asr boshlaridagi statistikaga ko‘ra, mamlakatdagi dehqonlarning chorak qismi ersiz edi. 25% dehqonlar esa 2 ga va undan kam erga egalik qilardi. 1500 yirik pomeshchiklar esa, 600 ming mayda dehqon xo‘jaliklari bilan solishtirganda 1,5 barobar ko‘p erga egalik qilardilar.

CHernogoriya. CHernogoriya hududi mustaqillikni qo‘lga kiriish arafasida 2 barobar ko‘paydi. Podgoritsa, Nikshich, Kolashin shaharlari, Adriatika dengizi bo‘yidagi Bar, Ulsinlarni ham o‘ziga qo‘shib olad. Berlin konferensiyasi qarorlariga ko‘ra qirg‘oqbo‘yida Avvstro-Vengriyaning politsiya va sanitar xizmati nazorati o‘rnatiladi. CHernogoriya va Serbiyani birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Avstro-Vengriya ikki mamlakat o‘rtasidagi turkiya qo‘l ostida qoldirilgan Novi-Pazar sanjoqligini okupqsiya qilib oladi. CHernogoriyada uzumchilik, tamaki etishtirish, tut daraxti etishtirish rivojlana boshlaydi. ammo, er etishmasligi sababli, har yili CHernogoriyani minglab qishilar tashlab ketardi. Bir qator shaharlarning qo‘shib olinishi CHernogoriyada shahar hayoti va ishlab chiqarishning vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. daraxt kesish va uni qayta ishlash korxonalari, piva ishlab chiqarish rivojlandi. Burjuaziyaning shakllanishi bir qadar kech bo‘lib, savdogarlar, amaldorlar va boy er egalari burzuaziya sinfini shakllantira boshladilar. Ayrim qabila oqsoqollarining o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishga tikishi, ularning ham burjuaziyalashuviga olib kela boshladi. 1878 yildan boshlab mamlakatda uzoq vaqt tinchlik o‘rnatilishi qator islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi. knyaz Nikolay (1860-1918 yy) cheklanmagan hokimiyatga ega edi. qonun chiqaruvchi organ davlat kengashi bo‘lib, ular knyaz tayinlagan 8 kishidan iborat bo‘lardi. 1879 yilda knyaz tayinlagan hukumat mamlakatni o‘zgarishsiz 28 yil boshqardi. ma’muriy jihatdan mamlakat 10 ta okrugga bo‘linadi. okruglar esa kapitaneylarga bo‘linib, ularning har birida knyaz tayinlagan amaldor turgan. ular fuqaro va sud ishlarini boshqarardi. Armiya rus armiyasi tartibida tashkil etilib, umumiy harbiy majburiyat joriy etiladi.

YUnoniston. sharqiy inqiroz davrida Fesaliya, Krit, Epirdagi yunonlar orasida ham milliy ozodlik harakati kuchayadi. Angliyaning talabi bilan Gretsiya hukumati Fessaliyadagi yunonlar qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortadi. Berlin kongressida esa, Kiprni no’ma’lum muddatga Turkiya Angliya ixtiyoriga beradi. SHunday bo‘lsada, Turkiya Berlin konferensiyasi qarorlariga ko‘ra, 1881 yilda Gretsiyaga Fessaliyaning bir qismi va Epirdagi Art hududini berishga majbur bo‘ladi.

1896 yilda krit orolida qo‘zg‘olon bo‘lib, kritliklar Gretsiya bilan birashganliklarini e’lon qiladilar. 1897 yilda boshlangan urushda gretsiya armiyasi Turkiya tomonidan mag‘lub etiladi. Krit avtonomiya olishga va turk sultoni qo‘l ostida qolshga majbur bo‘ladi. XIX asr oxirida ham Gretsiya qoloq davlat edi. uning iqtisodiyoti to‘liq chet el kapitaliga qaram bo‘lib, 1893 yilda fransuz kapitali yordamida Korinf bo‘ynida kanal qazilib ishga tushiriladi. Ammo, shu yili Korol Georg I (1863-1913 yy) o‘zining bankrotligini e’lon qiladi.

Turkiya va Avtro-Vengriya zulmi ostidagi Bolqon xalqlari.

Berlin konferensiyasidan keyin Turkiya qo‘l ostiga adrianopol okrugi, makedoniya va albaniya hududlari qolgandi. Makedoniyada slavyanlardan tashqari, turklar, greklar, albanlar, kutso-valaxlar yashardi. mamlakat qoloq, agrar hududlardan biri bo‘lib, aholi uch tomonlama (Turk pomeshchiklari, sudxo‘rlar va davlat) zulm ostida qolgandi. Dehqonlar huquqiy jihatdan erkin bo‘lib, er etishmasligidan qiynalardi. taxminan 80% ekiladigan erlar pomeshchiklarga tegishli edi. 20 % er dehqonlarga teshli edi. Ma’lumotlarga qaraganda har yili makedoniyani o‘rtacha 70 ming kishi tark etgan. doimiy ravishda chet el sanoat tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoatni rivojlanishiga to‘sqinlik qilardi. Makedoniyaning yirik iqtisodiy markazlari saloniki, Bitol, Skople shaharlari bo‘lib, sanoat va hunarmandchilik ushbu shaharlarda taraqqiy etgandi.

Milliy ozodlik harakatlari ham XIX asr oxirida yana kuchayib bordi. 1893 yilda salonikida Ichki makedoniya inqilobiy tashkiloti (IMIT) tuziladi. Uning aosiy maqsadi makedoniyada turkiya qo‘l ostida avtonomiyani qo‘lga kiritish edi. IMIT ichida so‘l qanot ham shakllanib, uning etakchisi va mafkurachisi g.Delchev bo‘lib, uning tarafdorlari to‘liq mustaqillikni qurolli kurash orqali qo‘lga kiritishni talab qilardi. 1896 yilda chaqirilgan sez’dda IMIT yangi ustav qabul qiladi. unga ko‘ra, Barcha inqilobiy kuchlar avtonomiya uchun birlashishga chaqirilgandi. 1893 yilda V.Glavinov tomonidan Sofiya shahrida makedoniya sotsial-demokratik partiyasi ham tashkil topadi. Partiya ustavida makedoniyani milliy ozodligi va Bolqon federatsiyasi tarkibiga kirishi haqidagi fikrlar keltirilgan. 1900 yilda otsial-demokratlarning Krushevo shaharchasida birinchi se’zdi bo‘lib, IMITning so‘l qanoti bilan birgalikda harakat qilishga kelishiladi.

XIX asrning oxirida Albaniya Turkiyaning eng qoloq o‘lkalaridan biri edi. Asr oxirida Alban milliy ozodligi tashkiliy ahamiyat kasb eta boshladi. Harakatlarni Alban ligasi boshqara boshladi. 1880 yilgi qo‘zg‘olon vaqtida o‘lkada bir muddat boshqaruv qo‘lga ham olingandi. 80-yillarda ma’rifatparvarlik harakatlari ham avj oladi. 1886 yilda Korche shahrida birinchi maktab ochiladi. asr oxirda albaniyada sulton bilan kelishish va avtonomiyaga erishish g‘oyalari ilgari surila boshlangan.

Berlin konferensiyasidan so‘ng Xorvatiya, Dalmatsiya, Sloveniya, Voevodina, Bosniya va Gersogovina Avstro-Vengriya qo‘l ostiga o‘tishiga erishildi. Bosniya va gersogovinani okkupatsiya qilingani dastlabki yillarida barcha hokimiyat harbiylar qo‘lida edi. 1881 yilda o‘lkada umumiy majburiy harbiy xizmat joriy qilinadi. Bu esa aholining umumiy noroziligiga va 1882 yilda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. xristianlar bilan birgalikda musulmonlar ham yonma-yon turib kurash olib boradi. 1883 yilda fuqaroviy boshqaruvning joriy etilishi o‘zgarish olib kelmadi. 1883 yildan 1903 yilgacha imperiyaning moliya vaziri V.Kallay boshqaruvi joriy etiladi.

Xorvatiya, Sloveniya, Voevodina erlari bir qadar taraqqiy etgan hududlar bo‘lib hisoblanardi. Sloveniyada 80 yillarda sanoat to‘ntarishi sodir bo‘ladi. metallurgiya, tekstil sanoati rivojlanadi. amm, Avstro-Vengriya kapitali ustunligi Sloveniyada ham sezilib turardi.

Asr Oxirida Xorvatiyada asosan yirik pomeshchik xo‘jaliklarini kapitalistik tartibda qayta qurish sodir bo‘ldi. ularga ekiladigan er maydonining 25% dan ortiqrog‘i tegishli edi. kambag‘al xo‘jaliklar 705 ni tashkil etsalarda umumiy er maydonning katta qismini egallab olgan 8% er egalariga teng bo‘lgan erga egalik qilardilar. yuz minglab dehqonlar mamlakatdan chiqib ketardi. Asosan Dalmatsiya o‘lkasidan muhojirlikka ketish kuzatilgan.

Voevodinada yirik pomeshchiklar, vengrlar va serblar bo‘lib, ular asosan bug‘doy etishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalik yuritardilar. Dehqonlar qo‘lida ekiladigan umumiy er maydonining 1/10 qismi qolgandi xolos. Sanoat asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgandi.

Vengr hukmron doiralari Xorvatiya xo‘jaligini eksplutatsiya qilish yo‘lidan boradilar. Ular 1868 yilgi shartnomani sistematik tarzda buzib boradilar. Vengr tilini zo‘ravonlik bilan qabul qildirishga bo‘lgan urinishlar 1883 yilda Zagrebda qo‘zg‘olon kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qo‘zg‘olon bostirilib, ban Kuen-Xedervarining politsiya rejimi o‘rnatiladi. 20 yil davomida (1883-1903 yy) repressiya avj olib madyarizatsiya, serb-xorvat dushmanchiligi avj oldiriladi. Nemisparastlik avj oldiriladi. Hatto, 1894 yilda tuzilgan katolik milliy partiyasi ham shu yo‘nalishdan boradi. bu partiya 11 yildan so‘ng Sloveniya xalq partiyasi nomini olsada, ular Gabsburglar homiyligi ostidagi YUgoslaviya ittifoqi tashkil topishini targ‘ib qilardi.

XX asr boshlarida bolqon yarim oroli davlatlari taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari

XX asr boshlarida Bolqon yarim oroli hududi imperialistik davlatlarning siyosiy kurash maydoniga aylanib qoldi. berlin konferensiyasi milliy ozodlik masalalarini to‘liq hal eta olmadi. milliy, hududiy nizolar, ozodlik kurashlari asr boshida yangi kuch bilan avj olib bordi. milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan Bolgariya, ruminiya, Serbiya, CHernogoriya, Gretsiya davlatlari ijtimoy va iqtisodiy jihatdan bir-biridan keskin farq qilardi. Agar, Ruminiya va Xorvatiyada ijtimoiy hayotda pomeshchiklar muhim rol o‘ynagan bo‘lsalar, Serbiya va Bolgariyada pomeshchiklar bo‘lmagani holda kapitalizm dehqonlarning xonavayron bo‘lishi hisobiga amalga oshdi. Bosniya va gersogovina, Dalmatsiya va CHernogoriyada kapitalistik munosabatlar feodal sarqitlar kuchli ta’siri ostida yanada kechroq kirib keldi.

Bolgariya. XX asr boshlarida kapitalizm Bolgariyada bir qadar taraqqiy etdi. sha sababali milliy sanoatni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator qonunlar chiqarildi. 1911 yilda Bolgariyada, 300 dan ortiq yirik ishlab chiqarish korxonalari mavjud edi. Ular asosan, oziq-ovqat, tekstil, qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan edi. Ammo, mamlakatning chet el kapitaliga qaramligi ham ortib borayotgandi. bolqon urushi arafasida mamlakat byudjetining ¼ qismi tashqi qarzlarni to‘lashga ketardi. qishloqlarda mayda dehqon xo‘jaliklari xonavayron bo‘lishi kuchaydi. Ularning daromadi 30% soliqlarni to‘lashga ketardi.

Bolgariyaning siyosiy rivojlanishining o‘ziga xosligi ko‘ppartiyaviyligida edi. Mamalakatda bir qator partiyalar faoliyat olib brardi. ular o‘rtasidagi ichki kurashlar knyazning o‘z hokimiyatini mustahkamlash imkonini berardi. 1903 yilda bu holat knyazga shaxsiy hokimiyatini, politsiya, terror rejimini o‘rnatish imkonini ham beradi. Asr boshlarida Bolgariyada ikki kurashuvchi lager shakllanadi. Ulardan biri uchlar ittifoqi, ikkinchisi antanta tarafdorlari bo‘lib, Nemisparast kuchlar ustun mavqega ega edi. Knyaz Koburgskiy ularga tayanib, uchlar ittifoqi bilan yaqinlashish yo‘lidan boradi. 1908 yilda yosh turklar inqilobidan so‘ng knyaz Koburgskiy SHarqiy rumeliyani ham to‘liq ozod deb e’lon qiladi va o‘zini Bolgari podshosi deb e’lon qiladi.

Serbiya. XX asrning birinchi yili Serbiyada oktoiravan (oktoirovan-Monarx tomonidan yuqoridan tuhfa e’tilgan va parlament tomonidan qabul qilingan degan ma’noni bildiradi) konstitutsiya nomi bilan kiradi. Konstitutsiya ikki palatali parlament (Skupshina va senat) ni joriy etdi. Korol Aleksandr 1899 yili otasi Milanga qilingan suiqasddan so‘ng, mamlakatga bir qadar erkinlik berish orqali kuchli noroziliklarni tinchitishga erishmoqchi edi. Ammo, korol kutgan natijaga erisha olmadi. 23 mart 1903 yilda Belgradda hukumatga qarshi kuchli namoyish bo‘lib, namoyishchilardemokratik erkinliklar berish va ijtimoiy hayotni yaxshilashni talab etadilar. 29 may (11 iyun) 1903 yilda mamlakatda harbiy to‘ntarish bo‘lib, korol Aleksandr va obrenovichlar oilasi o‘ldiriladi. Serbiya taxtiga Pyotr Karageogrgovich (1903-1921 yy) o‘tiradi. Mamlakat Burjuaziya-parlamentar monarxiya deb e’lon qilinadi. 1888 yilgi konstitutsiya qayta tiklanadi. Serb qirolligining ichki va tashqi siyosatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tashqi siyoatda serb radikallar etakchilik qilib, ular serblar yashaydigan hududlarni Rosiya imperiyasi yordamida birlashtirishni targ‘ib qiladilar. 1904 yilda Serbiya bojxona himoya ta’rifi qonunini chiqarib, Avstro-Vengriya bilan tuzilgan noteng boj ta’riflarini bekor qiladi. bu tashqi siyosatda endilikda Rossiya tomon yuz burganligini ko‘rsatardi. avstro-Vengriya bilan boj urishi boshlanib, tarixga “CHo‘chqa urushi” nomi bilan kiradi. CHunki Serbiya Avstro-Vengriyaga asosan cho‘chqa eksport qilardi. Antanta davlatlri yordami bilan Serbiya iqtisodiy qamalga bardosh bera oldi. 1909 yilda serb eksporti rekord natijaga etib 93 mln dinorni tashkil etadi. Avstro-Vengriya boj urushini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. boj urushi 6 yil davom etadi. tuzilgan yangi boj ta’riflari har ikki tomon uchun manfaatdorlik keltirardi. Tashqi siyosat masalasida ham Serbiyaning faollashuvi sodir bo‘lib, 1908 yili Bosniya va Gersogovinani Avtro-Vengriya tomonidan okkupatsiya qilinishi jarayonida Serbiya urushga kirishga tayyor edi. Ammo, Rossiyaning urushga tayyor bo‘lmaganligi bu urushni boshlamaslikka majbur qiladi. 1908-1909 yillarda Turkiyaga qarshi Serbiya, bolgariya, CHernogoriya va Gretsiya tomonidan ittifoq tuzishga urinish sodir bo‘ladi. Ammo, bu amalga oshmaydi.

XX asr boshlarida Serbiyaning muhim iqtisodiy yutug‘i boj urushida yutib chiqishi edi. Bu mamlakat sanoati taraqqiyotiga keng yo‘l ochdi. XX asr boshlarida sanoat korxonalarining soni 400 dan ortib ketadi. Ulardagi ishchilar soni 16 ming kishiga etadi. Avstriya kapitalidan tashqari asr boshlarida fransuz kapitalining Serbiya iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgani ham e’tiborga molik. Ammo, asr boshlarida hali ham Serbiyada hunarmandchilik ishlab chiqarishning asosini tashkil etardi.

Ruminiya. XX asr Ruminiya iqtisodiyoti uchun og‘ir moliyaviy va iqtisodiy inqiroz bilan boshlandi. shakar, neft ishlab chiqarish sanoatning etakchi tamoqlari edi. Sanoat ishlab chiqarishi bir tomonlama rivojlandi. Neft ishlab chiqarishda Ruminiya dunyoda AQSH va Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turardi. SHunday bo‘lsada, mashinasozlik, metallarga ishlov berish rivojlanmadi. oziq-ovqat sanoati neftdan so‘ng asosiy sanoat sohasi edi. Qishloqdagi dehqonlar ersizlik va kamerlilikdan aziyat chekardi. bu esa, 1905-07 yillarda chiqishlar bo‘lishiga olib keldi.

CHernogoriya. XX asr CHernogoriya uchun siyosiy inqirozlar bilan boshlandi. 1903 yilda bo‘lib o‘tgan to‘ntarish mamlakatda oppozitsiyani kuchaytiradi. 1905 yilda chiqishlardan so‘ng knyaz Nikolay skupshina chaqirishga rozi bo‘ladi. oktyabrda CHernogoriya konstitutsiyasini ishlab chiqish boshlanadi. Konstitutsiya knyazga keng vakolatlar bergandi. Skupshinaning eng katta yutug‘i davlat byudjetini tashkil etishi bo‘ldi. Ammo, Skupshina tezda siyosiy guruhlarning kurash maydoniga aylanadi. 1907 yilda knyaz Nikolayga suiqasd uyushtiriladi. Bu mamlakatda repressiyani kuchaytirib yuboradi. 1908 yilda hatto, bir muddat Serbiya bilan diplomatik aloqalar uzilib ham qoladi. Petrovichlar sulolasi nufuzini oshirish va ichki muammolardan xalq e’tiborini chalg‘itish maqsadida Nikolay CHernogoriyani 1910 yilda qirollik, o‘zini esa, qirol deb e’lon qiladi. SHundan so‘ng u Peterburgga sayohat qiladi va mamlakatga rus subsidiyasi kelishiga erishadi.

Gretsiya. XX asr boshida Gretsiyaning eksportida 75% mahsulot qishloq xo‘jaligini tashkil etardi. Sanoat to‘la chet el kapitaliga qaram bo‘lib, hunarmandchilik ishlab chiqarishi ustun mavqega ega edi. 1897 yilgi grek-turk urushi Gretsiya xo‘jaligiga katta zarar keltirdi. Asr boshlarida Gretsiya olida turgan asosiy vazifa greklar yashaydigan erlarni yagona davlatga birlashtirish edi. eng avvalo Krit orolini o‘zlashtirish birinchi galdagi vazifa sifatida qaralgan. 1908 yildagi YOsh turklar inqilobidan so‘ng Afinada ofitserlarning “Harbiy Liga” tashkiloti tuziladi. Ular liberal burjuaziya manfaatlarini ifodalab, mamlakatni moiyaviy va harbiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan islohatlarni talab etardilar. Harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasiga Krit liberal burjuaziyasidan bo‘lgan Venizelos keladi. U “buyuk Gretsiya dasturini ilgari surardi.

Bolqon urushlari.

XX asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida, Bolqon davlatlarida Turkiyaga qarshi ittifoq tuzish uchun qulay imkoniyat vujudga keladi. 1911 yil kuzida Turkiya Italiya bilan Tripolitaniya urushiga tortiladi. Makedoniya va Albaniyada milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan Bolgariya, Serbiya, CHernogoriya, Gretsiya kabi Bolqon davlatlarining birortasi Turkiyaga qarshi urushda yakka holda g‘olib chiqolmasdi. SHu sababli ular ittifoq tuzish orqali bu urushda g‘alaba qozonish mumkin degan g‘oyani ilgari sura boshladilar. Bolqon ittifoqi o‘zagini 1912 yil 29 fevral (13 mart) da tuzilgan Serb-Bolgar ittifoqi tashkil etardi. Ular Turkiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng erlarni taqsimlashda yagona fikrga ega bo‘lmay, o‘zaro kelishuvga ko‘ra, urushdan so‘ng rus imperatori hakamligiga umid bog‘langandi. 1912 yil 26 (29) mayda Bolgariya va Gretsiya o‘rtasida mudofa shartnomasi tuzilib, unda ham hudud masalasidagi kelishmovchiliklar ochiq qoldiriladi va bu ham kelajakdagi kurashlarga zamin hozirlaydi. CHernogoriya va Bolgariya o‘rtasida ozaki kelishuv amalga oshirilgandan so‘ng turkiyaga qarshi ittifoq shakllanishi yakuniga etadi.

Birinchi Bolqon urushi 1912 yil oktyabrida CHernogoriyaning Turkiya qarshi urush boshlashi va bir haftadan so‘ng ittifoqchilarning urushga qo‘shilishi bilan boshlanib ketadi. Hal qiluvchi janglar SHarqiy Frakiya, Makedoniya, SHimoliy Albaniya, Epir, Fessaliyada bo‘lib o‘tdi. Bolgariya armiyasi turklarni bir necha bor mag‘lubiyatga uchratib, Istanbuldan 40 km uzoqlikdagi CHataljada mudofaga o‘tishiga erishadi. Adrianopol uzoq qamalda qolib ketadi. Serblar makedoniya va Albaniyada turklarni mag‘lub etadilar. Greklar Epir, Fessaliyada g‘alaba qilib noyabr boshlarida Saloniki shahrini ozod qiladilar. turkiya sulh so‘rashga majbur bo‘ladi. Muzokaralar londonda buyuk davlatlarning elchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Ammo, Muzokaraga kirishuvchi tomonlar o‘zaro kelisha olmaganligi sababli 1913 yilning boshlarida urush yangidan avj olib ketadi. Turkiya Adrianopol va YAnina shaharlarini yo‘qotadi va shundan so‘ng Turkiya sulhga rozi bo‘ladi. 16(29) mayda Londonda tinchlik sulhi imzolanadi. Turkiya o‘zining Enos-Midiya liniyasidan shimoldagi Evropa mulklarini raqiblariga berishga majbur bo‘ladi. Albaniya o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritadi. Ammo, endilikda ittifoqchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Serbiya, Bolgariya, Gretsiya makedoniyaga da’vo qila boshlaydilar. Serbiya Albaniya mustaqillikni qo‘lga kiritgani sababli dengizga chiqish imkonidan mahrum bo‘lgani bois Makedoniyadan ulush talab qiladi. 1913 yil iyun oyi oxirida Bolgariya podshosi o‘z qo‘shinlariga Makedoniyadagi serb va yunon askarlariga qarata o‘q uzishga buyruq beradi. Bolgariyaga qarshi Ruminiya, turkiya ham urushga qo‘shiladi. Rumin armiyasi Dobrujani okkupatsiya qilib olib, Sofiyaga qadar boradi. Serbiya va Gretsiya Makedoniyani o‘zaro bo‘lib oladilar. Bolgariya va turkiya o‘rtasidagi sulhga ko‘ra Turkiyaga Adrianopol qaytariladi. bolgariya qo‘lida Frakiyaning g‘arbiy qismi qoldirillib, uning Egey dengiziga chiqish imkoniyati saqlanib qolinadi. Bolgariya Dobrujani yo‘qotganiga qaramay o‘z hududidini 16 ming km kvga ko‘paytirib oladi. Serbiya hududi va aholisi ikki barobar ortadi. CHernogoriya hududi 1,5 barobar ko‘payadi. CHernogoriyaga eski serb erlari Novi-Pazar sanjoqligi erlari o‘tadi. gretsiyaga janubiy Makedoniya erlari Saloniki, Kavalla portlari bilan birgalikda o‘tadi. G‘arbiy Frakiyaning bir qismi Seres hududi va Janubiy Epir Gretsiya tarkibiga kiradi. Kritning ham YUnonistonga berilishi hududini 2 barobar kengayishiga va aholisining 2,7 mlndan 4,6 mlnga etishini ta’minlaydi.

Avstro-Vengriya tarkibidagi slavyanlar, Bolqon davlatlarining xalqaro ahvoli.

Xorvatiya. XX asr boshlarida Avstro-Vengriya hududidagi slavyan erlarida siyosiy krizis kuchaydi. 1903 yilda Xorvatiyada demokratik harakatlar boshlanib, mamlakatni milliy ozodligi va feoda tartiblarni bekor qilishni talab qiladi. Zagrebda politsiya va namoyishchilarning to‘qnashuvi butun mamlakatda chiqishlar bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Harakat armiya yordamida qonga botirilsada, hukumat xalq yomon ko‘rgan ban Kuen Xedervarini boshqaruvini tugatishga majbur bo‘ladi. 1905-07 yillardagi Rossiya inqilobi ta’siri ostida Istriya, Sloveniya, Voevodinada kuchli xalq chiqishlari bo‘lib, hukumat barcha erkaklarga umumiy saylov huquqi berishga majbur bo‘ladi. xorvat va serb burjuaziya ham faollashib, ular gabsburglar hukmatiga qarshi kurash boshlaydilar. 1905 yil okyabrida bir vaqtning o‘zida xorvat deputatlari Rieka shahrida, serb deputatlari Zadare shahrida se’zdi boshlandi. ammo, deputatlarning bir qismi xorvatiyaga keng avtonomiya berish sharti bilan gabsburglar bilan hamkorlik qilishni istovchilar ham edi. Bolqon urushi davrida Xorvatiya, Slavoniya, Dalmatsiya, Sloveniya va Voevodina hududlarida ham milliy ozodlik kurashi avj oladi.

Bosniya va Gersogovinada XX asr boshlarida siyosiy kurashlarning asosiy mazmunini pravaslav va musulmon jamoalarining diniy va maktab erkinligini talab qilishlari tashkil etardi. 1906 yilgi Saraevodagi tamaki fabrikasida boshlangan ish tashlash umumiy namoyishlarga olib keldi. hukumat profsayuzlar tuzilishiga ruxsat beradi. 1908-09 yillardagi Bosniya va Gersogovina inqirozi davrida boshlangan noroziliklarni 1909 yilda Turkiya hukumati 2,5 mln funt evaziga Bosniya va Gersogovinadagi huquqlaridan voz kechgandan keyingina bostira oldi. 1910 yilda Avstro-Vengriya hukumati Bosniya va Gersogovinaga konstitutsiya taqdim etadi. Unda fuqarolarning qonun oldida tengligi va sabor chaqirilishi ko‘rsatib o‘tkazilsada, ijroiya hokimiyati avstriyslar qo‘lida qolaveradi. Sabor maslahat kengashi rolida bo‘lib, ijroiya hokimiyati sabor oldida javob bermasdi. 1910 yilda kmetlarning feodal tartiblarga qarshi kurashi Krayna va Pasavinada bo‘lib, hukumat uni bsotiradi. shunday bo‘lsada, 1911 yilda kmetlikdan pul to‘lash orqali ozod bo‘lish qonuni chiqariladi. XX asr boshlarida turli siyosiy va yashirin guruhlar tuzila boshlangandi. “Mlada Bosna” tashkiloti vakili Gavrilo Prins 28 iyun 1914 yilda Frans Ferdinandni o‘ldirishga muvoffaq bo‘ladi. Bu esa birinchi jahon urushi boshlanishiga turtki bo‘ladi.

Makedoniya. Makedoniyada milliy ozodlik kurashining yirik harakti 1903 yili Ilin-kuni qo‘zg‘oloni edi. Uni Ichki makedoniya ordinar inqilobiy tashkiloti (IMOIT) boshqargandi. tashkilotning o‘ng qanoti etakchisi G.Delchev 1903 yilda turk askarlari bilan to‘qnashuvda o‘ldiriladi. Bu esa, tashkilotni umumiy qo‘zg‘olon boshlashga turtki bo‘ladi. 2 avgust kuni qo‘zg‘olon boshlanadi. Qo‘zg‘olonchilar soni 30 ming kishiga etadi. Ular Bitol okrugidagi Krushevo shahrini egallab, bu erda vaqtli hukumat (sotsialist N.Karev boshchiligida) tuzadilar. 13 avgustda turk armiyasi zarbasi ostida Krushevo respublikasi tugatiladi. qo‘zg‘olonning mag‘lubiyati IMOIT inqiroziga sabab bo‘ladi. 1908 yili bu tashkilot butunlay tarqalib ketadi. Bolqon urushlari Makedoniyaga ozodlik keltirishini kutgan fuqarolar umidi puchga chiqadi. Makedoniya ittifoqchilar o‘rtasida taqsimlanadi. G‘arbiy va markaziy Makedoniya (Vardar Makedoniyasi) Serbiyaga, janubiy (egey Makedoniyasi) gretsiyaga va SHimoliy –SHarqiy qismi (Pirin o‘lkasi) Bolgariyaga o‘tib ketadi.



Albaniya. Albanlar yosh turklar inqilobini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ammo, ular tomonidan Albaniyaga avtonomiya berish rad etilgandan so‘ng Albaniyada milliy ozodlik harakatlari kuchayib bordi. 1910 yilda Albaniya shimolida milliy ozodlik uchun kurash boshlandi. 1911 yilda ikkinchi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Uning markazi Kosovo hududi edi. 1912 yili Albaniya hududi Serbiya, CHernogoriya va Gretsiya qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilinadi. Albaniya ushbu davlatlar o‘rtasida taqsimlanishi xavfi tug‘ilishi milliy ozodlik qo‘zg‘olonlarining yangidan avj olishiga sabab bo‘ladi. 1912 yil 28 noyabrda Albaniya mustaqilligi e’lon qilinadi. Ammo, london konferensiyasidan so‘ng 1913 yili 29 iyulda Albaniya Turkiyadan ozod bo‘lganligi qayta e’lon qilinadi. Amalda mamlakatda buyuk davlatlar nazorati o‘rnatiladi. 1914 yil martidan Albaniya knyazi sifatida nemis knyazi Vilgelm I hukmronligi boshlanadi.
Download 21,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish