2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.03.2023
Hajmi0,57 Mb.
#915804
Bog'liq
Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga Oʻzbekistonning munosabati - Vikipediya



Rossiyaning
Ukrainaga
bosqiniga
Oʻzbekistonning
munosabati
2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga
bosqinchilik hujumini boshladi. Bosqinchilik hujumiga
qadar, Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini
oshirib bordi hamda Ukrainaning 
NATOga
qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab
bilan chiqdi.
[1]
 Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval, Rossiya 
Donetsk Xalq Respublikasi
va 
Lugansk Xalq Respublikasi
mustaqilligini tan oldi va 2022-yil 
21-fevralda
Ukraina
sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yubordi.
Ushbu maqolada joriy hodisalar haqida maʼlumot keltirilgan. Voqealarning rivojlanishiga qarab axborot
tezda oʻzgarishi mumkin.
Ko‘proq o‘rganish


2021-yilning martidan apreliga qadar, Rossiya Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinida qoʻshin
toʻplashni boshladi. Qoʻshin sonini oshirishning ikkinchi bosqichi 2021-yilning oktabridan
2022-yilning fevraligacha boʻldi.
Asosiy maqola: 
Rossiyaning Ukrainaga bosqini (2022)
Oʻzbekiston–Ukraina munosabatlari
Oʻzbekiston
Ukraina
Rossiya–Oʻzbekiston munosabatlari
Rossiya
Oʻzbekiston
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan oldin
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan soʻng


24-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining prezidenti Ukrainada "maxsus harbiy operatsiyasini"
oʻtkazilishini xabar qildi. Portlashlar 
Kiyev

Xarkov
va 
Ukrainaning
 boshqa shaharlarida
boshlandi. Rossiyaning avvalhi maqsadi Ukrainaning demilitarizatsiyalash va
denatsifikatsiyalash boʻldi
[2]
.
24-yanvar kuni Ukrainaning havo hududini fuqaro reyslariga yopishini eʼlon qildi
[3]

Uzbekistan
Airways
 kompaniyasi shu kuni Kiyevga parvozlarini bekor qilinganini maʼlum qildi. Ukraina
havo hududi yoʻlovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-
3731/3732 Toshkent-Kiyev-Toshkent muntazam qatnovlari 2022-yilning 27-fevral va 2-mart
kunlari rejalashtirilgan parvozlarini bekor qildi
[4]
.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi 
Alisher Kurmanovning
ma’lum qilishicha, 
Xarkovda
fuqarolarni shahardan evakuatsiya qilish chog‘ida elchixona mikroavtobusining old oynasi va
yon oynalari snaryad parchasi tufayli shikastlangan. "Ular shrapnel tushib ketganini aytishdi",
dedi u
[5]
.
2-martda Ukrainadagi elchixona faol harbiy harakatlar olib borilayotgan 
Xarkov

Sumi
va
Xerson
 shaharlaridan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishda qiyinchiliklarga duch keldi.
Toʻqnashishlar tugagach u yerdan fuqarolarni olib chiqilinishi maʼlum qilindi. Ularga
boshpanalarda qolish tavsiya etildi
[6]
.
4-mart kuni 
Polsha prezidenti Andrzej Duda
"Korczow" chegara punktiga tashrif buyurdi. Oʻz
tashrifi vaqtida Duda Oʻzbekiston diplomatlari bilan gaplashdi va minnadorligini bildirdi. 2021-
yili Polsha Oʻzbekiston hudidan 
Afgʻonistondan
oʻz fuqarolarini evakuatsiya qilgan edi
[7]
.
5-mart kuni O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi Ukrainadan Polshaga ketayotganda baxtsiz
hodisaga uchradi. Ulardan biri voqea joyida vafot etdi, qolganlari Lvovdagi kasalxonaga
yotqizilgani maʼlum qilindi
[8]
.
11-marta axborot vositalarida Ukraina elchixonasi Oʻzbekiston TIVidan Rossiyaning
telekanallarini efirdan uzatish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgani eʼlon boʻldi. Ushbu xabarni
Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko 1-mart kuni yuborgani maʼlum boʻldi
[9]
.
Putinning 21 fevral kuni Rossiya xalqiga murojaati


14-mart kuni Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevdan 
Lvov
shahriga vaqtincha
koʻchirilgani maʼlum boʻldi. Elchixona Ukrainadagi Oʻzbekiston fuqarolari evakuatsiyasi davom
etayatganini xabar qildi
[10]
.
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan
14-mart kuni fikr almashdilar. Ular vaziyatning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik va
mojaroni tez fursatda tartibga solish uchun siyosiy-diplomatik sa’y-harakatlarni davom
ettirish zarurligini ta’kidladilar
[11]
.
O‘zbekiston TIV rasmiy vakili 
Yusup Qobuljonov
o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarning Ukrainada
23 kun ushlab turilgani haqidagi videomurojaatiga izoh berdi. O‘zini Haydarali Quranboyev
deb tanishtirgan haydovchilardan biri sodir bo‘lgan voqea haqida gapirayotgan video 1-aprel
kuni paydo bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 13-fevral kuni u boshqa yuk tashuvchilar bilan birga
yuk yetkazib berish uchun Mariupol Ilich nomidagi temir-po‘lat zavodi tomon yo‘l olgan. 23-
fevral kuni ular Ukraina chegarasini kesib o‘tib, manzilga yetib kelishdi. 24-fevral kuni yuklarni
bojxona rasmiylashtiruvi rejalashtirilgan edi, ammo urush boshlangani sababli haydovchilar
bunga ulgurmadi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Oʻzbekiston diplomatik
vakolatxonalari haydovchilar – Oʻzbekiston fuqarolarini jangovar hududlardan “evakuatsiya
qilish masalasini muvaffaqiyatli ishlab chiqqanini” maʼlum qildi
[12]
.
Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgani
maʼlum boʻldi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmagani aytildi. Avvalroq
tarmoqda Kiyev viloyatining 
Buchanskiy tumanidagi Kolonshchina qishlog‘idagi
tayanch
qo‘riqchisi 9 nafar O‘zbekiston fuqarosining ismi va mamlakatini so‘ragani videosi paydo
bo‘lgan edi. Hammasi 
Surxondaryo viloyatidan
deyishgan edi. O‘zbekistonning Kiyevdagi
elchixonasi “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, qidiruv ishlari 3-martdan beri davom etgan
edi
[13]
.
Asosiy maqola: 
Oʻzbekiston — Ukraina munosabatlari
Asosiy maqola: 
Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari
Oʻzbekiston munosabati


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
 25-fevral kuni Rossiya Prezidenti 
Vladimir Putin
bilan telefon orqali muloqot qildi. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra,
muzokaralarda “Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining bir qator dolzarb masalalari” muhokama
qilingani va bundan tashqari, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, jumladan, Ukraina atrofidagi
mavjud vaziyat yuzasidan” fikr almashilgani aytilgan edi. Kremlning maʼlumotlari boʻyicha esa
Shavkat Mirziyoyev Rossiya tomoni amalga oshirayotgan chora-tadbirlarni tushunishini
bildirilgan aytilgan edi
[14]
. Prezident matbuot koʻtibi 
Sherzod Asadov
 «O‘zbekiston bu masala
bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil
taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro
huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», – deya taʻkidladi. U Shavkat Mirziyoyev telefon
orqali muloqot qilgani haqida ham maʼlumot berdi. Asadov ma’lum qilishicha, muloqot
davomida ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibida turgan dolzarb
masalalardan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari Ukraina atrofida yuzaga
kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar. Rossiya prezidenti davlat rahbariga
maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorning sabablari va shart-
sharoitlari to‘g‘risida ma’lumot bergan. O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, tomonlar
vaziyatni hal qilishning o‘zaro maqbul yo‘llarini tez fursatda topishlari va uning yanada keskin
tus olishiga yo‘l qo‘yilmasligiga umid bildirgan
[15]
.
BMT Bosh Assambleyasi “Ukrainaga qarshi tajovuz” rezolyutsiyasini 2-mart 2022-yili qabul
qilib, Rossiyadan o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab
qildi. 141 davlat yoqlab, 5 davlat qarshi, 35 davlat betaraf ovoz berdi. Rezolyutsiyada,
shuningdek, “Belarus ishtirokidan” afsus bildirilgan. Oʻzbekiston rezolutsiyaga ovoz berish
boʻyicha qatnashmagan
[16]
.
6-mart kuni “
Rossiya 24
” o‘zbek matbuotini tanqid qilishga qaror qiladi. “Rossiya 24”
telekanalining “Robert Frantsev bilan Osiyo markazida (В центре Азии с Робертом
Францевым)” ko‘rsatuvida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti O‘zbekiston ommaviy
axborot vositalarida yoritilishi haqida syujet namoyish etilgan edi
[17]
.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining ES-11/1 rezolyutsiyasi 2022-yil 2-martda Ukrainaga bostirib
kirishni qoralab, Rossiya qoʻshinlarini toʻliq olib chiqib ketishni talab qiladi.
Oʻzbekiston ovoz berishda qatnashmadi.
Ha
Yoʻq
Ovoz bermadi
Ovoz berishda qatnashmadi
Aʼzosi emas


13-mart kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 
Antaliyada
(
Turkiya
) boʻlib
oʻtayotgan II Diplomatik forum doirasida Ukrainadagi vaziyat yuzasidan munisabat bildirdi.
«Biz juda xavotirdamiz. Bu haqda ko‘p gapirishimiz mumkin. Ammo, dunyodagi aksariyat
odamlar singari, biz ham zo‘ravonlikning to‘xtatilishini va barcha muammolar siyosiy-
diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishini xohlaymiz», — deya ta’kidladi vazir 
ANews
nashriga
bergan intervyusida
[18]
.
Tashqi ishlar vaziri 
Abdulaziz Kamilov Senatdagi
chiqishida O‘zbekiston Ukrainadagi
vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida
hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi. «O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi,
suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan
olmadik», — dedi u
[19]
. O‘zbekistonlik diplomatlar Ukrainadan 6000 nafar vatandoshini
evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi deb qoʻshdi yana vazir. “Eng katta muammo xavfsizlik
nuqtai nazaridan edi. Bir viloyatdan ikkinchi viloyatga tashish juda qiyin edi”, — dedi Tashqi
ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ukrainadan evakuatsiya qilishning murakkabligini
o‘zbeklarning Suriyadan olib chiqilishi bilan solishtirdi. Hozir Ukrainada 300ga yaqin
O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda, ular bilan aloqada va yaqin kunlarda olib ketiladi deb aytdi
TIV vaziri
[20]
.
18-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 
Yevropa Ittifoqi
 mamlakatlari, 
Buyuk
Britaniya

Yaponiya
 va 
AQSh
 diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni “respublikaning o‘zgarmas
pozitsiyasi”ni bildirdi, bu esa tinch va betaraf yondashish hamda vaziyatni siyosiy va
diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiradiganini eʼlon qildi
[21]
.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi, unda mamlakatlar o‘rtasida
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabriklar almashildi,
shuningdek, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Kreml Shavkat Mirziyoyev “Rossiya
pozitsiyasi va xatti-harakatlari haqida tushunish bilan gapirgan”ini yana bir bor xabar qildi
[22]
.
O‘zbekiston Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha
rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Mamlakatning 
BMTdagi
doimiy vakili 
Baxtiyor Ibragimov
bunday qarorlar «gumonlanayotgan inson huquqlari buzilishining puxta tergovi natijasiga»
asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 
Qozog‘iston
va 
Qirg‘iziston
delegatsiyalari vakillari
ham shunga o‘xshash bayonotlar bilan chiqishdi. 
CNN
Rossiya tashkilot a’zo-davlatlariga
rezolyutsiyaga ovoz berish «oqibatlari» haqida ogohlantirib, nota jo‘natganligini ta’kidlagan
edi
[23]
.
AQSh elchisi 
Daniel Rozenblum
O‘zbekistonning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasini
tushunishi va hurmat qilishini ta’kidladi: “Biz geografiya va tarix tufayli O‘zbekiston manfaatlar


muvozanatini saqlashga va qo‘shnilar, ayniqsa, urushayotgan davlatlar bilan munosabatlarni
saqlashga majbur bo‘layotganini chuqur hurmat qilamiz deb aytdi
[24]
.
25-fevral 2022-yili Toshkentliklar 
Ukraina elchixonasiga
gullar, yumshoq o‘yinchoqlar va
eslatmalar olib kelib, ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgani maʼlum boʻldi.
Eslatmalarda ukrain, o‘zbek, ingliz va rus tillarida yozilgan yozuvlarni ko‘rish mumkin edi: “Biz
siz bilanmiz! #urushga yo‘q”, “Ukraina, tur!”, “Ukrainaga tinchlik”, “Ukraina xalqiga kuch va
sabr” (asl tilda: «Мы с вами! #нетвойне», «Украина, держись!», «Украинага тинчлик»,
«Сил та терпіння українському народу») va boshqalar
[25]
. Ukrainaning Toshkentdagi
elchixonasi oʻzbekistonliklar va oʻz fuqarolarini Ukrainani qiyin vaqtda qoʻllab-quvvatlaganlari
uchun minnadorligi bildirdi
[26]
.
Qoʻllab-quvvatlash aksiyalari
Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasida qoʻllab-quvvatlash
Oʻzbekiston fuqarolari evakuatsiyasi


Sana
Evakuatsiya
qilinganlar
soni
Polshada
qolayotganlar
soni
Ukrainada
qolayotganlar
soni
Polsha-
Ukraina
chegarasida
fuqarolar
soni
Moldova
orqali
evakuatsiya
Rumuniya
orqali
evakuatsiya
Ve
eva
24-
fevral
4300
[27]
25-
fevral
26-
fevral
90
[28]
27-
fevral
110
[29]
600
[29]
28-
fevral
251
[30]
1-
mart
762
[31]
2-
mart
1186
800
[32]
350
[32]
3-
mart
1859
1100
4-
mart
2579
1500
5-
mart
3 245
6-
mart
3 685
850
50
7-
mart
4359
350
8-
mart
4787
9-
mart
5037


10-
mart
5282
94
11-
mart
5634
98
15-
mart
5884
24-
mart
6030
24-fevral 2022-yili Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini inobatga olgan holda 
O‘zbekistonning
Kiyevdagi elchixonasi
 evakuatsiya rejasini va mamlakatni tark etishni xohlovchi fuqarolar
ro‘yxatini ishlab chiqishini eʼlon qildi. Buning uchun turli xil marshrutlar va evakuatsiya joylari
ishlab chiqilishi haqida aytilgan edi
[33]
.
24-fevralda 
Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shu jumladan,
Rossiyaning Ukrainaga tutash hududlarida joylashgan oliy oʻquv yurtlari talabalariga
tashvishlanish uchun hech qanday sabab yoki asos yoʻqligini maʼlum qildi
[34]
. 24-fevral
maʼlumoti boʻyicha TIV Ukrainada Oʻzbekistonning 4300 fuqarosi borligini xabar qilgan edi va
ushbu maʼlumotlar Kiyevdagi elchixona tomonidan yana aniqlanyatgani ham aytilgan edi
[27]
.
25-fevral 2022-yili Oʻzbekiston fuqarolari 
Polsha
 orqali evakuatsiya qilinishi Ukrainadagi
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan eʼlon qilindi. Polshaning tegishli idoralari Oʻzbekiston
Oʻzbekiston fuqarolari Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilinganidan soʻng, Toshkent Xalqaro Aeroporti


Respublikasi fuqarolariga Polsha davlat chegarasini vizasiz kesib oʻtish huquqini berishga
kelishildi
[28]
.
26-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da O‘zbekistonning 90dan ortiq fuqarolaridan
iborat boʻlgan birinchi evakuatsiya karvoni 
Lvovdan
Ukraina-Polsha chegarasidagi 
Krakovets
o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketgani eʼlon qilindi. Chegarani kesib o‘tish masalasi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan hamkorlikda kelishilgan, deyilgan edi
xabarda
[35]
.
27-fervral kuni TIV Oʻzbekiston fuqarolari uchun birinchi reys 28-fevralda rejalashtirilgani
haqida eʼlon qildi. Shu jumladan 27-fevralga binoan 600 oʻzbekistonliklar Polsha chegarasiga
yetkazilgani haqida ham xabar qilingan edi va undan 110 fuqaro Polsha hududiga oʻtkazilgani
maʼlum boʻldi. Fuqarolarni Polshadan Oʻzbekistonga yetkazish uchun “Oʻzbekiston havo
yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi samolyotining parvozi uchun havo yoʻlagi bilan taʼminlash
masalasi ishlab chiqildi
[29]
.
28-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:15da “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy
aviakompaniyasining O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan maxsus samolyoti Polshaning Katowice
shahridan havoga ko‘tarildi. Evakuatsiya qilinganlar orasida ayollar, bolalar, talabalar va turli
soha xodimlari bor edi
[30]
. 1-mart kuni soat 9:15da “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning ikkinchi
maxsus samolyoti Ukrainadan evakuatsiya qilingan 258 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan
Polshaning Katowice shahridan Toshkentga yetib keldi
[31]
.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining uchinchi maxsus samolyoti 1-mart kuni
soat 15:05da Polshaning Katowice shahridan havoga ko‘tarildi. Samolyot bortida Ukrainadan
evakuatsiya qilingan 253 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, 68 nafar ayol, 54 nafari bola
va 12 nafari chaqaloq bo‘lgan. 2-mart holatiga ko‘ra, Katowicedan O‘zbekistonga jami 762
nafar O‘zbekiston fuqarosi yetkazilgan edi
[36][37]
. 2-mart maʼlumotlariga koʻra Ukrainadan
Polshaga 1186 Oʻzbekiston fuqarosi yetkazilgan edi va shu vaqtning oʻzida Polshada yana
800 kishi borligi maʼlum boʻldi
[32]
. 3-martga kelib Ukrainadan Oʻzbekiston fuqarolarini
evakuatsiya qilinganlar soni 1859 kishiga yetdi. Polshada esa yana 1100 kishi qolayatgan
edi
[38]
. 4-martga kelib evakuatsiya qilinganlar soni 2579 kishiga yetdi va Polsha qolayotganlar
soni 1500 kishiga yetdi
[39]
. 7-martga kelib Ukrainadan 4359 kishi evakuatsiya qilindi. Jami 28-
fevraldan 7-martgacha "Oʻzbekiston havo yoʻllari" tomonidan 19ta maxsus reyslari qilingan
edi. Shu kunning oʻzida Polshada yana 350 Oʻzbekiston fuqarosi qolayatgan edi
[40]
. 8-martga
kelib Ukrainadan 4787 fuqaro evakuatsiya qilindi. Undan tashqari Moldova orqali ham
evakuatsiya qilish rejalashtirilgan edi
[41]
. 9-martda Polsha orqali evakuatsiya qilinganlar soni
5037 kishiga yetdi va undan tashqari 
Sumy
shahrida 23 nafar Oʻzbekistonlik talabalari Lvovga
evakuatsiyalangani maʼlum boʻldi
[42]
. 10-martga kelib Ukrainadan 5282 kishi evakuatsiya
qilindi va yana 94 kishi 
Vengriyaning
poytaxti 
Buxarestdan
evakuatsiya qilinishi eʼlon


qilindi
[43]

Moldovadan
11-mart kuni Oʻzbekistonning 98 fuqarosi evakuatsiya qilindi va yana
Polshada esa 200 oʻzbekistonlik qolayatgan edi
[44]
. 12-mart ahvoliga kelib Polsha orqali 24
reys va 
Ruminiya
orqali 1 reys tashkil etilgan edi. Shu reyslar orqali 5634 fuqaro evakuatsiya
qilingani maʼlum qilingan edi
[45]
. 15-martga kelib Ukrainadan 5884 Oʻzbekiston fuqarosi
evakuatsiya qilindi va ulardan 300dan ortigʻi ayollar, 700dan ortigʻi 14-yoshgacha boʻlgan
bolalar ekanligi maʼlum boʻldi. Undan tashqari ayrim ish migrantlari va studentlarini
evakuatsiya qilish boʻyicha qiyinliklar borligi maʼlum boʻldi
[46]
. 24-martda yana 146 fuqaro
evakuatsiya qilindi va jami evakuatsiya qilinganlar soni 6030 kishiga yetdi
[47]
.
Ukrainadan oʻqishni koʻchirish
4-mart kuni Ukrainada oʻqib kelayotgan talabalar Oʻzbekistonda oʻqishlarini koʻchirishi
mumkinligi eʼlon qilindi. Shu jumladan Oʻzbekiston prezident koʻchirish boʻyicha maxsus
komissiya tuzilishi haqida maʼlumot berdi
[48]
. 22-aprelda O‘zbekiston ta’lim muassasalariga
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi fuqarolarga Ukrainadan qaytish va
mamlakat oliy o‘quv yurtlariga soddalashtirilgan tartibda o‘qishga ko‘chirishga ruxsat berdi.
Shu munosabat bilan 26-apreldan boshlab talabalar o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan
O‘zbekiston oliygohiga hujjat topshirishlari mumkin boʻldi. Shu bilan birga, 
Oliy taʼlim vazirligi
hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida Ukraina oliy oʻquv yurtlarida oʻtgan yillarda oʻqigan,
lekin oʻqishdan haydalgan yoki akademik taʼtilga chiqqan talabalarga oʻqishni koʻchirish rad
etilishi haqida ogohlantirdi
[49]
.
Insonparvarlik yordam
Rossiya
Ukraina
2022-yilgi bosqin paytida Ukrainani harbiy texnika bilan ta'minlagan davlatlar


6–9-mart kunlari TIV vaziri 
Abdulaziz Komilov AQShni
rasmiy tashrif buyurdi. Shu vaqtda
AQShning Davlat sekretari Antony Blinken Oʻzbekistonni Ukrainaga va Afgʻonistonga
insonparvarlik yordami uchun minnadorligi bildirdi
[50]
. Undan tashqari Ukrainaning
Toshkentdagi elchisi 
Nikolay Doroshenko
Oʻzbekiston Ukraina tomoniga 28 tonna gumanitar
yordam joʻnatgani uchun minnatdorchilik bildirgan edi.
8-aprel kuni O‘zbekistondan Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetib kelgan.
Zakarpatska viloyati rahbari Viktor Mikita ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonga
minnatdorchilik bildirgan. Ukrainaga gumanitar yordam yuborilganligi haqida hozircha
O‘zbekistonning rasmiy idoralari tomonidan xabar berilmadi
[51]
.
6-iyun kuni Zakarpatyaga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan yana bir insonparvarlik yuki —
qiymati 1 mln dollardan ziyod 19 tonnadan ortiq dori-darmon yetib borgani maʼlum boʻldi.
Gumanitar yordam jangovar hududlar va kasalxonalardagi harbiy shifokorlarga yuboriladi,
deyildi xabarda
[52]
.
Rossiya tomonidan Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishi munosabati bilan 
Yevropa
Ittifoqi

AQSh

Buyuk Britaniya
 va boshqa koʻplab davlatlar Rossiya Federatsiyasiga, jumladan,
Markaziy bank
, yirik tijorat banklari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishini eʼlon
qildi. Undan soʻng rubl kursi qulab tushdi, Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiya aviakompaniyalari
uchun havo hududini yopdi, Rossiya aktivlaridan chet el kapitalining chiqib ketishi boshlandi,
Rossiya kompaniyalari aksiyalari keskin tushib ketdi, turli iqtisodiy cheklovlar joriy etildi.
Rossiya
Ukraina
Ukrainaga har qanday yordamni, jumladan, insonparvarlik yordamini yuborayotgan davlatlar, shu jumladan
Oʻzbekiston ham bor
Urushning Oʻzbekiston iqtisodiga taʼsiri


Rossiya 2021-yilda O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi maqomini qaytardi. Bu
mamlakatdan katta hajmlarda oziq-ovqat, neft mahsulotlari, yogʻoch va boshqa tovarlar
yetkazib berilmoqda. Ukraina O‘zbekistonning dori-darmonlar, yarim tayyor metall buyumlar
va boshqalarni eksport qiladigan to‘qqizinchi yirik savdo hamkoridir
[53]
.
9-mart kuni Tadbirkor 
Zafar Hoshimov
Ukraina va Rossiyadagi voqealar O‘zbekiston
iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra,
tovarlar, yetkazib beruvchilar va bank sektori logistikasi bilan bog‘liq muammolar allaqachon
ko‘p. Shuningdek, rublning qadrsizlanishi, inflyatsiya va likvidlik bilan bog'liq "murakkabroq
muammolar" ham kutilmoqdaligi aytildi. Shuningdek, mamlakatning aviatsiya va turizm
sohasidagi iqtisodiy imkoniyatlarini sanab o‘tib, qator takliflarni ilgari surdi
[54]
.
15-martda 
Rossiya
shakar va g‘alla 
eksportini
vaqtinchalik taqiqladi. Unga ko‘ra, oq shakar va
shakarqamishni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish taqiqlanadi. Ushbu chora 15 martdan
31 avgustgacha amal qilinadigan boʻldi. Bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xorini Yevroosiyo
iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga olib chiqish taqiqlanadi. Cheklov 15 martdan joriy qilingan va
30 iyungacha amal qilinadigan boʻldi. Rossiya 2020−2021 qishloq xo‘jaligi yilida (2020 yil 1
iyul — 2021 yil 30 iyun) 49 mln tonna don eksport qilgan, shu jumladan bug‘doy eksporti 38,4
mln tonnani tashkil etdi. Yanvar oyi o‘rtalarida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021−2022
qishloq xo‘jaligi yilida Rossiya don eksportini 45−48 mln tonna miqdorida bo‘lishini prognoz
qilgandi. 2017 yilning kuzidan boshlab O‘zbekistonning «Xorazm Shakar» va «Angren Shakar»
shakar zavodlari so‘mning qadrsizlanishidan so‘ng o‘z faoliyatini amalda to‘xtatib qo‘ydi, bu
esa xorijdan importning keskin oshishiga olib keldi (2016−2018 yillarda import hajmi 1 mlrd
dollargacha oshdi). Shakar va shakar mahsulotlari uchun import bojlari va aksiz solig‘i
stavkalari nolga qaytarildi. Bunga qadar 2000 yillarning boshidan beri 30 foizlik stavka
saqlanib qolgan edi. 2019 yilda zavodlar yana ishlay boshladi. 2020 yil 1 yanvardan import
qilinadigan shakardan 20 foizlik aksiz solig‘i undirish boshlandi, biroq aprel oyida koronavirus
pandemiyasi sababli hukumat 20 turdagi tovarlar, jumladan shakar uchun boj va aksiz
solig‘ini bekor qilindi. 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston shakarning katta
qismini (81,3 foizi) Ukrainadan — 32,7 mln dollarga 66,7 ming tonna import qildi. 2020 yilning
shu davrida Rossiya asosiy yetkazib beruvchiga aylandi (84,4%). Bu davlatdan 99,8 mln
dollarga 245,9 ming tonna shakar import qilindi. 2021 yilda O‘zbekiston 13,4 mln dollarga
23,9 ming tonna oq shakar import qilgan: Rossiyadan — 2,93 mln dollarga 5,32 ming tonna,
Jazoirdan — 4,05 ming tonna (2,48 mln dollar), Ozarbayjon — 4,61 ming tonna (2,37 mln
dollar), Polsha — 3,67 ming tonna (2,23 mln dollar), Ukraina — 3,38 ming tonna (1,79 mln
dollar), Qozog‘istondan — 1,5 ming tonna (820 ming dollar)
[55]
.
Don mahsulotlariga kelsak, O‘zbekiston ushbu mahsulot hajmining katta qismini (taxminan
90%) Qozog‘istondan import qiladi. 2020 yilda O‘zbekiston tomoni Qozog‘istondan 666,1 mln


dollarga don va undan tayyorlangan mahsulotlar (un va boshqa don mahsulotlari) sotib olgan
bo‘lsa, 2021 yilda don mahsulotlari yetkazib berish hajmi 648,3 mln dollarni (umumiy
importning 97,9 foizi), un esa 92,9 mln dollarni tashkil qildi (97,2%). Qozog‘iston unini
yetkazib berish hajmi 372,9 ming tonna (+9%), mahalliy ishlab chiqarish esa 1,8 mln tonna
(-6,8%) deb baholangan. Rossiyaning don yetkazib berishi ham ahamiyat kasb etmaydi. Agar
2020 yilda O‘zbekiston 7,8 mln dollarga 25,6 ming tonna bug‘doy va meslina import qilgan
bo‘lsa, 2021 yilda import 3,5 mln dollarga 7,79 ming tonnani tashkil etdi. Qozog‘istonda don
eksportidagi cheklovlar va jahon g‘alla narxining oshishi fonida ushbu mahsulot va un narxi
oshishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston uchun import narxlarining oshishiga olib
kelishi mumkinligi maʼlum qilingan edi 2022-yilning mart oyida
[56]
.
Qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekistonda
tadbirkorlarni tashqi xavflarni kamaytirish boʻyicha qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlarni maʼlum qildi
[57]
:
yil oxirigacha soliq ma’muriyatchiligining yangi mexanizmlari bo‘yicha, xususan, ombordagi
tovarlarni majburiy hisobga olish (E-Aktiv), mahsulot kodlarini yuritish (IKPU), mulk va
ijarani elektron ro‘yxatga olish kabilar bo‘yicha jarimalar va boshqa sanksiyalar
qo‘llanilmaydiganu maʼlum boʻldi;
o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan xomashyo, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar uchun
bojxona imtiyozlarini qo‘llash muddati joriy 6 oydan 1 yilgacha uzaytirildi;
yil oxirigacha Rossiya, Ukraina va Belorussiya kompaniyalari bilan ishlaydigan korxonalar
debitorlik qarzlari uchun jarimaga tortilmaydi;
ushbu davlatlar bilan ish olib borayotgan eksportyorlarning bank kreditlari bo‘yicha
qarzlarini to‘lash muddatlari oshiriladi, jarima va penya undirilmaydigan boʻldi.
Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli mart oyida jahon bozorida bug‘doy, makkajo‘xori va
o‘simlik yog‘i narxlari rekord darajaga ko‘tarildi, deya ma’lum qildi BMTning Oziq-ovqat va
qishloq xo‘jaligi tashkiloti. Shuningdek, shakar, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari indeksida
sezilarli o‘sish kuzatilgan. Tashkilot 2022 yilda global miqyosda don mahsulotlari yetishtirish
va iste’mol bo‘yicha prognozlarini taqdim etdi
[58]
.
Markaziy bank tahlili
2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi Markaziy bank prognoz qilgan ko‘rsatkichdan
sezilarli darajada oshadi, deyildi regulyator o‘z sharhida. Joriy yilning birinchi choragida


inflyatsiya milliy valyutaning qadrsizlanishi va tashqi geosiyosiy omillar taʼsirida yetkazib
berish zanjiridagi uzilishlar natijasida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari taklifining mavsumiy
qisqarishi va import qilinadigan tovarlar narxining oshishi fonida shakllandi. Shu bilan birga,
yanvar oyida koronavirusning “omikron” variantining tez tarqalishi tufayli iqtisodiy faollikning
sekinlashuvi kuzatilgan bo‘lsa, fevral oyida pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi
iqtisodiy faollikning jonlanishiga xizmat qildi. Tashqi muhitning o‘zgarishi va shunga mos
ravishda ichki bozorlar tendentsiyalari natijasida yillik inflyatsiya darajasi fevraldagi 9,7
foizdan mart oyida 10,5 foizgacha o‘sdi va Markaziy bank prognoz qilgan traektoriyadan
yuqori darajada rivojlandi. Mart oyining oxirida tashqi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi fonida
jahon bozorlarida asosiy iste'mol tovarlari tanqisligi kuzatildi va narxlarning o'sishi so'nggi 40
yil ichida eng yuqori ko'rsatkichlarni qayd etdi. Ko'pgina mamlakatlar import va eksportga
ba'zi cheklovlar kiritdi, bu esa logistika va yetkazib berish tizimiga jiddiy zarba berdi. Natijada,
bu global miqyosda energiya va mineral o'g'itlar, shuningdek, qishloq xo'jaligi uchun oziq-
ovqat mahsulotlari narxining oshishiga olib keldi. Jahon bozoridagi narxlarning o'zgarishi
ichki bozorlardagi tovarlar narxiga biroz kechikish bilan ta'sir qila boshladi.
Birinchi chorakda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi 4,4 foizni tashkil
etdi va ushbu segmentning umumiy inflyatsiyaga qo‘shgan hissasi 1,8 foiz punktni tashkil
etdi. Meva va sabzavot narxlari yanvar oyida ko'tarilganidan keyin fevral oyida nisbatan
pasaygan bo'lsa-da, narxlar mart oyida yuqori sur'atga qaytdi. Bu holat qo‘shni davlatlarga
eksport qilish va mavsumiylik, shuningdek, so‘nggi haftalarda kuzatilgan salqin ob-havo
bahorgi sabzavotlarning yangi hosilining vegetatsiya davrini ma’lum muddatga kechiktirdi.
Taklifning kamayishi ichki narxlarga ta'sir qildi. Yanvar oyida sement va qurilish materiallari
narxi pasaygan bo'lsa, keyingi isish qurilish ishlarining tezlashishiga va talabning oshishiga
olib keldi. Bundan tashqari, ayrim korxonalar to‘liq quvvat bilan ishlamagan, bu esa fevral-
mart oylarida ichki bozorda sement narxining oshishiga olib keldi.
FAO indeksiga ko'ra, 2021 yilda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining yillik o'sishi so'nggi
20 yildagi eng yuqori ko'rsatkichi boʻldi. Shu bilan birga, eng ko'p narx ko'tarilgan tovarlar
orasida shakar, don va neft mahsulotlarini qayd etildi. Xalqaro ekspertlar dastlab bu shartlar
vaqtinchalik ekanligini va 2022-2024-yillarda pandemiya asta-sekin yaxshilanib, logistika va
ishchi kuchi kabi omillar tiklanishi sababli jahon bozorida narxlarning sezilarli o‘sishi
barqarorlashishini bashorat qilgan edi.
Yana bir katta muammo – mineral o‘g‘itlar narxining oshishi. Rossiya va Belorussiya ushbu
mahsulotning asosiy eksportchilari, Qora dengiz portlari esa dunyodagi asosiy yetkazib
berish zanjirlari hisoblanadi. Ushbu bozordagi sekinlashuv va yetkazib berish cheklovlari
barcha bozor ishtirokchilariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi maʼlum boʻldi. Bundan


tashqari, ushbu dengiz portiga qo'ng'iroq qiluvchi kemalarning yuqori xavflari tufayli sug'urta
xarajatlari sezilarli darajada oshdi.
Asosiy xom ashyo (mineral o'g'itlar) zahiralarining qisqarishi Braziliya va boshqa yirik ishlab
chiqaruvchi mamlakatlarning oziq-ovqat ta'minotini qisqartirish ehtimolini oshirdi, bu esa o'z
navbatida jahon bozoridagi narxlarga ta'sir qildi. Bundan tashqari, ko'mir, tabiiy gaz va neft
mahsulotlari o'g'it ishlab chiqarish uchun asosiy manbalar bo'lganligi sababli, ushbu energiya
resurslarining hozirgi yuqori narxi o'g'itlarning global narxlarining oshishiga bosim o'tkazilishi
mumkinligi aytildi
Xalqaro tahlilchilar fikricha, mintaqadagi vaziyat barqarorlashgan taqdirda ham Ukrainadagi
infratuzilma muammosi dolzarbligicha qolaveradi. Bu yilgi hosil yig‘ib olingan taqdirda ham
yuk tashish va temir yo‘llarning holati mahsulot yetkazib berish muddati va yetkazib berish
zanjiriga bog‘liq bo‘ladigani maʼlum boʻldi.
Jahon oziq-ovqat bozorida narxlarni shakllantirishda Xitoy alohida o'rin tutishi aytildi. Aprel va
may oyida Xitoy pandemiya sababli qattiq cheklovlar ostida boʻldi, ba'zi yirik shaharlar
bloklandi. Kuzatuvchilar bu shaharlarda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar mavjudligini
ham qayd etishdi. Agar yaqin oylarda karantin cheklovlari yumshatilgan sharoitda iqtisodiy
faollik tiklanadigan boʻlsa, Xitoydan dunyoda isteʼmol va sanoat tovarlariga talabning
jonlanishini kutish mumkinligi aytildi. Bu faktlar ichki bozorni asosan import qilinadigan oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni hisobga olinadigan boʻlsa, O‘zbekistondagi ichki
narxlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytildi.
Yil boshida Markaziy bank 2022-yil oxirigacha inflyatsiya darajasini 8-9 foiz darajasida
bashorat qilgan edi. Shu bilan birga, jahonda asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari
hamda energiya resurslari narxlarining sezilarli darajada oshishi va ularning ichki narxlarga
ta’siri tufayli inflyatsiyaning o‘rta muddatli prognozi qayta ko‘rib chiqildi. Regulyatorga ko‘ra,
2022-yilning ikkinchi choragidan boshlab inflyatsiya tezlashadi va yil oxiriga kelib yillik
inflyatsiya darajasi 12-14 foizga yetishi kutilgan
[59]
.
S&P tahlili
Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz, shuningdek, Rossiya kompaniyalari va iqtisodiyot tarmoqlariga
nisbatan sanksiyalar O‘zbekistondagi faoliyatga ta’sir qiladi, deb ta’kidladi S&P 6-iyun 2022-
yili
[60]
.
S&P xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston suveren
kredit reytingi bahosi «BB-» (barqaror kutilma) darajasida tasdiqlandi, deya xabar qildi Moliya
vazirligi matbuot xizmati. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston kredit reytingi bo‘yicha «barqaror»


kutilmaning saqlab qolinishi nisbatan mustahkam fiskal va tashqi zaxiralari mavjudligi tufayli
respublika iqtisodiyoti kelgusi 12 oy davomida tashqi shoklarning salbiy ta’sirini kamaytirish
imkoniyatiga egaligini aks ettiradi. Gap mamlakatning Ukraina atrofidagi voqealarning salbiy
makroiqtisodiy yon ta’siriga dosh bera olishi haqida bormoqda deb aytildi tahlilda.
Respublika kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etildi:
tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kamayishi sababli agentlik kutilmalariga nisbatan
O‘zbekistonning fiskal va tashqi zaxiralari zaiflashsa;
davlat va moliya sektorining tashqi qarzlari o‘sish sur’atlarining mo‘’tadil darajada
saqlanishi bo‘yicha agentlik kutilmalaridan farqli o‘laroq, mazkur qarzlar tez sur’atlar bilan
o‘sishda davom etsa;
iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi sezilarli darajada oshsa;
yirik davlat korxonalari moliyaviy holatining zaiflashuvi natijasida davlat shartli
majburiyatlari amalga oshsa (ya’ni, hukumat davlat korxonalarining qarzlarini to‘lashni
boshlasa).
Sanksiyalar taʼsiri
25-fevral 2022-yili “
O‘zagroeksportbank
”ning davlat ulushini sotib olgan sanksiyalar ostida
qolgan Rossiya 
Sovkombanki
valyuta ayirboshlash, xorijiy valyutadagi depozitlarni qabul
qilish va valyuta o‘tkazmalarini to‘xtatgani maʼlum boʻldi. Bank kartalari ham, shu jumladan
Apple Pay va Google Pay xizmatlaridan foydalana olmaydigan boʻlishdilar.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Rossiya Ukraina urushi
Shuningdek qarang
Manbalar


Soʻnggi tahrir 5 oy avval RedaktorWiki
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Rossiyaning_Ukrainaga_bosq
iniga_O
ʻ
zbekistonning_munosabati&
oldid=2618484
" dan olindi 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish