11-Ma‘ruza.
Mavzu: Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya davlati.
Reja:
1. Aleksandr vafotidan keyin O‘rta Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy vaziyat.
2. Salavkiy davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy axvol.
3. Yunon Baqtriya davlatining tashkil topishi.
4. Yunon Baqtriya davlatning ichki va tashqi siyosati.
Aleksandr Makedonskiy334 yildan 323 yilgacha dunyodagi yirik imperiyaga
asos soladi. Lekin uning imperiyasida turli halq va millatlar kuch bilan
bo‘ysudirilgani uchun u zaif imperiya bo‘lgan. Aleksandr MakedonskiyHindisonni
egallashga ketganda, mil.avv. 325 yilda Aleksandr Makedonskiyo‘lganligi haqida
soxta xabar tarqaladi, Baqtriya va Sug‘d gornizonlari isyon ko‘taradilar. 3
mingtacha askarlar Baqtra shahrini qo‘lga kiritib, o‘zlariga Afinador degan ismli
kishini shoh qilib ko‘taradilar va va Gresiyaga qaytishga qaror qiladilar. Bu
g‘alayon bostiriladi. Bu haqdagi xabarni Aleksandr Makedonskiyga Oksiart
еtkazadi.
Aleksandr Makedonskiymil. avv. 323 yil 13 iyunda vafot etadi. Aleksandr
Makedonskiyyaratgan imperiya taxti uchun Aleksandr Makedonskiy diadox (
lashkarboshi) lari o‘rtasida o‘rtasida hukmronlikka intilish kayfiyati kuchaydi.
Aleksandr vafotidan keyingi 12 yil davomida uning davlatining sharqiy
qismini avval Perdikka keyin Antipatr boshqargan. Ular Iskandar va Roksananing
balog‘atga еtmagan o‘g‘lining regentlari bo‘lgan. Hokimiyat uchun bo‘lgan
kurashlar natijasida Roksana va uning o‘g‘li o‘ldiriladi. Bular haqida to‘liq
manbalar saqlanmagan.
Diodor va Kursiy Ruf Aleksandr Makedonskiyning o‘limi Sug‘d xududidga
darhol ta’sir ko‘rsatganini yozadi. Mil.avv. 323 yilda Aleksandr
Makedonskiyvafot etgach, Sug‘d va Baqtriyada grekdlar yashaydigan shahar va
qishloqlardan 20 mingga yaqin piyoda va 3 ming otliq to‘planadi. Ularni Perdikka
o‘z askarlari bilan qirib yuboadi va ularning mol mulkini askarlariga bo‘lib beradi.
Shundan keiyn Sug‘d satrapi o‘z lovozimidan tushirilib o‘rniga makedoniyalik
bo‘lgan Filipp tayinlanadi. Shu davrdan boshlab Sug‘d va Baqtriya bir satraplikga
aylanadi.
Aleksandr
Makedonskiyvafotidan
keyin
diadoxlar
–lashkarboshilar
o‘rtasidagi kurashdan so‘ng Aleksandr Makedonskiydavlati 3 qismga bo‘linib
ketadi. Misrda Ptolomeylar, Gresiya va Makedoniyada Antigonidlar, O‘rta еr
dengizining sharqiy qismidan to shim.g‘arbiy Hindistongacha bo‘lgan xududlarda
Salavkiy qo‘lida bo‘lgan.
Maxalliy boshqaruvlarga chek qo‘yish uchun mil.avv. 315 yildan barcha
satrapliklarda hokimlar grek va makedonlar bilan almashtiriladi. Faqat Aleksandr
Makedonskiyqaynotasi Oksiart o‘z o‘rnida qoladi. Ammo lashkarboshilari
o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash tobora kuchaya bordi. Ko‘plab qonli
janglardan keyin imperiyaning g‘arbiy viloyatlarining hokimi Salavka miloddan
avvalgi 312 yilda Vavilonda o‘z hokimiyatini mustahkamladi. U Vavilonni olgach
sharqiy satrapliklarni qo‘lga kiritishga intildi. Pompey Trogning yozishicha, u
Bobilda o‘z xokimiyatini mustaxkamlab olgach, Baktriya bilan jang qila
boshlagan. Parfiya va Sug‘dni ham o‘ziga bo‘ysundirgan. Lekin Shimoliy
Hindistonni o‘ziga bo‘ysundira olmagan. Salavka miloddan avvalgi 311-302
yillarda boshqa satraplar bilan ham jang qilib, Sharqda o‘z hukmronligini
batamom mustahkamladi. Shunday qilib, Salavka I parfiyanlar, baqtriylar,
so‘g‘diylar, girkanlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi.
Salavka I sharqiy satrapliklar ustidan qozongan g‘alabadan so‘ng miloddan
avvalgi 302 yilda Suriya, Kichik Osiyo va Mesopotamiya viloyatlari hukmdori
Antigon bilan to‘qnashdi. Bir yildan so‘ng bu to‘qnashuv Salavkaning g‘alabasi
bilan tugadi.
Salavkiylar poytaxti (Efrat) Dajla daryosi bo‘yidagi Salavkiya shaxri
bo‘lgan mil.avv. 300 yilgacha. 300 yildan keyin (Shimoliy Suriya) Oront daryosi
bo‘yidagi Antioxiya shaxri bo‘lgan.
Shunday qilib, Iskandar imperiyasining katta qismi Salavkaning qo‘l ostiga
o‘tdi. Endi u o‘ziga tegishli viloyatlarni boshqarish yo‘lida siyosat yuritdi. Shu
maqsadda u satrapliklarni maydalab yubordi, ularning soni 72 ta edi. Bundan
maqsad satrapliklarning qudratini pasaytirish va ular ustidan hukmronlikni
kuchaytirish edi. Keyinchalik ya’ni Salavka Ining merosxo‘ri Antiox III davrida
Salavkiylar davlati tarkibidagi satrapliklar yana yiriklashdi.
Tarixiy manbalarag ko‘ra, Salavka 75 ta yangi shahar qurdirgan. Bu asosan
voxalarning chekkalarida va uzoq chegaralarda qurilgan. Ularda greklar
joylashtrilgan. Tashqi turli hujumlardan himoya qilish maqsadida qurilgan.
Salavkiylar tomonidan eng chekka shahar Yaksartning narigi tomonidagi
Antioxiya hisoblanadi. Uning o‘rni ma’lum emas. Murg‘ob daryosi bo‘yida
Marg‘iyonada qurilagn shahar haqida Strabon asrlarida ma’lumotlar saqlanib
qolgan. Uning atrofiga 1500 stadiy, 250 km dan ortiq devor qurdirgan. Uning
xarobalari Turkmanistondagi Bayramali shaxri yaqinida deb hisoblashadi. Antiox
Tarmita degan shaxar qurganligini yozma manbalarda saqlanib qolgan. Arxeologik
tadqiqotlar natijasida uning eski Termiz o‘rnida qurilganligi aniqlangan. Lekin
uning faqatgina ark qismi qayta tiklangan, faqat 4 m kv xududdangina salavkiylar
davriga oid moddiy buyumlar topilgan. Mudofaa devori ham bo‘lmagan.
Salavkiylar davlatiga doimo ko‘chmanchi davlatlar tomonidan hujumlar
uyushtirilib turgan. Ayniqsa Antiox 1 davrida kuchaygan. Massaget qabilalaridan
daxlar janubiy Turkmaniston va shimoliy Afg‘oniston xududlariga bostirib kirib u
еrni egallaganlar. Qal’larini buzib, qirg‘in uyushtriganlar. Shu sabab ham
salavkiylar mudofaani kuchaytirishga majbur bo‘lgan.
Axamoniylar yil hisobini shohlarning hukmronlik yilidan olib borganlar.
Salavkiylar shu uslubni joriy etgan va Salavkiylar erasi mil.avv. 312 yilning 1
oktyabridan boshlangan. Bu Salavkaning Bobilni egallagan davri bo‘lgan.
Salavkiylar davlati tarkibiga Janubiy Baqtriya va Sug‘diyona kirgan. Mil.avv. 321
yilda Perdikka regentligi davrida Stasanor satrap etib tayinlangan. U Aleksandr
Makedonskiyning yaqin dusti bo‘lgan. Baqtriyaning sharqiy qismini Oksiart
boshqargan. Mil.avv. 327 yilda u o‘z hududini kengaytrib, parpamis- ya’ni surxon
vhosini ham qo‘shib olgan. Oksiartning xudud Hisor tog‘idan to Hindiqushning
janubigacha bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning shimoli sharqiy qismida Xorazm mustaqil bo‘lgan va cho‘l
xududlarida sak, massaget qabilalari mustaqil faoliyat yuritishgan. Salavkiylar
davrida Sug‘d va shimoliy Baqtriya satrapliklari grek va makedonlar tomonidan
boshqarilsada, ular mutaqil faoliyat yuritganlar.
Demak, salavkiylar davrida Xorazm , sak va massagetlar, Baktriyaning
sharqiy qismi maxalliy hokimlar tomonidan mutaqil boshqarilgan. Salavkiylar
davrida Sug‘d va shimoliy Baqtriya satrapliklari grek va makedonlar tomonidan
boshqarilsada, ular mutaqil faoliyat yuritganlar. Perdikka davrida Baptriya
boshqargan Stasanor o‘z tangasini chiqargan. U Afina tangasiga o‘xshash bo‘lib,
bir tomonida boyqush tasviri bo‘lgan. Oksiart-Vaxshuvar o‘z nomidan oltin tanga
chiqargan.
Salavkiylar davlatida boshqarish tizimi ush bo‘g‘indan: satraplar, eparxlar va
gipparxlardan iborat edi.
Satraplarning qo‘lida katta hokimiyat birlashtirilgan, ammo ularning
ixtiyorida oliy harbiy hokimiyat bo‘lmagan. Oliy harbiy hokimiyatni markaziy
hukmdor (podshoh) tayinlagan qo‘shinlar qo‘mondoni-strateg boshqargan. Bu esa
markaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlagan. To‘g‘ri, Salavkiylar davlatining
ohirgi davlatlarida bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda buzilsa-da, g‘arbiy
viloyatlarda o‘z kuchini saqlab qolgan.
Sharqiy viloyatlar Salavkiylar davlatining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan.
Shu maqsadda Salavka Imiloddan avvalgi 294 yilda o‘zining o‘g‘li Antioxni
sharqiy viloyatlar hukmdori qilib tayinlaydi.
Antiox Salavka Ining Spitamenning qizi Apama ismli xotinidan tug‘ilgan
to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lgan. U Apamaga Iskandar tirik vaqtda, ya’ni miloddan avvalgi
342 yilda uylangan edi. Apama esa ona tomondan ahamoniylar avlodidan bo‘lgan.
Shuning uchun bo‘lsa kerak unga Salavka Iva o‘g‘li Antiox ham katta e’tibor
berishib, juda ko‘p shaharlarni uning nomi bilan atagan. Bu salavkiylar
sulolasining siyosiy mavqei uchun ham alohida ahamiyat kasb etgan. Salavkiylar
davridagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni taxlil etishda numuzmatik materiallar ko‘p
ma’lumot beradi. Ular B.A.Litvinskiy va V.M.Massonlar tomonidan keng
o‘rganilgan. Salavka Iva Antioxlar davrida yangi shaharlar barpo etish masalasiga
katta e’tibor berildi. Yunon tarixchisi Iliniyning yozishisha, Marg‘iyonada
Iskandar qurdirgan shaharni (Aleksandriyani) mahalliy aholi (yunonlar mahalliy
aholini "varvarlar" deb ataydi) buzib tashlaydi, uning vayronalarida esa Antiox
yangi shahar barpo etib, uni "Antioxiya" deb atagan. Arrian esa Aleksandr Esxata
(qadimgi Xo‘jand) ni Salavka Iqurdirganligini ta’kidlaydi. Vizantiya tarixchisi
Stefan Skifiyada Antioxiya shahri kurilgan edi, deydi. Sirdaryo (Yaksart) bo‘yida
Aleksandriya bilan bir qatorda Antiox shahri ham barpo etilgan degan ma’lumotlar
ham bor. Tarixchi A.Tarn yunon mualliflarining asarlarini tahlil qilib, Skifiyadagi
Antiox shahri Aleksandr Esxataning o‘zidir degan xulosaga kelgan.
Salavkalarning O‘rta Osiyoga ta’sirini topilgan tangalar orqali ham aniqlash
mumkin. Salavka 1 tangasi kam topilgan. Antiox 1 280-261 tangalari ko‘p
topilgan, hattoki kumush va mis tangalar ham topilgan. 261-246 yillarda Shimoliy
Baqtriya va Sug‘dni boshqargan Antiox 2 tangalari esa, nihoyatda kam uchraydi.
Antiox 2 davrida Sug‘dga sak va daxlar xujumi antijasida Salavkiylar hujumi
tugaydi. Shimoliy Baqtriya xududida esa, mudofaa devorlari qurila boshlangan.
Boysun tog‘idan Amudaryo xududigacha. Bularga Qurganzol, Qopchig‘oytepa,
Kampirtepa va Darband xududidan topilgan manzilgohlarni keltirishimiz mumkin.
Ular Temir davrvozaga boradigan yo‘lni nazorat qilish uchun qurilgan. Temir
darvoza-Sarimas tog‘idagi dara nomi. Uni Buzgalaxona deb xam atashadi.
Baqtriya va Janubiy Sug‘diyonani bog‘lovchi yo‘l. Sug‘ddan bu dara orqali
Shurobsoyga yana bir tor dara orqali (500 m. Kichik buzgalaxona) Darbandga
chiqilgan. Temir darvoza G‘uzordan Oqrabot orqali Surxon vohasiga o‘tuvchi
avtomobil va temir ysho‘larning chap tomonida yo‘ldan 2 km uzoqlikda
joylashgan. Bu еrda fruriron-harbiy post joylashgan. Grek xarbiy manzilgohlarini
katoykiyalar deb atashgan.Mil.avv.2 asrga oid Samarqand xududdidan Antiox 1
tangasiga o‘xshash tangalar topilgan. Unga shoxli ot kallasi tasvirlangan.
Salavkiylarning bu xududda ta’siri kamaygach, tanga ham kamaygan. Unga
bo‘lgan extiyoj natijasida yangi tangalar chiqarilgan. O‘rta Osiyoda yangi
maxalliy sulolalar xukmronligi o‘rnatiladi. Antiox 1 ning 20 yillik hukmronligi
davrida u g‘arda to‘xtovsiz urushlar olib borgan va O‘rta Osiyoga kam e’tiborini
qaratgan. Shu sabab uning davrida O‘rta Osiyo xududida osayishtalik va iqtisodiy
o‘sish kuzatiladi.Qishloq ho‘jaligi, hunarmandchilik, savdo rivojlanadi. O‘rta
Osiyo xududdi Salavkiylar uchun muxim iqtisodiy va harbiy strategik jihatdan
ham ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu sabab, Selevkiya shaxridan Baktragacha
shaharlar qurilgan.
Miloddan avvalgi III asrda sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni eslar ekanmiz,
birinchi navbatda ko‘chmanchilar harakati ko‘z o‘ngimizga keladi. Bir tomondan
xunlarning Sharqiy Turkistonga kirib kelishi, ikkinchi tomondan, u еrdan
yuechjilarning g‘arbga chekinishi, ularning 5 ta qabila ittifoq asosida Farg‘ona
vodiysiga kirib kelishi, u еrdan Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Samarqand orqali
Janubiy So‘g‘diyona, ya’ni Naxshabga kirib kelishi, so‘ngra ularning Baqtriya
tuprog‘ida qaror topishlari kuzatiladi. I asr boshlarida ular Shimoliy Baqtriyada
(Dalvarzintepada) kushonlar nomi bilan bo‘lajak buyuk imperiyaga asos solganlar.
Ana shu ko‘chmanchilar Iskandar asos solgan bir qancha harbiy istehkomlarni-
qal’alarni vayron etganlar. Salavkiylar davrida esa ularning ko‘pchiligi qayta
tiklandi, harbiy istehkomlar asosida shaharlar barpo bo‘ldi.
Salavkiylar davlatining siyosiy va iqtisodiy ildiziga еrli ko‘chmanchilar ko‘p
putur etkazgan. Masalan, miloddan avvalgi IV asrning oxiri va III asrning
boshlarida ko‘chmanchi dax qabilalari Amudaryoning chap sohiliga, hozirgi
Janubiy Turkmaniston еrlariga yurish qiladilar va Marg‘iyonada Iskandar
qurdirgan Aleksandriyani vayron etadilar.
Strabonning yozishicha, Antiox Marg‘iyonada o‘z nomiga qurdirgan shahar
Antioxiyani ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida Murg‘ob vohasi
atrofini 250 km devor bilan o‘ratgan. Lekin ko‘chmanchilarning Salavka va Antiox
istehkomlariga hujumi hech qachon to‘xtamaydi. Ko‘chmanchilar u yoki bu shahar
devorlari ostida yoki ekinzor dalalar hamda voha bog‘larida kutilmagan bir vaqtda
paydo bo‘lar va yana tezlikda yo‘qolar edilar. Ana shunday vaziyatda Salavka
IHindistonga yurish boshlaydi. Ammo bu harbiy yurish uning mag‘lubiyati bilan
tugadi. Bu muvaffaqtyatsizlik salavkiylarning O‘rta Osiyodagi obro‘yiga katta
putur etkazdi. Natijada O‘rta Osiyoda salavkiylarga qarshi qo‘zg‘olonlar
boshlandi. Ana shu qo‘zg‘olonlar tufayli salavkiylarning ahvoli tang holga tushib
qoldi. Bu tanglikni Antiox mahalliy aslzodalarga bir qadar yon bosib ish tutish
hisobiga bartaraf eta oldi. U Baqtriyada Salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlari
uchun o‘z pullarini zarb eta boshladi. Antiox nomi bilan Baqtriyada pul zarb
etilishi mustaqil davlat siyosat olib borayotganligidan dalolat berardi. Miloddan
avvalgi 280 yilda Salavka I vafot etadi. Antiox I uning tung‘ich o‘g‘li sifatida
Salavkiylar davlatiga bosh bo‘lib qoladi. Shu yildan boshlab Antiox 1 ning
faoliyati sharqiy viloyatlarda sezilmaydi. Shunki g‘arbiy viloyatlardagi harbiy
vaziyat uning qo‘shin bilan birga bo‘lishini taqozo etardi.
Salavkiylar davlatining g‘arbiy viloyatlarida ham ahvol yaxshi emas edi.
Salavka I o‘limidan so‘ng davlatning puturi keta boshladi. Sharqiy viloyatlar
garchi oltin, fil, lazuriyat bilan salavkiylarga jarima to‘lashga muntazam rioya
qilsa-da, ularning ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishi sezilib turardi.
Bu vaziyat, ayniqsa, miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelganda yaqqol ko‘zga
tashlandi.
Mil.avv III asr o’rtalarida Antiox II vafotidan so’ng (246 y.) Salavkiylarning
Markaziy Osiyodagi hukmronligiga putur еtdi.Baqtriya satrapi Diodot Bu hududda
mustaqil davlat tuzishga harakat qiladi
1
. As we have already noted in Chapter 3 it
was towards the middle of the third centuryb.c., with the death of Antiochus II
(246 b.c.), that the final break came between theSeleucid Empire and its Central
Asian possessions. The satrap of Bactria, Diodotus, tookthe initiative in
transforming these territories into an independent kingdom.
O‘rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibida bo‘lishi bu zaminda xalqaro
savdoning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘rta Osiyoning g‘arbiy va janubiy
mamlakatlar xalqlari bilan savdo qilishiga keng imkoniyatlar tug‘ildi. Shu bilan
birga mahalliy savdo ham rivoj topdi. Shaharlarning o‘sishi, hunarmandchilik va
suv xo‘jaligining taraqqiyoti ta’minlandi. Xullas, O‘rta Osiyoning Salavkiylar
davlati tarkibiga qo‘shilishi mamlakatda yunon-makedon qo‘shinlarining harbiy
yurishlari tufayli vayronalikka uchragan ishlab chiqaruvchi kuchlarning
tiklanishiga sharoit yaratdi. Shuningdek baqtriyaliklar, So‘g‘diylar, parfiyaliklar va
O‘rta Osiyoning boshqa xalqlarini salavkiylarga qarshi bir-birlari bilan
jipslashishga, birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashga otlantirdi va bu
kurashlar natijasi sifatida mil. aavalgi III asr o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyoda
qator mustaqil davlatlar tashkil topdi. Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya,
mil.avv. 250 yilda Yunon-Baqtriya, ajralib chiqdi. Mil.avv. 163 yildan to 64
yilgacha 19 ta podsho almashdi. 64 yildan faqat Suriya xududidan iborat bo‘lib
qoldi va shu yili rim provinsiyasiga aylandi.
Salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot (mil. avv. 256-248 y) ushbu davlat
asoschisi hisoblanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda u o‘zini Baqtriyaning
mustaqil hukmdori deb e’lon qiladi. Tarixchilar fikricha, Diadotning mustaqil
davlat tuzilishiga asosiy sabablardan biri, uning makedonlar xukumronligidan ozod
bo‘lish bo‘lgan. Xuddi shunday siyosatni Ptolomeylar (Misrda) va Antigonidlar
(Gresiyada) ham olib borganlar. Salavkiylar davlatining еmirilish mustaqillikga
intilishlari bilan birga Salavkiy Antiox II ning o‘g‘illari Salavk II va Antiox-
Xieraks o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar ham sabab bo‘lgan. Salavkiylar
1
History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700
B.C. to A.D. 250 Volume II.1996. 245 р.
davlatidan ajralib chiqqan Parfiya va Baqtriyaning satraplari xam aynan grek
bo‘lganlar. Pompey Trog va Strabonning yozishicha, Baktriyaning ajralib chiqishi,
Salavkiylar davlatiniga nisbatan grek zadogonlarining qo‘zg‘oloni bo‘lgan. Ular
buni qadimgi Sharq uchun odatiy hol deb baholashadi.Diodotning keyin Sharqning
barcha viloyatlari Salavkiylardan ajralib ketgan deb xabar beradi Pompey Trog.
Strabon xabariga ko‘ra, Sug‘diyona satrapi Yevtidem ham mustaqil siyosat
yuritgan. Bu haqda Yevtidem nomi bilan sug‘d tangalari topilgan. Shuningdek,
tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqishi
tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan. Buni xam tangalar asosida asoslangan. U o‘zini
podsho deb e’lon qilishi bilan birga, u bir tomonda o‘zi , ikkinchi tomonda Antiox
II tasviri bo‘lgan tangalar zarb qildirgan. Shuningdek, B.A.Litvinskiy,
V.M.Masson, V.Tarnning olib borgan tadqiqotlar inatijasida Grek-Baqtriya
davlatining tashkil topish sanasi ham turlicha berilgan: mil.avv.256, 250, 248, 245.
Uning tugatilishi esa, mil.avv.141 yildan 128 yillar oralig‘i deb berilgan. Bu
davlatga Grek –Baqtriya nomi 1738 yilda rus akademigi X.Baer tomonidan
ishlatilgan.
Baqtriya Markaziy Osiyo markazida joylashgan bo’lib shimolda Sug’diyona,
shimoli-g’arbda Marg’iyona va g’arbda Aria bilan chegaradosh bo’lgan. Sharqda
Sirdaryoning yuqori oqimigacha boradi
2
.Davlat tarkibiga hozirgi O‘zbekiston va
Tojikistonning janubi va Afg‘oniston hududi kirgan. Lekin uning geogrfik
chegaralari harbiy yurishlar natijasida o‘zgarib turgan. Yunon-Baqtriya podsholigi
kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoli-G‘arbiy Hindiston hamda
Sug‘diyona ham bo‘ysungan. Diodot va Yevtidem davrida Areya va Marg‘iyona
ham kirgan.
Poytaxti Baqtra (o‘rta asrlardagi Balx) shahri bo‘lib, uning xarobalari
Shimoliy Afg‘onistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylashgan.
Bu davlat g‘arb va shimoli –g‘arbda Parfiya bilan, Sharq tomonda Pomirgacha,
Shimol tomonda esa, siyosiy vaziyat taqozasi bilan o‘zgarib turgan. Diodot va
Yevtidem davrida Sug‘diyonananing bir qismi kirgan. Keyingi davrlarda esa, u
еrda mustakil davlatlar shakllangan. Tadqiqotlar natijasida Sug‘d xududida bu
davrda saklar xukmronligi bo‘lganligini aytish mumkin. Janubda Demetriy
davrida (200-185) Shimoli-G‘arbiy Hindistongacha (Gandxara) xududlarigacha
bo‘lgan. Diodot 1 va Diodot 2 xukmronligidan keiyn Grek-Baqtriya davlatini kelib
chiqishi Kichik Osiyodagi Magnesiya shaxridan bo‘lgan Yevtidem 1 qo‘lga oladi.
Eramizdan avvalgi 230 yilda So‘g‘diyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini
taxtdan ag‘dardi. Uning barcha oila a’zolari qirib yuboradi. U Parfiya bilan o‘zaro
aloqalarni uzadi. Shuningdek, ulardan Marg‘iyna va Areyyani ham qo‘shib oladi.
2
History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700
B.C. to A.D. 250 Volume II.1996. 239-254 р
U so‘zini salavkiy davlati davomichisi sifatida baholaydi. Chunki salavkiylar
malakasining qiziga uylangan bo‘lgan.
Diodot I (miloddan av. 256-248)
Diodot II (248-235)
Yevtidem I (235-200)
Yunon-Baqtriya bilan Parfiya o‘rtasida savdo yo‘llarini nazorat qilish
borasida doimiy urushlar bo‘lib turgan. Eramizdan avvalgi 209-208 yillarda
salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun
sharqqa yurish boshlaydi. 208 yilda u Parfiyani mag‘lubiyatga uchratib, Yunon-
Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qo‘shinlari Yevtidem ustidan
g‘alaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki
yil davom etgan. Polibiyning aytishicha, Yevtidem, ko‘chmanchilarni yordamga
chaqiraman deb po‘pisa qilgandan keyin, Antiox qamalni to‘xtatib, 206 yilda
tinchlik sulhini tuzishadi. Antiox Yevtidemning shohlik unvonini tan oladi, va
еvtidemning barcha jangavor fillarini topshirish shartini qo‘yadi. Muzokaralarni
Yevtidem nomidan uning o‘g‘li Demetriy olib boradi. Polibey ma’lumoticha,
Antiox Demetriyda shohlik xususiyatini ko‘rib, sulh tuzishga va unga qizini
berishga va’da beradi.
Mil.avv. 190-180 yillarda Demetriy Areya, Araxosiyani ( Afg‘onistonning
Xirot va Qandahor xududlari ), Drangiyona (Sharqiy Eron),Paropamisad
()Hindiqushning janubiy yonbarg‘i, Afg‘onistonning bir qismi) va shimoli G‘arbiy
Hindistonni o‘z xududidaga qo‘shib oladi. V.Tarn fikricha, Demetriy Aleksandr
Makedonkiy yurishlarini davom qildirgan. Unga taqlid qilib, tangalarda shlem
kiygan holda tasvirlangan. Shlemda filning boshi tasvirida bo‘lgan. Tangalarda
xam ikki tilda grekcha va xind yozuvi bo‘lgan.
Demetriy Shimoliy Hindistonda o‘z qo‘shinlari bilan ancha muddat qolib ketadi.
Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra
hokimiyatini qo‘lga kiritadi. Mil. avv. 162 yilda Paropamisadga bostirib kirib,
Demetriy vorislaridan Panjobni ham tortib olgan. Bu davrda Parfiya podshosi
Mitridat 1 Baqtriyaga hujum qiladi. Marg‘iyonav va boshqa xududlarni qaytarib
oladi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan
nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda
Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning xujumi boshlangan. Ular Sirdaryo orqali
Amudaryo sohillari tomon yo‘l olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq
bo‘lgan. 155 yilda Yevkradit Baqtriyaga qaytib kelganda, o‘z o‘g‘li Geliokl
tomonidan o‘ldiriladi. Geoliokl davrida Grek Baqtriya podsholigi ham barham
topadi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128
yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri bo‘ldi.
Taxminlarga ko‘ra, yuechjilar Baqtriyani qo‘lga kiritgandan so‘ng shoh Geliokl
Paropamisadda yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan.
O‘sha davrlarda saklar katta kuchga ega bo‘lishgan. Ular Sug‘d xududida
xukmronlik qilish bilan birga Baqtriyaga ham xujum uyushtirib turgan. Bu olib
borilgan
arxeologik
tadqiqotlar
isbotlaydi.
Jumladan
Kampirtepada
(Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Termizdan 30km uzoqlikda, Surxondaryo vil.
Muzrob tumanida joylashgan.) mudofaa devoridan saklarning uch zo‘g‘atali
kamon o‘qlari, diniy e’tiqod buyumlaridan oltitasi topilgan.( sopol idishi,
qoshiqlar, voronki). Shu sabab xukmdorlar shimoliy chegarani doimo
mustaxkamlab borganlar. Hisor tog‘ tizmasidagi Darband xududida eki qal’alar
tiklanib, yangilari bunyod etilgan. –Kurgonzol, Uzundara, Kapchig‘oy Machay.
Daraband darasini ng o‘zida esa, mustaxkam mudofaa inshooati bunyod etilgan.
Bu tarixda temir darvoza deb ataladi. Temir darvoza-Sarimas tog‘idagi dara nomi.
Uni Buzgala xona deb ham atashadi. Qadimgi Baqtriya bilan, Janubiy
Sug‘dyonanani bog‘lovchi yo‘l. Sug‘ddan bu yo‘l orqali Sho‘robsoyga va
Darbandga chiqilgan. Temir darvoza G‘uzordan Oqrabot orqali Surxon vohasiga
o‘tuvchi avtomobil va temir yo‘ldan 2 km uzoqlikda joylashgan.)
Yevtidem davrida shimol tomonnni mutaxkamlash uchun butun mamlakat
bo‘ylab 2 ta yirik himoya chizig‘i o‘tkaziladi. Birinchisi, tog‘ xududdi, ya’ni
Harbiy Xisor tog‘lari bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchisi Oks daryosi bo‘ylab,
yirik mutaxkam qal’alar bunyod etiladi. Bular Eski Termiz (Tarmita), Kampirtepa
(Pandaxeyon), Kelif (Kerka).
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O‘rta Osiyo hududlarini o‘zaro
bog‘lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko‘rfaziga olib chiquvchi
savdo yo‘llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok
etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘plab tangalar tovar-pul
munosabatlari rivojlanganligini ko‘rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida
kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va b.)
hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Miloddan avvalgi
III asrning oxiri – II asrning birinchi yarmi davlatning eng rivojlangan davri
hisoblanadi. Miloddan avvalgi II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib,
inqiroz davri boshlandi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar
(Antimax, Menandr, Appolodot va b.)o‘z nomidan tangalar zarb qilishgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 140-135 yillarda O‘rta Osiyo
xalqlarining ozodlik harakati va ko‘chmanchi sak (oq xunlar), yuechji (toxar)
qabilalarining hujumi natijasida butunlay tugatildi. Shu bilan yunonlarning
hukmronligi barham topdi. Keyinchalik uning o‘rnida Kushon podsholigi vujudga
keldi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida
joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm
dunyosiga xos diniy e’tiqodlar keng tarqalganligini ko‘rsatib turibdi.
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O‘rta Osiyo hududlarini o‘zaro
bog‘lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko‘rfaziga olib chiquvchi
savdo yo‘llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok
etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘plab tangalar tovar-pul
munosabatlari rivojlanganligini ko‘rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida
kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va b.)
hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Miloddan avvalgi
III asrning oxiri – II asrning birinchi yarmi davlatning eng rivojlangan davri
hisoblanadi. Miloddan avvalgi II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib,
inqiroz davri boshlandi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar
(Antimax, Menandr, Appolodot va b.)o‘z nomidan tangalar zarb qilishgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 140-135 yillarda O‘rta Osiyo
xalqlarining ozodlik harakati va ko‘chmanchi sak (oq xunlar), yuechji (toxar)
qabilalarining hujumi natijasida butunlay tugatildi. Shu bilan yunonlarning
hukmronligi barham topdi. Keyinchalik uning o‘rnida Kushon podsholigi vujudga
keldi.
Yunon-Baqtriya podsholigida yunon tili asosiy boshqaruv tili bo‘lgan.
Oyxonim shaharchasida topilgan kelib chiqishiga ko‘ra oromey yozuvida bitilgan
ostrak miloddan avvalgi P asrning ikkinchi yarmiga tegishlidir. Oyxonimdagi
topilma Yunon-Baktriya podsholigida, aftidan, uning butun tarixi davomida yunon
ish yuritashi bilan birgalikda, ehtimolki, eng avvalo maxalliy aholiga xizmat
kilgan oromey-baktriya ish yuritishi amal qilganligini ko‘rsatadi.
Diodot I (miloddan av. 256-248)
Diodot II (248-235)
Yevtidem I (235-200)
Demetriy I (200-185)
Pantaleon (185-175)
Demetriy II (180-165)
Agafokl (180-165)
Yevkradit I (171-155)
Geliokl I (155-140)
Yevkradit II (140-......)
Do'stlaringiz bilan baham: |